Kontent qismiga oʻtish

Allohning 99 nomi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(As-Saburdan yoʻnaltirildi)
Imom Rizo maqbarasi
Allohning ismlarini hattotlik uslubida yozilishi.

Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى; ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz), Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad (s. a. v) paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

Ismlar roʻyxati va maʼnosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Arabcha Oʻqilishi Qurʼoni Karim sura va oyatida zikr qilinishi Tarjima va maʼnolari
1.الرحمنAr-Rohmān Rahmon surasi (55-sura)ning birinchi oyati faqat shu ismdan iborat.Mehribon – Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.
2.الرحيمAr-Rohīm Qurʼon: Birinchi va boshqa ayrim joylardan tashqari har bir suraning boshlanishida tilga olingan (Qurʼonda jami 114 ta sura mavjud).Rahmli – „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
3.الملكAl-Malik 59:23, 20:114, 23:116Podsho – Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir. Undan oʻzga ega yoqdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi. Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
4.القدوسAl-Quddūs 59:23, 62:1Muqaddas, nuqsonlardan holi – Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.
5.السلامAs-Salām 59:23Ofat va balolardan salomat. Qutqarayotgan – „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
6.المؤمنAl-Mu’min 59:23Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi.
7.المهيمنAl-Muhaymin 59:23Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
8.العزيزAl-Aziz 3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ – Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.
9.الجبارAl-Jabbār 59:23Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor – oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.
10.المتكبرAl-Mutakabbir 59:23Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir – kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.
11.الخالقAl-Xoliq 6:102, 13:16,[1] 36:81, 39:62, 40:62, 59:24Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq – Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.
12.البارئAl-Bāri' 59:24Bori' – Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
13.المصورAl-Musovvir 59:24Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
14.الغفارAl-Gʻoffār 20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10Gʻaffor – Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.
15.القهارAl-Qohhār 12:39, 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16Qahhor – Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.
16.الوهابAl-Vahhāb 38:9, 38:35Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.
17.الرزاقAr-Rozzāq 51:58Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
18.الفتاحAl-Fattāh 34:26Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.
19.العليمAl-'Alīm 2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
20.القابضAl-Qobiz 2:245Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
21.الباسطAl-Bāsit 2:245Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
22.الخافضAl-Xofiz 56:3; al-Kafʿamī (1992:38)Kofirlar martabasini tushiruvchi.
23.الرافعAr-Rofi' 58:11, 6:83Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.
24.المعزAl-Mu’izz 3:26Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
25.المذلAl-Muzill 3:26Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.
26.السميعAs-Samī 2:127, 2:256, 8:17, 49:1Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, hatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.
27.البصيرAl-Basīr 4:58, 17:1, 42:11, 42:27Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.
28.الحكمAl-Hakam 22:69Qatʼiy hukm etuvchi.
29.العدلAl-`Adl Qurʼon emas, al-Kafʼamiyga qarang (1992:40)Oʻta adolatli.
30.اللطيفAl-Latīf 22:63, 31:16, 33:34Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.
31.الخبيرAl-Xobīr 6:18, 17:30, 49:13, 59:18Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor[2][3][4][5].
32.الحليمAl-Halīm 2:235, 17:44, 22:59, 35:41Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
33.العظيمAl-'Azīm 2:255, 42:4, 56:96Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.
34.الغفورAl-Gʻofūr 2:173, 8:69, 16:110, 41:32Koʻp magʻfirat qiluvchi.
35.الشكورAsh-Shakūr 35:30, 35:34, 42:23, 64:17Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi.
36.العليAl-'Aliyy 4:34, 31:30, 42:4, 42:51 34:23Martabasi oliylikda benihoya.
37.الكبيرAl-Kabīr 13:9, 22:62, 31:30, 34:23Hammadan ulugʻ.
38.الحفيظAl-Hafīz 11-57, 12-55Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
39.المقيتAl-Muqīt 4:85Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
40.الحسيبAn-Hasīb 4:6, 4:86, 33:39Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
41.الجليلAl-Jalīl Sifatlarida ulugʻlikka ega.
42.الكريمAl-Karīm 27:40, 82:6Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.
43.الرقيبAr-Roqīb 4:1, 5:117Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb – hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.
44.المجيبAl-Mujīb 11:61Duolarni ijobat qiluvchi.
45.الواسعAl-Vāsi' 2:268, 3:73, 5:54Keng va keng qamrovli zotdir
46.الحكيمAl-Hakīm 31:27, 46:2, 57:1, 66:2Dono
47.الودودAl-Vadūd 11:90, 85:14Bandalarini sevuvchi
48.المجيدAl-Majīd 11:73Eng ulugʻvor
49.الباعثAl-Bā'is 22:7Oʻliklarning tiriltiruvchisi
50.الشهيدAsh-Shahīd 4:166, 22:17, 41:53, 48:28Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
51.الحقAl-Haqq 6:62, 22:6, 23:116, 24:25Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
52.الوكيلAl-Vakīl 3:173, 4:171, 28:28, 73:9Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
53.القوىAl-Qovviyy 22:74, 42:19, 57:25Quvvatli zot.
54.المتينAl-Matīn 51:58Matonatli zot.
55.الولىAl-Valiyy 4:45, 7:196, 42:28, 45:19Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi
56.الحميدAl-Hamīd 14:8, 31:12, 31:26, 41:42Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
57.المحصىAl-Muhsi 72:28, 78:29Barcha narsaning hisobini olgan zot.
58.المبدئAl-Mubdi' 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
59.المعيدAl-Mu'īd 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
60.المحيىAl-Muhyi 7:158, 15:23, 30:50, 57:2Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.
61.المميتAl-Mumīt 3:156, 7:158, 15:23, 57:2Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
62.الحيAl-Hayy 2:255, 3:2, 20:111, 25:58, 40:65Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.
63.القيومAl-Qoyyūm 2:255, 3:2, 20:111Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
64.الواجدAl-Vājid 38:44Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.
65.الماجدAl-Mājid 85:15, 11:73; al-Kafʿamī (1992:48)Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot.
66.الواحدAl-Vāhid 13:16, 14:48, 38:65, 39:4Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
67.الصمدAl-Aḥad 112:1Yagona, Boʻlinmas.
68.الصمدAs-Somad 112:2Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.
69.القادرAl-Qodir 6:65, 46:33, 75:40Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.
70.المقتدرAl-Muqtadir 18:45, 54:42, 6:65Juda ham qudratli.
71.المقدمAl-Muqoddim 16:61Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.
72.المؤخرAl-Mu’axxir 71:4Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.
73.الأولAl-'Avval 57:3„Avval“ – U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.
74.الأخرAl-'Axir 57:3„Oxir“ – U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.
75.الظاهرAz-Zohir 57:3„Zohir“ – Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76.الباطنAl-Bātin 57:3"Botin" – U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77.الواليAl-Vāli 13:11Har bir narsaga voliy – ega boʻlgan zot.
78.المتعاليAl-Mutā'ali 13:9Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79.البرAl-Barr 52:28Ulugʻ yaxshilik qiluvchi.
80.التوابAt-Tavvāb 2:128, 4:64, 49:12, 110:3Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.
81.المنتقمAl-Muntaqim 32:22, 43:41, 44:16Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82.العفوAl-Afuvv 4:43, 4:99, 4:149, 22:60, 58:2Afv qiluvchi.
83.الرؤوفAr-Roʻūf 9:117, 57:9, 59:10Oʻta shafqatli va mehribon.
84.مالك الملكMālik-ul-Mulk 3:26Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.
85.ذو الجلال والإكرامZūl-Jalāli
val’ikrom
55:27, 55:78Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86.المقسطAl-Muqsiţ 3:18; al-Kafʿamī (1992:58f)Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87.الجامع}} Al-Jāmi 3:9Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88.الغنيAl-Gʻoni 39:7, 47:38, 57:24Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89.المغنيAl-Mugʻni 9:28Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.
90.المانعAl-Māni' al-Kafʿamī (1992:61)Man qiluvchi.
91.الضارAz-Zorr 6:17; al-Kafʿamī (1992:58)Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92.النافعAn-Nāfi 30:37Manfaat beruvchi.
93.النورAn-Nūr 24:35Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.
94.الهاديAl-Hādi 22:54Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95.البديعAl-Badī 2:117, 6:101Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.
96.الباقيAl-Bāqi 55:27; al-Kafʿamī (1992:64)Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.
97.الوارثAl-Vāris 15:23, 57:10Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.
98.الرشيدAr-Roshīd 2-256, 18-17Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.
99.الصبورAs-Sobur 2:153, 3:200, 103:3Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Islom tasavvufi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tasavvuf ilmida Allohning 99 ta ismlari tasavvufiy „Eng oliy va ulugʻ ism“ (ismu l-ʾAʿẓam - الاسْمُ ٱلْأَعْظَم) ga ishora qiluvchi anʼana bor[6]. Bu „Xudoning eng ulugʻ ismi“ boʻlib „U bilan chaqirilsa (duo qilinsa) ijobat boʻladigan zot“ deyiladi[7].

Abdulloh ibn Masud rivoyat qilgan hadisga koʻra, Xudoning baʼzi ismlari insoniyatdan ham yashiringan[8]. Javshan Kabirda (bu yerda جَوْشَنُ ٱلْكَبِير- soʻzma-soʻz tarjimasi „Buyuk Sovut“) Xudoning 1000 dan ortiq ismlari keltirilgan.

Nufuzli sunniy tasavvufshunos Ibn Arabiy (1165-yil 26-iyul – 1240-yil 16-noyabr) Xudoning ismlarini oddiy epitetlar sifatida emas, balki olamni yaratilgan va mumkin boʻlgan shakllarda ajratib turadigan haqiqiy sifatlar sifatida talqin qilgan. Bu nomlar orqali ilohiy salohiyati yashirin boʻlgan insonlar uchun ochib beriladigan ilohiy xususiyatlar ana shunday ismlarning aksi boʻlishini oʻrganish mumkin. Biroq, bunday aks ettirishlar cheklangan, ilohiy xususiyatlar ismlarning ilohiy mohiyatiga teng kelmaydi[9]. Ibn Arabiyning metafizik taʼlimoti taʼsirida Haydar Amuliy farishtalarni Xudoning turli ismlariga asosan nomlagan. Shunga koʻra, asosiy farishtalar Alloh taoloning goʻzal ismlarining bir koʻrinishidir. Yovuz farishtalar (shayotin) esa Alloh taoloning ulugʻ ismlarining dimogʻdor koʻrinishidir[10].

Teoforik ismlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xudoning 99 ismi hamda Qurʼon oyatlari va duolari bitilgan ramziy koʻylak, Turkiya, 18-asr, Haliliy haj va ziyorat sanʼati

Xudoning arabcha ismlari butun dunyo boʻylab musulmon madaniyatlarida, asosan arab tilida soʻzlashadigan jamiyatlarda keng qoʻllaniladigan teoforik ismlarni shakllantirish uchun qoʻllanadi.

Xudoning ismlari unga bagʻishlanganligi va ularning shaxsning ismi sifatida ishlatilishi diniy jihatdan nooʻrin deb hisoblanganligi sababli, teoforik ismlar oldidan abd (عَبْدُ: „qul/xizmatkor“) qoʻshimchasini qoʻshish orqali erkaklar ismi hosil qilinadi.

  1. „al-Quran (القرآن) :: Online Quran Project :: Translation and Tafsir“. 2009-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  2. Allohning ismlari va sifatlari
  3. „Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  4. „Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  5. Khadem, Dhikru'llah (1976-yil mart). „Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine“. Bahá'í News. № 540. 4–5-bet. 20-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  6. Schimmel, Annemarie. The Mystery of Numbers. New York, US: Oxford University Press, 1993 271-bet. ISBN 0-19-508919-7. 
  7. Momen, Moojan. Islam and the Bahá'í Faith. George Ronald, 2000 241-bet. ISBN 978-0-85398-446-7.  The endnote states: "Ibn Májah, Sunan, 34. (Kitáb ad-Du'á), ch. 9, no. 3856, vol. 2, p. 1267. See also: Ad-Dárimí, Sunan, 23 (Fadaʼil al-Qur'án), ch. 15, no. 3296, vol. 2, pp. 324–325. Similar statements in Shi’i tradition include: Majlisí, Bihar al-Anwar, vol. 26. p. 7.
  8. Taymiyyah, ibn, Taqī ad-Dīn Ahmad. The Goodly Word: al-Kalim al-Ṭayyib. Islamic Texts Society, 2003 72-bet. ISBN 1-903682-15-0. 
  9. Bruce Lawrence The Qur’an: A Biography Atlantic Books Ltd, 02.10.2014 ISBN 9781782392187 chapter 8
  10. Ayman Shihadeh Sufism and Theology Edinburgh University Press, 21.11.2007 ISBN 9780748631346 pp. 54–56