Gospital

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gospital (yun. hospitalis — mehmondoʻst) — yotib davolanishga moʻljallangan harbiy tibbiyot muassasasi. G.da harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ofitserlar, ularning oila aʼzolari hamda mudofaa vazirligining xodimlariga tibbiy yordam koʻrsatiladi. G.da davolashdan tashqari, harbiy ekspertiza oʻtkazish, harbiy qismlardagi vrachlarga davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda yordam berish, harbiy tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish kabi vazifalar bajariladi.

Urush vaqtida yarador va bemorlarga tez yordam koʻrsatadigan polk, diviziya, armiya koʻchma harbiydala G.lari va front orqasida joylashgan G.lar farq qilinadi.

Turkistonda birinchi G. 1869-yilda Toshkent sh.da ochilgan. Hozir Toshkentdagi 2 ta G.ning Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Navoiy, Samarkand, Taxiatosh, Termiz, Fargʻona, Chirchiq va Qarshi sh.larida filiallari faoliyat koʻrsatadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil