Qadimgi Rim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Rim, Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan mil. av. 754/753 y.da asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-a.larda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (mil. av. 510/509 y.). Mil. av. 3-a. oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng mil. av. 146 y. Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim sh. koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida mil. av. 1-a.da armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va b.) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 y.lardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 y. respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U mil. av. 27 y. senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Mil. 2-a.

da Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 y. german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000 y.ga yaqin mavjud boʻlgan.

Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Mil. av. 5-a.da ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 y. oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Mil. av. 2-a.

ning 60-y.larida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Mil. 1-a.

da qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-a.dan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-a.) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362 y.dan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. R. shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va b. yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Mac, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Mil. av. 3-a.da yer osti xudolari sharafiga har 100 y.da bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dek.

da bayram oʻtkazilgan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a.larda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Mil. av. 1—mil. 1-a.lardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-a. oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari barham yedi.

Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (mil. av. 3—1-a.lar). Kar Lukretsiy (mil. av. 99 —55)ning "Narsalarning tabiati haqida" poemasida Epikur (mil. av. 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (mil. av. 1-a. — mil. 1-a.)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-a. faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.

Tabiiy — ilmiy qarashlar. R. respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam. Mil.av. 1-a.da Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. 1-a. oxirlarida astronomiya va matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur "Almagest" asarida (2-a.) olamning geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharkda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning "Arifmetika" (taxm. 3-a.), 3—4-a.larda Papp Aleksandriyskiyning "Matematika toʻplami" asarlari mashhur boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, q.x., veterinariya, harbiy texnikaga bagishlandi. Mil. av. 1-a. oxirida Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob" asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy oʻsishi mil. av. 3—1-a.

larda geogr. bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta geografik haritasi ishlandi. Mil. av. 37y.da 1jamoatkutubxonasi tashkil qilindi, imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.

Huquq fani. Qadimgi R.da mil. av. 3-a. va mil. 3-a.larda huquq keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-a. larda turli ijtimoiy tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana q. Rim huquqi).

Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Mil. av. taxm. 130-y.da annallar 80 kitobdan iborat boʻlib "Katta annallar" nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (mil. av. 2-a.) Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit Liviyning "Rim tarixi", Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (mil. av. 1-a.) kabi sarkardalarning koʻp sonli biografik asarlari maʼlum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-a. boshlari) badiiydidaktik ruhdagi "Annallar" va "Tarix" (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14y.dan 96y.gacha boʻlgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-a. boshlarida tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi boʻlgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-a.

ning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion Kassiy kad. davrlardan 229y.gacha boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-a.) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur. Imperiyaning soʻnggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.

Adabiyot i ning eng qad. namunalari (mil. av. 5—4-a.lar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Mil. av. 2-a. oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-a.)da Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy "Muhabbat ilmi", "Metamorfozalar" kabi oʻlmas asarlari bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-a.larda xristian adabiyoti rivojlandi.

Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari 6n bogʻliq. Mil. av. taxm. 33y.larda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar, keyinchalik professional artistlar ijrosida namoyish qilingan. Mil. av. 240 y.larda yunon originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan. Mil. av. 2—1-a. boshlarida kuyi tabaqalarga mansub R. fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi mil. av. 55—52y.larda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat boʻlib, truppalarga uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning soʻnggi asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-a.

larda raqslar sahnalashtirildi, siyosiy voqealarga oid tomoshalar ham koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va b. ham koʻrsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar oʻrniga qon toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. R. teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi.

Musiqasi. Ellinizm madaniyati taʼsirida rivojlangan R. musiqasida tantanavor (galaba bilan bogʻliq), toʻy, ziyofat, diniymarosim qoʻshiqlari boʻlgan. Imperiya davrida poytaxtga koʻp mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar va h.k.) toʻplangan. R.da puflama sozlardan tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va b., torli sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va b., shuningdek, gidravlos boʻlgan. Qad. R. cholgʻu musiqasi rivojida teatr janri — pantomima muhim rol oʻynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari, orkestrlar joʻrligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar orkestrlari boʻlgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari oʻtkazilgan.

Arxi tektura s i, tasviriy va amaliybezak sanʼati antik badiiy madaniyatning soʻnggi, yakunlovchi davri hisoblanadi. R.da arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatida realizm kuchaydi, ularda Yunoniston sanʼatidagidek afsona (mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar koʻproqaks ettirildi. R. sanʼatining qad. davrida Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli boʻldi. Puni urushlari va oxirgi respublika davri (mil. av. 31-a.lar) sanʼatida Buyuk Yunoniston (Jan. Italiya) va rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj topdi. Binolar ulugʻvor qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina boshladi (ayniqsa, shahardan tashqaridagi villalar), mil. av. 2-a.dan boshlab betondan foydalanildi, bu binolarni arzon va tez qurishga, shakllari turlituman boʻlishiga imkon berdi. Mil. av. 2—1-a.larda tomoshaxonalar, teatrlar takomillashtirildi, tomoshabinlar oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan mayd.dan ajratildi.

Tasviriy sanʼatda mil. av. 3—1-a.larda portret haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. Respublika davrida tarixiy mavzularda relyeflar koʻp ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash sanʼati yuksaldi. Qadimgi R. meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya gullabyashnagan davrga toʻgʻri keladi. Binolarning monumentalligiga (arkalar, toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi, imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura imperator shaxsiyatini ulugʻlashga va imperiya qudratini koʻzkoʻz qilishga xizmat qildi.

(R.da Avgust forumi, mil. av. 1-a. oxiri va mil. 1-a. boshlari). 1-a. oʻrtalarida saroylar oʻta hashamdor qilib qurildi. Ulkan gumbazli Panteon kabi ulugʻvor binolar, yirik amfiteatrlar bunyod etildi. Imperatorlardan Trayan davrida haykallarda qahramonlik koʻproq ifodalangan boʻlsa, Adrian va Antoniy hukmronligi yillarida obrazlarda psixologik teranlik koʻzga tashlandi. Bezak rassomligida yengil naqshlar, kichik syujetli rasmlar ishlashga koʻproq ahamiyat berildi (63y.gacha), keyin murakkab arxitektura kompozitsiyalari koʻproq aks ettirildi. 2-a.dan oqqora tosh mozaikasi keng tarqaddi. Imperiya davrida amaliy bezak sanʼatida metallni badiiy ishlash, qizil sirli sopol idish va buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj oldi. Imperiya tushkunlikka uchragan davr (3—4-a.lar)da viloyatlarda yangi forumlar, yirik ibodatxonalar koʻplab qurildi. Qadimgi R. anʼanalari R. qurilishlarida rivojlantirildi. Haykaltaroshlikda shartlilik keng oʻrin ola boshladi. 3—4a.larda miniatyura (yupqa zar qogʻozga ishlab 2 qavat shisha orasiga oʻrnatiladigan) portretlar ishlash, xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli relyeflar bilan bezatilgan marmar sarkofaglar tayyorlash sanʼati rivoj topdi.

Adabiyot[tahrir]

  • Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima, M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965; Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima, M., 1971; Alimuhamedov A., Antik adabiyo’t tarixi, T., 1975. Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil