Okeaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okeaniya — Tinch okeanning markaziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25’ sh.k. bilan 52°30’ j.k.lar va 130° shq. u. bilan 105° gʻ.u.lar oraligʻida. Gʻarbiy qismi Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh. O. Avstraliya bilan bir qitʼa hisoblanadi. Orollarning umumiy mayd. 1,26 mln. km2, shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya o.lariga toʻgʻri keladi.

Tabiati[tahrir]

O.ni, odatda, 3 qismga boʻladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar (Melaneziya, Yangi Zelandiya) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai o.lari, Pasxa o. va b. kiradi. O.ning eng baland nuqtasi (Jaya togʻi, 5029 m) Yangi Gvineyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gʻarbiy Mikroneziya, Melaneziya va Yangi Zelandiya o.larining yer yuzasi togʻlik.

Geologik tuzilishi[tahrir]

Sharkiy Mikroneziya va Polineziya o.lari mayda marjon atollaridan iborat. Gʻarbiy Mikroneziya va Melaneziya o.lari bur-mali choʻkindi svitalar, intruziv va, ayniqsa, effuziv jinslardan tuzilgan boʻlib, Tinch okean tubining gʻarbiy chekkasidagi alp geosinklinalida joylashgan. Bu orollar mezozoy va kaynozoyda burmalangan ulkan tizmalarning suv ustidagi qismlaridir. Bu yerdagi hozirgi zamon vulkanizmi va zilzilalar togʻ hosil boʻlish harakatining davom etayotganligidan darak beradi. Tinch okean markaziy qismidagi orollar neogen oxiri — antropogen boshida yoriklar boʻylab oqib chiqqan bazaltli vulkan tizmalaridir. Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai o.lari, Pasxa va b. mayda orollar vulkan natijasida hosil boʻlgan. Pekin koʻpgina vulkan choʻqqilari suv ostida boʻlib, ularning usti marjon bilan qoplangan. Marshall, Karolina, Gilbert, Ellis, Tokelau, Feniks, Layn, Tuamotu, Nauru, Oshen va b. mayda orollar marjon orollaridir. O.da foydali qazilmalardan koʻproq nikel, fosfat, neft, oltin, kumir, mis uchraydi.

Iqlimi[tahrir]

O. orollarining aksari qismi ikkala yarim sharning tropik iklim mintaqasida joylashgan; Avstraliya va Osiyoga yaqin ekvatorial kengliklardagi orollarda iklim subekvatorial, 180-meridiandan gʻarbda ekvatorial iklim. Tropik chizigʻidan shimol va jan.

da esa subtropik iklim. Yangi Zelandiyaning Jan. oroli moʻʼtadil mintaqada. Eng issiq oyning oʻrtacha t-rasi shim.

da 25°(avg .), jan.da 16°(fev.), eng sovuqoyniki shim.da 16° (fev.), jan.da 5° (avg .). Ekvatorial zonada oʻrtacha oylik t-ra 26—28°. O.da t-raning sutkalik farqi kam. Yillik yogʻin passat shamollari esadigan tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam. Ammo yirik vulkan orollarining shamolga roʻpara yon bagʻirlarida 10 000 mm ga yetadi. O.ning gʻarbiy qismida, ekvatordan shim.da yezda kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyadagi togʻlarda muzliklar (umumiy mayd. 1000 km2) bor. Dare va koʻllar O.ning , asosan, gʻarbiy qismidagi togʻli yirik orollarida joylashgan. Eng katta daryolari: Flay, Digul (600 km) — Yangi Gvineyada. O.da mayda koʻl koʻp; eng kattasi — Yangi Zelandiyadagi Taupo koʻli. Vulkanli orollarda qaynoq va shoʻr suvli koʻllar, geyzerlar bor.

Tuproqlari xilma xilligi[tahrir]

Issiq va sernam iqlimli orollarda qizil-sariq laterit, togʻlaterit, sariq, qizil va sariq-qoʻngʻir tuproqlar uchraydi. Vulkan kullari yogʻilgan joylarda va yangi lavalar ustidagi tuproq juda unumdor. Yogʻin kamroq yerlarning tup-rogʻi qizilqoʻngʻir; seryogʻin joylarning tuprogʻi botqoqli tuproq. Oʻsimliklari Paleotropik oblastga mansub. O. florasi Osiyo, Amerika va Antarktida florasidan shakllangan. O.da 3 kichik oblast ajratila-di: Malayziya, Gavayi, Yangi Zelandiya. Malayziya oblasti uchun tropik usimliklar oilalarining koʻpligi xosdir. Epiritlar koʻp. Gavayi oblastchasida ochiq urugʻlilar, fikuslar yoʻq, palmaning bir turi bor, orxideya kam, paporotnik koʻp. Yangi Zelandiya oblastchasi murakkabguldoshlar, paporotnik va boshokdoshlar turiga boy. O.ning sharqiy qismidagi orollarda endemik tur (Gavayi o.larida 90% gacha) koʻp. Sharqqa tomon oʻsimlik turi, turkum va oilasi kamayib boradi. Yangi Gvineyada 6800 tur, Gavayi o.larida 1100 tur oʻsimlik oʻsadi.

Oʻsimliklari xilma-xilligi[tahrir]

Togʻlarning sernam yon bagʻirlari 300—600 m balandlikkacha butazor va savanna, 1000—1800 m balandlikkacha sernam doim yashil oʻrmon. Shamolga teskari togʻ yon bagʻirlarining etaklari savanna va chala choʻl, yuqorirogʻi kserofil urmonlar, butazor va savanna, 1500m dan baland joylarda doim yashil tropik oʻrmonlar. Marjon orollarda oʻsimlik turlari kam. Atollarda pandanus, kokos palmalari, non daraxti usadi. Lagunalar manfa oʻrmonlari bilan qoplangan. O.ning tabiiy oʻsimlik qopla-mi inson tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Oʻrmonlar qirqilib plantatsiyalar barpo qilingan.

