Allohning 99 nomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-Bakidan yoʻnaltirildi)

Bu maqolada Allohning goʻzal ismlari (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni berilgan. Qurʼoni Karimning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra r.a (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad SAV 99 raqamini keltirganlar va har kim Allohning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta, InshaAlloh jannatdan joy ato qilinadi deganlar. Boshqa Hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

Ismlar roʻyxati va maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Arabcha Oʻqilishi Qur'oni Karim sura va oyatida zikr qilinishi Tarjima va maʼnolari
1 الله Alloh 1 sura-3 oyat. (1-3) Xudoning ismi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi
2 الرحمن Ar-Rohmān 1-3 Mehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.
3 الرحيم Ar-Rohīm 59-23 Rahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi.Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
4 الملك Al-Malik 59-23 Podsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
5 القدوس Al-Quddūs 59-23 Muqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.
6 السلام As-Salām 59-23 Ofat va balolardan salomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
7 المؤمن Al-Mu’min 59-23 Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi.
8 المهيمن Al-Muhaymin 59-23 Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
9 العزيز Al-Aziz 59-23 Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.
10 الجبار Al-Jabbār 59-23 Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.
11 المتكبر Al-Mutakabbir 59-23 Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.
12 الخالق Al-Xoliq 59-24 Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.
13 البارئ Al-Bāri' 59-24 Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
14 المصور Al-Musovvir 59-24 Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
15 آل الغفار Al-Gʻoffār 39-5 Gʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.
16 القهار Al-Qohhār 14-48 Qahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.
17 الوهاب Al-Vahhāb 3-8 Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.
18 الرزاق Ar-Rozzāq 51-58 Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
19 الفتاح Al-Fattāh 34-26 Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.
20 العليم Al-'Alīm 24-35,24-58 Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
21 القابض Al-Qobiz 2-245 Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
22 الباسط Al-Bāsit 2-245, 17-30 Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
23 الخافض Al-Xofiz 56-3 Kofirlar martabasini tushiruvchi.
24 الرافع Ar-Rofi' 56-3 Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.
25 المعز Al-Mu’izz 3-26 Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
26 المذل Al-Muzill 3-26, 27-37 Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.
27 السميع As-Samī 58-1 Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.
28 البصير Al-Basīr 58-1 Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.
29 الحكم Al-Hakam 6-114, 95-8 Qatʼiy hukm etuvchi.
30 العدل Al-`Adl 6-115 Oʻta adolatli.
31 اللطيف Al-Latīf 6-103, 67-14 Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.
32 الخبير Al-Xobīr 6-103, 58-3 Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.[1][2][3][4]
33 الحليم Al-Halīm 2-263 Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
34 العظيم Al-'Azīm 2-255, 9-129 Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.
35 الغفور Al-Gʻofūr 4-43, 67-2 Koʻp magʻfirat qiluvchi.
36 الشكور Ash-Shakūr 64-17 Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi.
37 العلي Al-'Aliyy 2-255, 22-62 Martabasi oliylikda benihoya.
38 الكبير Al-Kabīr 22-62 Hammadan ulugʻ.
39 الحفيظ Al-Hafīz 11-57, 12-55 Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
40 المقيت Al-Muqīt 4-85 Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
41 الحسيب An-Hasīb 4-6 Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
42 الجليل Al-Jalīl 55-27 Sifatlarida ulugʻlikka ega.
43 الكريم Al-Karīm 23-116, 82-6 Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.
44 الرقيب Ar-Roqīb 4-1 Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.
45 المجيب Al-Mujīb 37-75 Duolarni ijobat qiluvchi.
46 الواسع Al-Vāsi' 2-115 Keng va keng qamrovli zotdir
47 الحكيم Al-Hakīm 3-18, 59-24 Dono
48 الودود Al-Vadūd 85-14 Bandalarini sevuvchi
49 المجيد Al-Majīd 85-15 Eng ulugʻvor
50 الباعث Al-Bā'is 22-7 Oʻliklarning tiriltiruvchisi
51 الشهيد Ash-Shahīd 58-6, 85-9 Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
52 الحق Al-Haqq 20-114 Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
53 الوكيل Al-Vakīl 11-12, 39-62 Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
54 القوى Al-Qovviyy 22-74, 58-21 Quvvatli zot.
55 المتين Al-Matīn 51-58 Matonatli zot.
56 الولى Al-Valiyy 2-257 Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi
57 الحميد Al-Hamīd 22-64, 85-8 Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
58 المحصى Al-Muhsi 19-94, 58-6 Barcha narsaning hisobini olgan zot.
59 المبدئ Al-Mubdi' 10-4,34

85-13

Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
60 المعيد Al-Mu'īd 10-4,34

85-13

Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
61 المحيى Al-Muhyi 2-28, 57-2 Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.
62 المميت Al-Mumīt 2-28, 57-2 Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
63 الحي Al-Hayy 2-255 Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.
64 القيوم Al-Qoyyūm 2-255 Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
65 الواجد Al-Vājid 93-7,8 Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.
66 الماجد Al-Mājid 11-73, 85-15 Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot.
67 الواحد Al-Vāhid 14-48, 37-4 Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
68 الصمد As-Somad 112-2 Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.
69 القادر Al-Qodir 67-1 Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.
70 المقتدر Al-Muqtadir 18-45 Juda ham qudratli.
71 المقدم Al-Muqoddim 16-61 Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.
72 المؤخر Al-Mu’axxir 71-4 Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.
73 الأول Al-'Avval 57-3 „Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.
74 الأخر Al-'Axir 57-3 „Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.
75 الظاهر Az-Zohir 57-3 „Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76 الباطن Al-Bātin 57-3 "Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77 الوالي Al-Vāli 13-11 Har bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot.
78 المتعالي Al-Mutā'ali 13-9 Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79 البر Al-Barr 52-28 Ulugʻ yaxshilik qiluvchi.
80 التواب At-Tavvāb 9-118 Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.
81 المنتقم Al-Muntaqim 32-22 Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82 العفو Al-Afuvv 4-43, 58-2 Afv qiluvchi.
83 الرؤوف Ar-Roʻūf 2-207, 57-9 Oʻta shafqatli va mehribon.
84 مالك الملك Mālik-ul-Mulk 3-26 Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.
85 ذو الجلال والإكرام Zūl-Jalāli
val’ikrom
55-27,78 Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86 المقسط Al-Muqsiţ 60-8 Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87 الجامع Al-Jāmi 3-9 Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88 الغني Al-Gʻoni 2-263, 22-64 Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89 المغني Al-Mugʻni 9-28, 53-48 Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.
90 المانع Al-Māni' Man qiluvchi.
91 الضار Az-Zorr 6-17, 36-23, 48-11 Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92 النافع An-Nāfi 48-11 Manfaat beruvchi.
93 النور An-Nūr 24-35 Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.
94 الهادي Al-Hādi 25-31 Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95 البديع Al-Badī 2-117, 6-101 Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.
96 الباقي Al-Bāqi 28-60, 55-27 Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.
97 الوارث Al-Vāris 15-23, 21-89 Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.
98 الرشيد Ar-Roshīd 2-256, 18-17 Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.
99 الصبور As-Sobur 2-153 Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Allohning ismlari va sifatlari
  2. „Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  3. „Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  4. Khadem, Dhikru'llah (1976-yil mart). „Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine“. Bahá'í News. № 540. 4–5-bet. 20-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)