Shahobiddin Marjoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Marjoniy Shahobiddindan yoʻnaltirildi)

Shahobiddin Marjoniy (toʻliq nomi: Shahobiddin bin Bahouddin bin Subhon bin Abdul Karim al-Marjoniy) (1818, Qozon shahri yaqinidagi Yapanchi qishlogʻi — Qozon, 1889) — maʼrifatparvar va faylasuf, tarixchi va ilohiyotchi olim, tatar xalqi ilmiy tarixining asoschisi.

1838—43, 1845— 49 i.da M. Buxorodagi Koʻkaldosh va Mir Arab, 1843—45 yilda Samarqanddagi Sherdor madrasalarida oʻqidi va dare berdi. S. Ayniynnng yozishicha, amir Nasrulloning taʼqibidan soʻng qisqa muddat Samarqandda yashadi. U Buxoro va Samarqandda arab va fors tillarini puxta oʻrgandi, sharq falsafasi va tarixi bilan tanishdi, mat. va astronomiya bilan shugʻullandi. M. Buxoroda olim sifatida shakllandi va Kursaviy ilmiy merosi bilan tanishdi. Ahmad Donish bilan hamkorlikda maʼrifatparvarlik gʻoyalarini tarqatishda jonbozlik koʻrsatdi. M. Buxoroda "Movarounnahr mashhur ulamolarining ahvoli va ishlari" hamda Kursaviyning Buxorodagi faoliyati va mahalliy hokimiyat bilan murakkab munosabati toʻgʻrisidagi asarini yezdi. Turkiston tarixi va geo-gr.siga oid koʻplab asarlari mavjud, xususan, uning 10— 12-asrlarda Movaro-unnahr xonaqolari va tasavvufning ahvoli, Turkistondan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.

1850-yilda Qozondagi katta Jome masjidi imomi, 1867-yilda muhtasibi. Ayni paytda Kozon tatar oʻqituvchilari maktabida dare berdi (1876—84). 30 dan ortiq yirik asarlar muallifi. Kursaviy, M, Axmad Donishning islom dinini isloh qilish va maʼrifatparvarlik gʻoyalari keyinchalik jadidchilik harakatining vujudga kelishida muayyan darajada xizmat qildi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Islam v tatarskom mire: istoriya i sovremennost, Kazan, 1997;
  • Mardjani: Naslediye i sovremennost, Kazan, 1998;
  • Yusupov M. X., Shigabutdin Mardjani kak istorik, Kazan, 1981.
  • Qahramon Rajabov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil