Mongollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mongollar, moʻgʻullar (oʻzlarini mongol deb ataydi) — Mongoliyada yashaydigan asosiy xalq. Oʻtgan asrning oʻrtasida M. yashagan hududning jan. kismi XXR tarkibiga kiritilib unga Ichki Mongoliya deb nom berilgandan soʻng , ular Mongoliya M.i va XXR M.iga boʻlinib ketgan.

Mongoliyada 1,64 mln. kishi, XXRda 5,24 mln. kishi (1990-y.laroʻrtalari), Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Buryatiyada ham yashaydi. "Moʻgʻul" etnonimi Chingizxon davrida tarixga kirib kelgan boʻlib, u tarkibi murakkab ‘ boʻlgan qabilalar ittifoqi nomini anglatgan.

M.ning kelib chiqishi masalasida ham turli fikrlar mavjud. Ayrim xitoy manbalarida M.ning kelib chiqi- . shi turkiy boʻlib, ularning ilk ajdodlari tatar (tat, dadan)ga borib taqaladi deb koʻrsatiladi. Xorijiy olimlarning aksariyati, jumladan, ayrim Yaponiya va Xitoy tadqiqotchilari M. hunnlarning avlodi deb hisoblaydi. Moʻgʻul olimlari, jumladan, Suren Badalax (Suribadalaxa) M.ning qad. turkiy xalq boʻlmish "di"larning avlodi, mil. av. 3-a.da govchilardan ajrab chiqqan muoge qabilasi M.ning ilk ajdodidir deb hisoblaydi. Hoz. zamon : xitoy olimlari ichida M. tunguslardan (dungxu — sharqiy xoʻrlar demakdir) kelib chiqqan degan fikr chuqur oʻrnashib bormoqda.

Xitoy manbalarining guvoxligiga qaraganda, M. nilun-moʻgʻul (sof moʻgʻul) va hamuxe-moʻgʻul (omuxta, yaʼni aralashgan moʻgʻul) kabi 2 toifaga boʻlinadi. 1toifaga dastlab 30 kabila kirgan. Bular ichida koʻk koʻzliklar koʻp uchrab turgan. Chingizxonning otasi Yasugay bahodir (Asugaybatur) tobe boʻlgan avlod ham koʻk koʻz boʻlgan. Shu bois u xitoy manbalarida "lanyan chiyati" (koʻkkoʻz chiyat) deb nomlangan. Bular tarkibiga kirgan qabilalarning eng yiriklari tatar (dadan — aluxay, dutaut, alchi va chagan kabi yirik qabilalardan tashkil topgan ittifoq), qiyot (kele), nayman, jaloyir, merkit (meerchiti, vuduyivuti, melichi, meliji) va b. boʻlgan.

12-a.ning 1-choragida tatar va b. Chingizxon boshchiligida oʻzlarining gʻarbidagi va jan.dagi qoʻshinlarini [kidonlar, qipchoqlar, uygʻurlar, naymanlar, keraitlar, merkitlar (marqitlar) va tangutlar] boʻysundirib, yirik davlatni barpo etganlar. Moʻgʻul elati shu davrda shakllangan. Shu sababli M. nomi 13-a.

dan boshlab Chingizxonga tarafdor va tobe barcha kabila va elatlarning umumiy nomiga aylangan.

13— 14-a.lar koʻchmanchilikka asoslangan moʻgʻul saltanatining gullagan davri hisoblanadi. Ayni zamonda M. xalq sifatida shakllangan. 15-a. boshlarida maʼlum siyosiy voqealarga koʻra, M.ning gʻarbiy qismi (4 katta qabiladan iborat boʻlgan oyrotlar, derben oyrot) ajralib chiqib, 1635 y.da oʻz davlati — Jungʻor xonligi (1635— 1758) ni tashkil etgan va Markaziy Osiyodagi yirik kuchga aylangan. 16-a. oʻrtalarida esa sharqiy M. shim. (xalxaliklar) va jan. (uzumchinlar, ordoslar) kabi qismlarga boʻlinib ketgan.

16—17-a.lardan M. lamaizmga eʼtiqod qila boshladi. 17-a. boshlarida Mongoliyani manjurlar bosib olgan. M. deyarli 3 asr (1691 — 1911) mobaynida milliy asoratda yashaganlar. 1921 y.da gʻalaba qilgan Xalq inqilobidan ke-yin M. sotsializm gʻoyasiga berilib oʻz davlatini Moʻgʻuliston Xalq Respublikasi deb eʼlon qilganlar. 1992 y. dan bu davlat Mongoliya deb ataldi. XXRda yashaydigan mongol elatlari (xochinlar, barinlar, ordoslar, uzumchinlar va b.) oʻz nomlarini saklab kelmoqda. Ularning xoʻjaligi va moddiy madaniyatida xitoylar va manjurlarning taʼsiri kuchli. M.ning azaliy mashgʻuloti chorvachilik hisoblanadi. Dehqonchilik M.ga kidonlar davridan beri maʼlum, asosiy ekin lalmikor gʻallachilik (bugʻdoy, arpa), ovchilik (xoʻjaligi va madaniyati haqida q. Mongoliya).

Abdulahad Xoʻjayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil