Allohning 99 nomi
Turkum maqolalarning bir qismi |
Islom |
---|
Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:
Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz), Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“
Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:
Ismlar roʻyxati va maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Arabcha | Oʻqilishi | Qurʼoni Karim sura va oyatida zikr qilinishi | Tarjima va maʼnolari |
---|---|---|---|---|
1. | الرحمن | ⓘ | Rahmon surasi (55-sura)ning birinchi oyati faqat shu ismdan iborat. | Mehribon – Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi. |
2. | الرحيم | ⓘ | Qurʼon: Birinchi va boshqa ayrim joylardan tashqari har bir suraning boshlanishida tilga olingan (Qurʼonda jami 114 ta sura mavjud). | Rahmli – „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi. |
3. | الملك | ⓘ | 59:23, 20:114, 23:116 | Podsho – Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir. Undan oʻzga ega yoqdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi. Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim. |
4. | القدوس | ⓘ | 59:23, 62:1 | Muqaddas, nuqsonlardan holi – Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir. |
5. | السلام | ⓘ | 59:23 | Ofat va balolardan salomat. Qutqarayotgan – „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. |
6. | المؤمن | ⓘ | 59:23 | Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi. |
7. | المهيمن | ⓘ | 59:23 | Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi. |
8. | العزيز | ⓘ | 3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23 | Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ – Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi. |
9. | الجبار | ⓘ | 59:23 | Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor – oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi. |
10. | المتكبر | ⓘ | 59:23 | Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir – kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi. |
11. | الخالق | ⓘ | 6:102, 13:16,[1] 36:81, 39:62, 40:62, 59:24 | Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq – Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir. |
12. | البارئ | ⓘ | 59:24 | Bori' – Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir. |
13. | المصور | ⓘ | 59:24 | Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi. |
14. | الغفار | ⓘ | 20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10 | Gʻaffor – Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi. |
15. | القهار | ⓘ | 12:39, 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16 | Qahhor – Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi. |
16. | الوهاب | ⓘ | 38:9, 38:35 | Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi. |
17. | الرزاق | ⓘ | 51:58 | Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi. |
18. | الفتاح | ⓘ | 34:26 | Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi. |
19. | العليم | ⓘ | 2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40 | Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi. |
20. | القابض | ⓘ | 2:245 | Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi). |
21. | الباسط | ⓘ | 2:245 | Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi. |
22. | الخافض | ⓘ | 56:3; al-Kafʿamī (1992:38) | Kofirlar martabasini tushiruvchi. |
23. | الرافع | ⓘ | 58:11, 6:83 | Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi. |
24. | المعز | ⓘ | 3:26 | Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi. |
25. | المذل | ⓘ | 3:26 | Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi. |
26. | السميع | ⓘ | 2:127, 2:256, 8:17, 49:1 | Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi. |
27. | البصير | ⓘ | 4:58, 17:1, 42:11, 42:27 | Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi. |
28. | الحكم | ⓘ | 22:69 | Qatʼiy hukm etuvchi. |
29. | العدل | ⓘ | Qurʼon emas, al-Kafʼamiyga qarang (1992:40) | Oʻta adolatli. |
30. | اللطيف | ⓘ | 22:63, 31:16, 33:34 | Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi. |
31. | الخبير | ⓘ | 6:18, 17:30, 49:13, 59:18 | Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor[2][3][4][5]. |
32. | الحليم | ⓘ | 2:235, 17:44, 22:59, 35:41 | Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi. |
33. | العظيم | ⓘ | 2:255, 42:4, 56:96 | Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ. |
34. | الغفور | ⓘ | 2:173, 8:69, 16:110, 41:32 | Koʻp magʻfirat qiluvchi. |
35. | الشكور | ⓘ | 35:30, 35:34, 42:23, 64:17 | Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi. |
36. | العلي | ⓘ | 4:34, 31:30, 42:4, 42:51 34:23 | Martabasi oliylikda benihoya. |
37. | الكبير | ⓘ | 13:9, 22:62, 31:30, 34:23 | Hammadan ulugʻ. |
38. | الحفيظ | ⓘ | 11-57, 12-55 | Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi. |
39. | المقيت | ⓘ | 4:85 | Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi. |
40. | الحسيب | ⓘ | 4:6, 4:86, 33:39 | Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi. |
41. | الجليل | ⓘ | Sifatlarida ulugʻlikka ega. | |
42. | الكريم | ⓘ | 27:40, 82:6 | Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi. |
43. | الرقيب | ⓘ | 4:1, 5:117 | Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb – hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi. |
