Rumiy Qozizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qozizoda Rumiydan yoʻnaltirildi)

Rumiy Qozizoda (Salohiddin Muso ibn Muhammad) [taxminan 1360, Kichik Osiyodagi Brussa shahri (hozirgi Turkiyaning Bursa shahri) — 1437, Samarqand] — matematik va astronom. Xuroson va Movarounnaxrda bilim olgan. taxminan 1400 yilda Samarqandga oʻqish va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun kelgan. Amir Temur saroyining bosh astronomi Mavlono Ahmad qoʻlida ham oʻqigan. Ulugʻbek ilmiy maktabining yaratilishida R.ning ishtiroki katta. Xususan, R. tashabbusi bilan Gʻiyosidsin Jamshid Koshiy va boshqa olimlar Samarqandga taklif etilgan. U Ulugʻbek madrasasida mat. va astronomiyadan maʼruza oʻqigan. R.ni zamondoshlari "Aflotuni zamon" (oʻz davrining Platoni) deb atashgan. Ulugʻbek rasadxonasi qurilishining rahbarlaridan biri. Koshiy vafotidan soʻng umrining oxirigacha uning noziri. R. Ulugʻbekning barcha ilmiy tadbirlarida, jumladan, "Ziji Koʻragoniy" tuzishda ishtirok etgan.

R. arifmetikaga oid tenglamalarni yechishning Koshiy taklif qilgan iteratsion usuliga oid risola va boshqa asarlar yozgan. Koshiyning bu muxim ixtirosi bizgacha faqat R. va Miram Chalabiy asarlari orqali (har ikkisida turlicha bayonda) yetib kelgan. Shuningdek, Maxmud alChagʻminiyning "Astronomiyaning qisqa bayoni", Jamshiddin Samarqandiyning geometriya asoslariga doir, Masʼud Taftazoniyning "Ilmlar kaliti" asarlariga R. yozgan sharhlari keng tarqalgan. R.ning oʻgʻli Hasan Chalabiy, nevarasi Miram (Miriam) Chalabiy ham taniqli olim boʻlishgan.

Adabiyot[tahrir]

  • QoriNiyoziy T. N., Ulugʻbek va uning ilmiy merosi, T., 1971.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil