Kiyim
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi (jinsiy aʼzolarni berkitish uchun). Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun).
Xavfsizlik kiyimlari ham mavjud, ularni oʻt oʻchiruvchilar, harbiylar, ishchilar, shifokorlar va boshqa kasb egalari kiyishadi.