Hayvonot dunyosi[tahrir]

O.ning kat ta qismi Polineziya fauna oblastiga va uning Gavayi kichik oblastiga mansub. Yangi Zelandiya faunasi mustaqil oblast, Yangi Gvineya esa Avstraliya oblastining Papua oblastchasiga kiradi. Sut emizuvchilar deyarli uchramaydi, ammo qush koʻp. Endemik tur koʻp boʻlsa ham relikt hayvonlar oz. Yangi Gvineyada sut emizuvchilar (jumladan, tuxum qoʻyuvchi va xaltalilar) nisbatan koʻp. Atollarda hayvon turlari juda kam. O.ga qoramol, qoʻy-echki, quyon, choʻchqa, kalamush, mangusta va h.k.ning olib borilishi uning faunasiga nihoyatda katta salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Tarixi[tahrir]

O.ning eng qad. aholisi O.ga bundan 20—30 ming yillar avval Jan.-Sharqiy Osiyodan borib oʻrnashgan. Keyinroq kelgan qabilalarning papuaslar bilan qoʻshilishidan melanezlar paydo boʻlgan. Mikroneziya va Polineziyaga aholi milodning 1-ming yilligida koʻchib borgan. 16-a. boshida O.da yashovchi xalqlar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida boʻlgan. Yevropaliklar uzoq vaqt O.ga qiziqmadilar. Koʻpgina orollar yevropaliklarga 18-a.ning 2-yarmida maʼlum boʻldi. O. orollarini dastlab Gʻarbiy Yevropa davlatlari, keyinroq AQSH egallay boshladi. 1-jahon urushi (1914—18)dan keyin O.da siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 2-jahon urushi (1939—45) davrida O. urush harakatlari maydoniga aylandi. O.da rivojlangan davlatlarning harbiy bazalari koʻpaydi. Urushdan keyin O. xalklarining mustaqillik uchun kurashi tashkiliy tus oldi. Koʻpgina orollar mustaqil davlatlarga aylandi.

Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi[tahrir]

16-a.da O.ga yevropaliklar borgunga qadar okeaniyalik dengizchilar qoʻshni orollarga koʻchib borib oʻrnashish jarayonida Tinch okeanning jan. qismida eng yaqin suv yoʻllarini oʻzlashtirganlar. Ularning tajribasidan keyinchalik yevropaliklar maʼlum darajada foydalanganlar. O. orollarining yevropaliklarga maʼlum boʻlishi F. Magellan ekspeditsiya-sidan (1521) boshlandi. 16-a. oxirlarigacha ispan va portugal dengizchi sayyohlari Mikroneziya, Solomon va Melaneziyadagi boshqa orollarni topdilar. 1642—43 y.larda A. Tasman ekspeditsiyasi Yangi Zelandiya, Tonga va Fiji o.larini tadqiq qildi. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida ingliz va fransuz dengizchi sayyohlari O.ning marka-ziy va sharqiy qismidagi orollarga yetib bordilar. J. Kuk tomonidan Tuamotu, Tonga, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Gavayi o.lari, Kuk o.lari va b. kashf etildi. 19-a.da O.ni tadqiq qilinishiga I. F. Kruzenshtern, Yu. F. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev, O. Ye. Kotsebu, F. P. Litke va b. hissa qoʻshdilar. N. N. Mikluxo-Maklay O.dagi Yangi Gvineya va b. orollar aholisining antropologiya va etnografiyasi, xoʻjaligi toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar toʻplagan.

Aholisi[tahrir]

31 mln. kishi (2001, Avstraliya bilan birga). O.ning tub joy aholisi 4 yirik guruhga boʻlinadi: papuaslar, melanezlar, polinezlar va mikronezlar. O.ga yevropaliklar kela boshlagan vaqtda (16-a. boshi) u yerda taxm. 3,5 mln. aholi yashar edi. Begunoh oʻldirish, chetdan olib borilgan yuqumli kasalliklar va b. natijasida aholi keskin kamaygan. 19-a. oxiri va 20-a. boshiga kelib aholi soni yana tez oʻsa boshladi.

Etnik tarkibi[tahrir]

O.da irqi, tili, tarixi va madaniyati jihatidan oʻzaro keskin farq qiluvchi xalqlar yashaydi. Ularni son jihatidan 2 qism-ga: mahalliy aholi va koʻchib borgan aholiga boʻlish mumkin. O.ning mahalliy aholisi polineziya, melaneziya va mikroneziya antropologik tiplarga mansub. Mahalliy aholining bir qismi malay-polinez tillarida, boshqa qismi papua tillarida soʻzlashadi. Papua tillari bir necha guruhlarga boʻli-nadi. Lekin O. xalqlarining til guruhlari ularning mavjud etnik va madaniyati jihatidan yaqinligiga toʻla muvofiq emas. Etnografik adabiyotlarda ularni koʻpincha tarixi va madaniyati oʻxshash oblastlar boʻyicha guruhlashtiradilar. O.ning mahalliy boʻlmagan xalqlari ingliz-yangi zelandiyalik, fransuz (Yangi Kaledoniya), amerikalik, yapon va filippinlik (Gavayi o.lari), qind (Fiji o.lari) va b.dan iborat. Diniy jihatdan O. aholisining koʻpchiligi xristian.

[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil