Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Qoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻldoshev Abdulla Hamidullayevich
Fayl:Abdulla Qoʻldoshev.jpg
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2022-yil 1-martdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tursinxon Xudayberganov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-may 1957-yil (1957-05-02) (67 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1984-yildan
Unvoni General-mayor

Qoʻldoshev Abdulla Hamidullayevich (oʻzbekcha: Қўлдошев Абдулла Ҳамидуллаевич, 2-may, 1957-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor.

Biografiyasi

1957-yil 2-mayda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

Taʼlim

1984-yilda Olmaota fuqaro muhofazasi bilim yurtini tugatgan.

Mehnat faoliyati

1984-yil2005-yillarda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi tizimida harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi oʻt oʻchiruvchisidan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi, 2005-yil2008-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2008-yil2011-yillarda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2011—2012-yillarda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2012—2018-yillarda Yongʻin xavfsizligi oliy harbiy bilim yurti boshligʻi, 2018-yil 23-maydan 2022-yil 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan. 2022-yil 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan.

Unvon va martabalari

2006-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan[1].

Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlari

Abdulla Qoʻldoshev 2021-yilda Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari vazifasida Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazgan[2]. Uchrashuvda jamoat xavfsizligi sohasida taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Assotsiatsiya vakillari taklifi bilan Janubiy Koreya O‘t o‘chiruvchilar uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda jamoat va yong‘in xavfsizligi tizimini takomillashtirish uchun jamoat xavfsizligi sohasida taʼlimni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq loyihalar majmuini ilgari surish va amalga oshirish konsorsiumi shakllantirildi. Quyidagi loyihalar koʻzda tutildi: Yong‘in xavfsizligi o‘quv markazi, yong‘in xavfsizligini taʼminlash sohasidagi taʼlim muassasasi, davlat xizmati faxriylari uchun shifoxona, davlat xizmati xodimlari uchun ijtimoiy dam olish va reabilitatsiya muassasalari qurish va boshqa tadbirlarni. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 50 million dollarga yaqinni tashkil qildi.

Xorijga tashriflar

2019-yilda aprel oyida Qozogʻiston Respublikasi hududida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus halokatga uchraganda FVV birinchi oʻrinbosari Abdulla Qoʻldoshev boshchiligidagi Jabrlanganlarga yordam koʻrsatish hukumat komissiyasi voqea joyiga yetib borib, yordam choralarini koʻrgan[3].

Mukofotlari

2022-yil 14-yanvarda Mardlik ordeni berilgan[4]

Manbalar