Abdurahmon Tole
Qiyofa
Abdurahmon Tole (asl ismi Abdurahmon Davlat boʻlib, Tole uning taxallusidir) (XVIII asr birinchi yarmi) – buxorolik munajjim, shoir va tarixchi. U Buxoro xoni Abulfayzxon (1711-1747) zamonida yashagan va hukumat doiralariga, xususan nufuzli amir Abdulloh qushbegiga yaqin kishi boʻlgan. A. T. „Tarixi Abulfayzxon“ asarining muallifidir. Bu asar XVIII asrning birinchi yarmidagi Turkistonning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba boʻlib, aniq maʼlumotlarga boy.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |