Beloruslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beloruslar
(беларусы/biełarusy)
Umumiy aholi soni

11 million

Katta aholiga ega mintaqalar
Flag of Belarus Belarus: 8,159,073[1]
Flag of Rossiya Rossiya 521,443[2]
AQSH bayrogʻi AQSH 600.000[3]
Flag of Ukraina Ukraina 275,763[4]
Flag of Isroil Isroil 130.000[3]
Flag of Qozog`iston Qozog`iston 66,476[5]
Flag of Latviya Latviya 68,174[6]
Flag of Kanada Kanada 50,000 — 70,000[7]
Flag of Braziliya Braziliya 45,000 — 80,000[8]
Flag of Polsha Polsha 50,000 — 70,000[8]
Flag of Litva Litva 41,100[9]
Flag of Moldova Moldova 20,000[3]
Flag of Avstraliya (davlat) Avstraliya 20,000[3]
Flag of Estoniya Estoniya 17,241[10]
Flag of Argentina Argentina 7,000[3]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 7,000[3]
Flag of Belgiya Belgiya 2,000[3]
Flag of Yunoniston Yunoniston 1,168[11]
Flag of Portugaliya Portugaliya 1,002[12]
Tillar
Beloruscha, Ruscha
Dinlar
Xristian dini
Qarindosh etnik guruhlar
slavyan xalqlar

Beloruslar — xalq, Belorussiyaning asosiy aholisi (7,9 mln. kishidan ortiq, 1992). Shuningdek, RF (1206 ming kishi), Ukraina (440 ming kishi). Qozogʻiston (183 ming kishi), Latviya (120 ming kishi), Litva (63 ming kishi), Oʻzbekiston (63 ming kishi), Estoniya (27,7 ming kishi)da ham yashaydi. Polshada 300 ming kishiga yaqin. Belorus tiliaa soʻzlashadi. Dinga eʼtiqod qiluvchilari — asosan pravoslavlar, qisman katoliklar ham bor.[13]

Beloruslar- Belarus Respublikasining tub xalqi. Belorus tilida va Rus tillarida gaplashadilar. Alifbosi kirillitsaga asoslangan.

I. E. Repin Belorus,1892
Beloruslarning xatasi — uyi, Strochisidagi ochiq osmon tagidagi koʻrgazma

Masihiylik diniga mansub, ichinora katoliklar ham bor. Beloruslar sharqiy slavyan xalqlariga mansub.

Tarixi[tahrir]

Belorus xalqining etnik asosini sharqiy slavyan qabilalari: dregobichlar, krivichlar, radimichlar, drevlyanlar, severyanlar, volinyanlar tashkil qilganlar. 9 — 11 asrlarda shu qabilalar Kiev Rusining tarkibi boʻldi. U parchlanib, knyazlik tarqqgandan keyin (13 — 14 asrlar) Buyuk Litva knyazligining, 1569-yildan Rech Pospolitayaning tarkibiga kirdi. 18-asrda Rossiyaga qoʻshildi. Shu asrdan boshlab Beloruslarning madaniyati va turmush kechirishi koʻp oʻzgarishlarga uchradi. Hozirgi kunda Beloruslar madaniyatining milliy etnografiyalik qadiriyatlari (milliy kiyimi, taom turlari, oilaviy dasturi) faqat chet joylarida saqlanib qolgan.

kasb-hunari[tahrir]

Milliy kasb-hunarlari — dehqonchilik (arpa, bug'doy, sholi, kartochka, zig'ir etishtirishadi) va mol chorvachiligi (sigir, cho'chqa va uy parrandalarini boqishadi) yahshi yoʻlga qoʻyilgan. Kulolchilik bilan, ustalik kasibi bilan, kiyim, oyoq kiyim tikish, turli buyumlarni toʻqish bilan shugʻullanadi.

Kiyimlari[tahrir]

Milliy kiyimlari erkaklari tizzasigacha etik, shim kiyadi, bellarini junli ipdan oʻrilib, uchlarini belbogʻ bilan boylaydi. Sirtki koʻrinishiga gullik matodan tikilgan nimcha, boshlariga qalpoq, qishda „magerka“, „kuchma“, „ablavuxa“ nomli qalpoqlar kiyishadi. Ayollari oldi koʻrinishi naqsh bilan oʻrnaklangan koʻylak, „andaran“ nomli nimcha kiyishadi. Rang-barang belbogʻlardi bogʻlaydi. Sochlarini oʻrmaklaydi. Erkaklar ham, ayollar ham qishda chapon, toʻn kiyishadi.

Taomlari[tahrir]

Milliy taomlari — kartochka va undan tayyorlangan taomlar (jur, zatirka, buraki, kletski). Goʻshtni bayram arafalarida isteʼmol qilishadi (machanku, studen, vereshaku). Asosiy milliy ichimliklari: kvas, qayin sharbati. Milliy uylari koʻpincha daraxtdan ishlanadi.

Manbalar[tahrir]