Avtomobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chevrolet Epica/Daewoo Tosca, zamonaviy avtomobillardan biri.
Karl Benz'ning "Velo" nomli avtomobili (1894); birinchi avtomobil poygalari qatashchisi.

Avtomobil (avto ... va lot. mobilis — harakatchan) — dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yo‘lovchilar va yuk tashishga mo‘ljallangan.1751 — 52 y.larda Nijniy Novgo-rod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyog‘i bilan yurgi-ziladigan "o‘ziyurar aravacha" qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizm-larni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi. Bug‘ mashinasi paydo bo‘lgandan 131keyin ixtirochilar undan mexanik arava-da foydalanishga harakat qildilar.1769 — 70 y.larda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya to‘plari uchun 3 g‘ildirakli bug‘ aravasi qurdi. Algliyada 1802 y.da Trevitnik bug‘ mashinasi o‘rnatilgan A. qurdi. 1830 y.da rus ustasi K. Yankevich bug‘ A.lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bug‘ qozoni o‘rnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli A. lar bilan ham ko‘pgina tajribalar o‘tkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o‘rnatish bo-rasida turli mamlakatlarning ko‘pgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 — 86 y.larda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch g‘ildirakli A.ga o‘rnatdi. Temir g‘ildiraklar o‘rniga yaxlit rezina shinalar, 1890 y.dan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, so‘ngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlan-di.O‘zbekiston mustaqillikka erishga-nidan so‘ng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Asaka sh. (Andijon viloyati) da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan "O‘zDEU avto" qo‘shma korxonasida 1996 y.dan boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko" yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999 y.da Samarqandda ishga tushgan "SamKochAvto" o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (q. Avtomobil sanoa-ti).A. turlari. A. ning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport A.lari yengil A., avtobus va yuk A. larga bo‘linadi. Maxsus A. ma’lum ishlar uchun mo‘ljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. O‘t o‘chirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A.lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va b. maxsus A.lar shu-lar jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi. Yengil A. 2 dan 8 tagacha o‘rinli bo‘ladi. Ular berk kuzovli (sedan va li-muzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochila-digan kuzovli (kabriolet) bo‘lishi mum-kin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va un-dan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz bo‘ladi. O‘tuvchanligi bo‘yicha tekis va qiyin yo‘llarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi bo‘yicha g‘ildirakli, g‘ildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li, pnevmatik galtakli va b. xillarga bo‘linadi.A. tuzilishi. Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki kabinadan iborat. Dvigatelning turiga qarab, bug‘li A. (keng tarqalmadi), ben-zinli A. (yengil va yuk A.), dizelli A. (yuk A., avtobuslar, yengil A.), gaz-ballonli avtomobil (yengil, yuk A., avtobuslar), gaz generatorli avtomobil (og‘ir yuk ta-shiydigan A.), akkumulyatorlar batareya-sida ishlaydigan A. (elektromobillar) xillarga bo‘linadi (yana q. Avtomobil dvigateli). Transmissiya (kuch uzatmasi) dvigatelning aylantiruvchi momenti-ni A.ning harakatlantiruvchi qismiga (g‘ildiraklar, gusenitsalar va b.ga) uza-tadi. Uning mexaniq elektr-mexaniq gi-dromexanik xillari bor. Mexanik trans-missiya eng kengtarqalgan. U, odatda, tish-lashish muftasi, uzatmalar qutisi, kar-danli uzatma, bosh uzatma, differensia-lyaan tashkil topadi. Yurish qismi rama, osma, o‘q (ko‘priklar) va g‘ildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dviga-tel, uzatmalar qutisi va b. mexanizm va uzellar mahkamlanadi. Yengil A. va avtobuslarda kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan o‘qlarni elastik boglaydi va dinamik kuchlarni yumshatadi. G‘ildiraklarning mustaqil 132osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexa-nizmlariga rul boshqarmasi va tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi A.ning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi bu-rilganda valni, val esa o‘z navbatida rul mexanizmlarini, u esa sapfalar-ga o‘rnatilgan old gildi-raklarni bu-radi. A. ni boshqarishni yengillashti-rish uchun rul yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki gidropnevmatik kuchay-tirgich o‘rnatiladi. Tormoz tizimi A. harakatini sekinlashtirish, to‘xtatish va bir joyda to‘xtatib turish (qo‘l tormoz yerdamida) uchun xizmat qiladi. Ish tor-mozi barcha g‘ildiraklarga ta’sir etadi. Har qaysi g‘ildirakka gidravlik, pnev-matik yoki pnevmogidravlik yuritma bilan ta’sir etuvchi barabanli yoki diskli tor-moz mexanizmi o‘rnatiladi. Tormozlash vaqtida friksion nakladkali tormoz kolodkalari g‘ildiraklardagi tormoz barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta avtobuslar va ogir yuk A.lariga qo‘shimcha sekinlashtiruvchi tormoz o‘rnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai (akkumulyatorlar batareyasi va dvigatelga o‘rnatilgan generator) va iste’molchila-ridan iborat; dvigatelni o‘t oldirish va yurgizib yuborish tizimini ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorug‘lik va tovush signallari uchun zarur bo‘ladi.A. konstruksiyalari borgan sari ta-komillashtirib borilmoqda. A. kon-struksiyasi ko‘pgina omillar, mas, yo‘l va iqlim sharoitlari, yo‘lovchilar soni hamda yuk hajmi va b.ni hisobga olib yaratiladi. Konstruktorlar A. larni loyihalashda ularning sigimi, puxtali-gi, tejamliligi, bosh-qarish osonligi, shinamligi, o‘tag‘onligi va b. xususiyatla-rini hisobga oladilar.Capeap Qodirov.[1]

Avtomobil (yunoncha αυτο — oʻzi va lotincha mobilis — harakatlanuvchi, yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida harakatlanish uchun moʻljallangan, relssiz oʻziyurar transport vositasidir. Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil yoʻlda yurishga moslangan, bittada to sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli, odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda yuk enas, balki odam tashishga moʻljallanganligini taʼkidlaydi[2]. Biroq, bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni bajaradigan boshqa tur transport vositalari ham mavjud.

2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 590 million avtomobil bor (taxminan har oʻn bir kishiga bittadan)[3].

Etimologiyasi[tahrir]

Avtomobil soʻzi fransuzcha automobiledan, u esa oʻz navbatida qadimgi yunon tilidagi αὐτός (autós, "oʻzi") hamda lotincha mobilis ("yuruvchi") soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, oʻzi, yaʼni hech qanday hayvon yoki boshqa ulov yordamisiz harakatlanuvchi ulovni anglatadi.

Tarixi[tahrir]

Karl Benz
Benz Patent Motorwagen (1885), tiklangan nusxasi.
Asosiy maqola: Avtomobil tarixi

Birinchi oʻziyurar mexanik ulov yoki avtomobil 1769-yili Nicolas-Joseph Cugnot tomonidan ixtiro qilingan, deb hisoblansa-da, baʼzilar Cugnot'ning uch gʻildirakli mashinasi haqiqatdan ham ishlaganiga shubha bildirishadi, boshqalar esa ilk bugʻ mashinasini Xitoyda iezuit missioneri 1672-yilda yasagan, deb taʼkidlashadi[4][5]. Nima boʻlganda ham François Isaac de Rivaz, shveysariyalik ixtirochi, birinchi ichki yonuv dvigateli muallifi hisoblanadi; u yasagan dvigatel yoqilgʻi sifatida vodorod va kislorod aralashmasini ishlatib, dunyoda shu tipdagi eng birinchi dvigatel edi. Biroq u Samuel Brown, Samuel Morey va Etienne Lenoir'lar yasagan ichki yonuv dvigatelli ulovlar kabi qoʻpol va beoʻxshov edi[6].

1881-yilning noyabrida farang ixtirochisi Gustave Trouvé uch gʻildirakli, ishlaydigan avtomobilni namoyish etdi. Bu voqea Parijdagi Xalqaro Elektr Koʻrgazmasida sodir boʻlgandi[7].

1885-yili Olmoniyaning Manheim shahrida Karl Benz toʻrt qadamli dvigatelga ega avtomobil qurib, keyingi yili, yanvar oyida oʻzining Benz & Cie. shirkati (1883-yili asos solingan) yordamida shu ixtirosi uchun patent oldi.

Shu muammo ustida boshqa olmon ixtirochilari (shu jumladan, Gottlieb Daimler, Wilhelm Maybach va Siegfried Marcus) ishlashgan boʻlishsa-da, zamonaviy avtomobilning rasman ixtirochisi, deb koʻriladi[6]. 1879-yili Benz oʻzining ilk dvigateli (1878-yilgi) uchun patent olgandi. Uning koʻpgina boshqa ixtirolari ulovni yurgiza oladigan dvigatel yasashda qoʻl keldi, va 1896-yili Benz birinchi oppozit dvigatel patentladi.

1893-yilda Benz oʻzining toʻrt gʻildirakli avtomobilini namoyish etdi, ungacha taxminan 25 dona Benz ulovlari sotilgandi. Ular Benz'ning oʻzi loyihalagan toʻrt qadamli dvigatellar yordamida harakat qilar edi. Litsenziyalangan Benz dvigatellarini ishlab chiqarayotgan fransiyalik Emile Roger, endi uning avtomobillarini ham sota boshladi. Fransiya avtomobil bozori Olmoniyadagiga nisbatan chaqqonroq boʻlgani uchun ulovlar Roger orqali tezroq sotila boshladi.

Daimler va Maybach 1890-yili Cannstatt'da Daimler Motoren Gesellschaft (Daimler Motor Shirkati, DMG) ga asos solishib, shu savdo belgisi ostidagi ilk avtomobilni 1892-yilda sotishdi. 1895-yilga kelib 30ga yaqin DMG avtomobillari sotildi. Benz va Daimler avvalboshda bir-birlarining ishlaridan bexabar boʻlib, mustaqil ishlashgani taxmin etiladi.

Daimler 1900-yilda vafot etdi va shu yili, biroz vaqt oʻtib, Maybach Emil Jellinek buyurtmasiga binoan Daimler-Mercedes motorini yasadi. Ikki yildan soʻng DMG'da shu motorli avtomobil ishlab chiqarilib, "Mercedes" deb ataldi. Soʻngra Maybach DMG'dan ketdi va oʻz biznesini ochdi. Daimler savdo belgisi boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotildi.

Karl Benz Birinchi Jahon Urushidan soʻnggi Olmoniya iqtisodiyotining ojizlana boshlaganida DMG va Benz & Cie. orasida hamkorlik oʻrnatishni taklif etdi, biroq DMG direktorlar kengashi bu taklifni rad etdi. Ikki shirkat orasidagi muhokamalar bir necha yil oʻtib boshlandi va 1924-yilda ular 2000-yilgacha kuch saqlaydigan Oʻzaro Manfaatdorlik Shartnomasini imzoladilar. Ikkala tashkilot oʻz belgilarini saqlab qolishsa-da, dizayn, ishlab chiqarish, sotuv, xarid va reklama marketinglarini kelishib loyihalasha boshlashdi. Nihoyat, 1926-yilning 28-iyunida Benz & Cie. va DMG Daimler-Benz nomi ostida birlashib, avtomobillarini DMG'ning eng muhim markasi, Maybach loyihalagan 1902 Mercedes-35hp ulovi va Benz sharafiga Mercedes Benz, deb atashdi. Karl Benz vafotigacha (1929) Daimler-Benz direktorlar kengashining vakili boʻlib qoldi.

1890-yili fransuzlar Emile Levassor va Armand Peugeot Daimler motorili ulovlar chiqara boshlab, Fransiya avtomobil sanoatini yoʻlga qoʻyishdi. AQShda esa, ilk ichki yonuv dvigatelli mashina 1877-yilda George Selden (Rochester, New York) tomonidan yasalib, 1879-yili patentlandi. Birlashgan Qirollikda ham oʻziyurar ulov yaratishga harakatlar boʻldi, xususan Thomas Rickett ismli ixtirochi 1860-yili bugʻ mashinalari ishlab chiqarishni boshlamoqchi boʻldi.[8] Britaniyaning ilk ichki yonuv motorili avtomobili esa 1894[9] va 1895 (Frederick William Lanchester) yillarida yasaldi, lekin ommaviy chiqarishga oʻtmadi.[9] Bu sohada Daimler Motor Company (asoschi - Harry J. Lawson, 1896) kashshof boʻldi; ilk ommaviy avtomobillar 1897-yili sotuvga chiqa boshladi.[9]

1892-yili olmon mehandisi Rudolf Diesel "Yangi Ratsional Yonuv Motori" uchun patent oldi. 1897-yilda u ilk Diesel motorini yasadi.[6] 1895-yilda Selden ikki taktli motori uchun AQSh patenti (549160 raqamli) oldi. Bugʻ, elektr va benzin energiyasidan foydalanuvchi avtomobillar yillab raqobatlik qilishdi va natijada, 1910-larda benzin ishlatuvchi motorlar boshqa tur motorlarni siqib chiqardi.

Turli porshensiz rotorli dvigatellar anʼanaviy porshen va tirsakli valli motorlar bilan raqobatlashishga harakat qilishgan boʻlsa-da, faqatgina sanoqli shunday motorlar oz-moz omadga erishishdi (masalan, Mazdaning Wankel motori).

Ishlab chiqarish[tahrir]

Ilk bor ommaviy avtomobillarni keng miqyosda ishlab chiqarish 1902-yili Ransom Olds'ning Oldsmobile zavodida yoʻlga qoʻyildi. Bu konseptni keyinchalik (1914-yildan) Henry Ford kengaytirdi.

Natijada Ford avtomobillarining har biri har oʻn besh daqiqada zavoddan chiqadigan boʻldi, avtomobilni yigʻish ancha tezlashdi (Ford'gacha bir avtomobil uchun 12,5 kishi-soat sarflanar edi, bu koʻrsatkich keyin 1,5 soatga tushdi), bunday surʼat oʻz davri uchun misli koʻrilmagan edi.[9] Avtomobil ishlab chiqarishda vaqt asosan uni boʻyashga ketadigan boʻldi. Eng tez quriydigan boʻyoq qora boʻlgani uchun, avtomobil zavodi rang-baranglikdan voz kechdi (bu 1926-yilgacha, tez quriydigan loklar ixtiro qilinguncha davom etdi).[9] 1914-yilga kelib avtomobil narxi shu qadar pasaydiki, oddiy zavod ishchisi toʻrt oylik maoshiga Model T sotib olishi mumkin edi.[9]

Henry Ford (1919)

Ford tomonidan joriy etilgan xavfsizlik choralari - ayniqsa har bir ishchiga oʻz ish joyi ajratilishi (bu ishchilarning korxona hududida sangʻib yurishining oldini oladi) - jarohatlar sonini keskin kamaytirdi. Yuqori samaradorlikka erishish uchun yuqori maoshlar tayinlash "Fordchilik" deb atalib, boshqa katta tashkilotlar tomonidan ham qoʻllanila boshlandi. Yigʻish liniyasi - konveyerning samaralari Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotiga katta yordam berdi. Konveyer ishchilarni muayyan bir xil ishlarni tez-tez bajarishga koʻniktirib, yuksak samaradorlikka erishishni taʼminladi; boshqa mamlakatlarda esa nisbatan kam samarali usullardan foydalanilar edi.

Avtomobilsozlik sanoatida bunday usul tezda shuhrat topib, dunyo boʻylab tarqalib ketdi; 1911-yili Ford Fransiya va Ford Britaniya, 1923-yili Ford Daniya, 1925-yili Ford Olmoniya mahalliy shirkatlari ochildi; 1921-yildan boshlab Citroën Yevropa shirkatlari orasida birinchi boʻlib Ford konveyerlarini qoʻllay boshladi. Konveyersiz ishlaydigan avtomobilsozlik shirkatlari sinish xavfiga duch kelishdi; 1930-yilga kelib bunday shirkatlardan 250 tasi yoʻqolib ketdi.[10]

Avtomobilsozlik texnologiyasi taraqqiyoti yuzlab kichik shirkatlar raqobatlashuvi tufayli ilgʻorlab ketdi. Shu davr uchun xos muhim ixtirolar safiga oʻt oldirish va elektr starter (Charles Kettering tomonidan Cadillac Motor Company uchun, 1910—1911), amortizator toʻrt gʻildirakli tormozi kiradi.

Ford Model T, 1927, Amerikaning ilk arzon avtomobillaridan, deb hisoblanadi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Pocket Oxford Dictionary // Oxford University Press. — London, 1976.
  3. WorldMapper - passenger cars.
  4. SA MOTORING HISTORY - TIME LINE. Government of South Australia. Asl nusxadan arxivlandi (2007-06-14).
  5. Setright, L. J. K. Drive On!: A Social History of the Motor Car // Granta Books. — 2004.
  6. 6,0 6,1 6,2 Ralph Stein The Automobile Book // Paul Hamlyn Ltd. — 1967.
  7. Wakefield, Ernest H. History of the Electric Automobile // Society of Automotive Engineers, Inc.. — 1994. — B. 2-3.
  8. Veteran and Vintage Cars // Hamlyn. — London, 1970.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Beaulieu Encyclopedia of the Automobile // HMSO. — London, 2000.
  10. Georgano, G. N. (2000). Vintage Cars 1886 to 1930. Sweden: AB Nordbok. ISBN 1-85501-926-4. 

Havolalar[tahrir]


Manbalar[tahrir]