Sut emizuvchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sut emizuvchilar (Mammalia) -umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan. Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi.

S.e.ning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hoz. hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uz. 33 m, vazni 150 t. S.e. boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. S.e.ning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi S.e. ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. S.e. issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. S.e.ning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivojlangan. S.e. ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qad. qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hoz. S.e. 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va b. turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli S.e. yer yuzidagi Shim. qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan.

S.e. qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻpchilik S.e. ovlangan. Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi. 20-a. dan moʻynali S.e.ni xonakilashtirish, ulardan lab. hayvonlari sifatida foydalanish boshlandi. Bir qancha S.e. qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim S.e. (asosan, kemiruvchilar) oʻlat, tulyaremiya, quturish va b. ogʻir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi.

Odam faoliyati taʼsirida S.e.ning bir qancha turlari soni kamayib, ayrim turlari yoʻqolib bormoqda. 17-a. boshidan hozirgacha S.e. ning 63 turi (1,3%) qirilib ketgan. Rejasiz ovlash, qishloq xoʻjaligi. ekinlari, xonaki va ov hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida qirish, ular yashash joyining buzilishi va qisqarishi, introduksiya qilingan turlar taʼsiri yoki tabiiy omillar S.e. soni kamayib ketishining asosiy sabablari hisoblanadi. S.e.ning 230 turi va 91 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. Shuning bilan birga ayrim sinantrop S.e. areali va soni ortib bormoqda. S.e.ning 7 turi (jumladan Prjevalskiy oti, David bugʻusi) faqat tutqunlikda yoki yarim tutqunlikda (zubr, okdum gnu) saqlanib qolgan. S.e. ni muhofaza qilishda noyob turlarning ovlanishini taqiqlash, ularning yashash joyini saklab qolish, milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalar tashkil etish, tutqunlikda koʻpaytirish orqali hayvonlarni reakklimatizatsiya kilish (qaytadan tabiiy arealiga qaytarish) katta ahamiyatga ega. Qoʻriqxonalar tashkil etish orqali zubr, qulin, buxoro bugʻusi (xongul), yoʻlbars, leopard va b. hayvonlar saqlanib qoldi; saygʻoq, sobol, bobyor va b. soni qayta tiklandi.