Noʻgʻay oʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Noʻgʻay oʻrda, Noʻgʻay xonligi — Shimoliy Kaspiy va Orol dengizlari boʻyidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha boʻlgan hududda tashkil topgan koʻchmanchilar davlati. 14— 15-asr boshlarida Oltin Oʻrdadan ajrab chiqadi. Idikuning oʻgʻli Nuriddin zamonida (1426—40) kuchaygan. Aholisi, asosan, mangʻit va qoʻngʻirotlardan iborat boʻlgan. Poytaxti — Saroychik shahri U Qora dengiz boʻylaridan Oʻrta Osiyoga bora-digan savdo yoʻlidagi yirik shahar edi. 16-asrda N. Oʻ. Moskva va Qozon bozorlarini chorva mahsulotlari bilan taʼminlagan. N. Oʻ. murzalar boshqargan uluslarga boʻlingan. 16-asr 2- yarmida N. Oʻ. Katta Noʻgʻay, Kichik Noʻgʻay va Oltiovul Oʻrdalariga parchalanib ketgan. N. Oʻ.da "Idiku" ("Yedigey") dostoni yaratilgan.

Ad:. Poxlyobkin V. V., Tatari i Rus, ML, 2001.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil