Prokuratura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prokuratura (lotincha: procurare — „gʻamxoʻrlik qilish“) — ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab XIII-XIV asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. Bosh prokuror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan saylanadi. Boshqa viloyat, tuman va shahar prokurorlari Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ham Prokuratura hokimiyati faol ishtirok etadi. Bundan tashqari prokurorlar sudlarda ham ishtirok etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]