44. | المجيب | ⓘ | 11:61 | Duolarni ijobat qiluvchi. |
45. | الواسع | ⓘ | 2:268, 3:73, 5:54 | Keng va keng qamrovli zotdir |
46. | الحكيم | ⓘ | 31:27, 46:2, 57:1, 66:2 | Dono |
47. | الودود | ⓘ | 11:90, 85:14 | Bandalarini sevuvchi |
48. | المجيد | ⓘ | 11:73 | Eng ulugʻvor |
49. | الباعث | ⓘ | 22:7 | Oʻliklarning tiriltiruvchisi |
50. | الشهيد | ⓘ | 4:166, 22:17, 41:53, 48:28 | Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi. |
51. | الحق | ⓘ | 6:62, 22:6, 23:116, 24:25 | Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot. |
52. | الوكيل | ⓘ | 3:173, 4:171, 28:28, 73:9 | Barchaning ishi unga topshirilgan zot. |
53. | القوى | ⓘ | 22:74, 42:19, 57:25 | Quvvatli zot. |
54. | المتين | ⓘ | 51:58 | Matonatli zot. |
55. | الولى | ⓘ | 4:45, 7:196, 42:28, 45:19 | Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi |
56. | الحميد | ⓘ | 14:8, 31:12, 31:26, 41:42 | Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot. |
57. | المحصى | ⓘ | 72:28, 78:29 | Barcha narsaning hisobini olgan zot. |
58. | المبدئ | ⓘ | 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 | Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot. |
59. | المعيد | ⓘ | 10:34, 27:64, 29:19, 85:13 | Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi. |
60. | المحيى | ⓘ | 7:158, 15:23, 30:50, 57:2 | Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek. |
61. | المميت | ⓘ | 3:156, 7:158, 15:23, 57:2 | Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi. |
62. | الحي | ⓘ | 2:255, 3:2, 20:111, 25:58, 40:65 | Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas. |
63. | القيوم | ⓘ | 2:255, 3:2, 20:111 | Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot. |
64. | الواجد | ⓘ | 38:44 | Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi. |
65. | الماجد | ⓘ | 85:15, 11:73; al-Kafʿamī (1992:48) | Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot. |
66. | الواحد | ⓘ | 13:16, 14:48, 38:65, 39:4 | Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir. |
67. | الصمد | ⓘ | 112:1 | Yagona, Boʻlinmas. |
68. | الصمد | ⓘ | 112:2 | Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo. |
69. | القادر | ⓘ | 6:65, 46:33, 75:40 | Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir. |
70. | المقتدر | ⓘ | 18:45, 54:42, 6:65 | Juda ham qudratli. |
71. | المقدم | ⓘ | 16:61 | Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi. |
72. | المؤخر | ⓘ | 71:4 | Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi. |
73. | الأول | ⓘ | 57:3 | „Avval“ – U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir. |
74. | الأخر | ⓘ | 57:3 | „Oxir“ – U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi. |
75. | الظاهر | ⓘ | 57:3 | „Zohir“ – Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir. |
76. | الباطن | ⓘ | 57:3 | "Botin" – U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir. |
77. | الوالي | ⓘ | 13:11 | Har bir narsaga voliy – ega boʻlgan zot. |
78. | المتعالي | ⓘ | 13:9 | Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot. |
79. | البر | ⓘ | 52:28 | Ulugʻ yaxshilik qiluvchi. |
80. | التواب | ⓘ | 2:128, 4:64, 49:12, 110:3 | Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot. |
81. | المنتقم | ⓘ | 32:22, 43:41, 44:16 | Zolim va osiylardan intiqom oluvchi. |
82. | العفو | ⓘ | 4:43, 4:99, 4:149, 22:60, 58:2 | Afv qiluvchi. |
83. | الرؤوف | ⓘ | 9:117, 57:9, 59:10 | Oʻta shafqatli va mehribon. |
84. | مالك الملك | ⓘ | 3:26 | Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq. |
85. | ذو الجلال والإكرام | ⓘ | 55:27, 55:78 | Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi. |
86. | المقسط | ⓘ | 3:18; al-Kafʿamī (1992:58f) | Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi. |
87. | ar|الجامع}} | ⓘ | 3:9 | Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi. |
88. | الغني | ⓘ | 39:7, 47:38, 57:24 | Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi. |
89. | المغني | ⓘ | 9:28 | Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi. |
90. | المانع | ⓘ | al-Kafʿamī (1992:61) | Man qiluvchi. |
91. | الضار | ⓘ | 6:17; al-Kafʿamī (1992:58) | Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi. |
92. | النافع | ⓘ | 30:37 | Manfaat beruvchi. |
93. | النور | ⓘ | 24:35 | Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan. |
94. | الهادي | ⓘ | 22:54 | Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi. |
95. | البديع | ⓘ | 2:117, 6:101 | Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi. |
96. | الباقي | ⓘ | 55:27; al-Kafʿamī (1992:64) | Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas. |
97. | الوارث | ⓘ | 15:23, 57:10 | Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot. |
98. | الرشيد | ⓘ | 2-256, 18-17 | Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi. |
99. | الصبور | ⓘ | 2:153, 3:200, 103:3 | Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi. |
Islom tasavvufi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasavvuf ilmida Allohning 99 ta ismlari tasavvufiy „Eng oliy va ulugʻ ism“ (ismu l-ʾAʿẓam - الاسْمُ ٱلْأَعْظَم) ga ishora qiluvchi anʼana bor[6]. Bu „Xudoning eng ulugʻ ismi“ boʻlib „U bilan chaqirilsa (duo qilinsa) ijobat boʻladigan zot“ deyiladi[7].
Abdulloh ibn Masud rivoyat qilgan hadisga koʻra, Xudoning baʼzi ismlari insoniyatdan ham yashiringan[8]. Javshan Kabirda (bu yerda جَوْشَنُ ٱلْكَبِير- soʻzma-soʻz tarjimasi „Buyuk Sovut“) Xudoning 1000 dan ortiq ismlari keltirilgan.
Nufuzli sunniy tasavvufshunos Ibn Arabiy (1165-yil 26-iyul – 1240-yil 16-noyabr) Xudoning ismlarini oddiy epitetlar sifatida emas, balki olamni yaratilgan va mumkin boʻlgan shakllarda ajratib turadigan haqiqiy sifatlar sifatida talqin qilgan. Bu nomlar orqali ilohiy salohiyati yashirin boʻlgan insonlar uchun ochib beriladigan ilohiy xususiyatlar ana shunday ismlarning aksi boʻlishini oʻrganish mumkin. Biroq, bunday aks ettirishlar cheklangan, ilohiy xususiyatlar ismlarning ilohiy mohiyatiga teng kelmaydi[9]. Ibn Arabiyning metafizik taʼlimoti taʼsirida Haydar Amuliy farishtalarni Xudoning turli ismlariga asosan nomlagan. Shunga koʻra, asosiy farishtalar Alloh taoloning goʻzal ismlarining bir koʻrinishidir. Yovuz farishtalar (shayotin) esa Alloh taoloning ulugʻ ismlarining dimogʻdor koʻrinishidir[10].
Teoforik ismlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xudoning arabcha ismlari butun dunyo boʻylab musulmon madaniyatlarida, asosan arab tilida soʻzlashadigan jamiyatlarda keng qoʻllaniladigan teoforik ismlarni shakllantirish uchun qoʻllanadi.
Xudoning ismlari unga bagʻishlanganligi va ularning shaxsning ismi sifatida ishlatilishi diniy jihatdan nooʻrin deb hisoblanganligi sababli, teoforik ismlar oldidan abd (عَبْدُ: „qul/xizmatkor“) qoʻshimchasini qoʻshish orqali erkaklar ismi hosil qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „al-Quran (القرآن) :: Online Quran Project :: Translation and Tafsir“. 2009-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
- ↑ Allohning ismlari va sifatlari
- ↑ „Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
- ↑ „Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
- ↑ Khadem, Dhikru'llah (1976-yil mart). „Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine“. Bahá'í News. № 540. 4–5-bet. 20-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Schimmel, Annemarie. The Mystery of Numbers. New York, US: Oxford University Press, 1993 — 271-bet. ISBN 0-19-508919-7.
- ↑ Momen, Moojan. Islam and the Bahá'í Faith. George Ronald, 2000 — 241-bet. ISBN 978-0-85398-446-7. The endnote states: "Ibn Májah, Sunan, 34. (Kitáb ad-Du'á), ch. 9, no. 3856, vol. 2, p. 1267. See also: Ad-Dárimí, Sunan, 23 (Fadaʼil al-Qur'án), ch. 15, no. 3296, vol. 2, pp. 324–325. Similar statements in Shi’i tradition include: Majlisí, Bihar al-Anwar, vol. 26. p. 7.
- ↑ Taymiyyah, ibn, Taqī ad-Dīn Ahmad. The Goodly Word: al-Kalim al-Ṭayyib. Islamic Texts Society, 2003 — 72-bet. ISBN 1-903682-15-0.
- ↑ Bruce Lawrence The Qur’an: A Biography Atlantic Books Ltd, 02.10.2014 ISBN 9781782392187 chapter 8
- ↑ Ayman Shihadeh Sufism and Theology Edinburgh University Press, 21.11.2007 ISBN 9780748631346 pp. 54–56