Tyantszin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tyantszin — Xitoyning shimsharqiy qismidagi shahar. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazlaridan. Sariq dengizning Boxayvan qoʻltigʻi yaqinida, Xayxe daryosining Buyuk Xitoy kanali bilan kesishgan yerida joylashgan. Atrofidagi tumanlar bilan markazga boʻysunuvchi mustaqil maʼmuriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 9,05 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, yirik port. T. — Pekinning "dengiz darvozasi", Shanxay bilan bir katorda muhim savdotaqsimot punkti; T.ga mamlakat tashqi savdo operatsiyalarining 1/4 qismi toʻgʻri keladi. Poʻlat quyish, mashinasozlik, priborsozlik, kimyo, toʻqimachilik, radioelektronika va qogʻoz sanoatlari rivojlangan. Gilam, velosiped, soat va tikuvchilik mashinalari ishlab chiqariladi. Untlar bor. Metropoliten qurilgan.

Shaharga 13-a.da Chjigu baliqchilar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. 1465 y.dan T. deb atalgan. 1725 y.dan okrug , 1731 y.dan viloyat markazi. 1856—60 y.lardagi AngliyaFransiyaXitoy urushi vaqtida inglizfransuz qoʻshinlari bosib olgan. 1860 y.dagi AngliyaXitoy va FransiyaXitoy shartnomasiga muvofiq, chet el savdosi uchun ochiq deb eʼlon qilingan. 1900 y. iyul oyida, Ixetuan qoʻzgʻoloni vaqtida T. 8 davlat harbiylari tomonidan ishgʻol qilingan. 1937—45 y.lar yaponlar qoʻl ostida boʻlgan. 1949 y. 15 yanvarda gomindanchilar T.dan chiqarib yuborilgan.