Madhiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madhiya, Gimn asosan davlat yoki kishini madh etish uchun yaratilgan musiqa hamda so'z ijrosida yaratilgan asar.


Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham M.dan iborat boʻlishi mumkin. Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maktovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi xukmdor va b.ga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan (mas, Navoiy "Hamsa"sidagi dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Hisrav Dexlaviy, Jomiy madhi). M. harakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, gʻazal, muhammas va b.) yozilishi mumkin.

Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham M. hisoblanadi (baynalmilal tilda gimn). Q. Davlat madhiyasi.[1]

Gimn (yun. hymnos) — tantanavor qoʻshiq, sheʼr. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar shaʼniga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bagʻishlangan G.lar paydo boʻlgan. (q. Davlat madhiyasi, Madhiya).[2]



Shuningdek qarang: "Oʻzbekiston Respublikasining Madhiyasi"

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil