Buddizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Dharma gʻildiragi
Buddizm
Madaniyati
Tarixi
Buddistlar
Maktablar
Ibodatxonalar
Matnlar
Portal
Budda haykali, Tayland.

Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.

[tahrir] Buddizm asoschisining shaxsi

Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

[tahrir] Taʼlimoti

Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.
1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):

  • qotillikdan saqlanish;
  • oʻgʻrilikdan saqlanish;
  • gumrohlikdan saqlanish;
  • yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;
  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

2. Meditatsiya.

  • toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;
  • toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;
  • oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
  • toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;
  • toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;
  • toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;
  • toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;
  • toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.

Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda