Neolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrganilgan.

Neolit davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. Neolit odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. Neolit odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "Neolit inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.

Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan Neolit kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xilhududda oʻziga xos Neolit davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Iroq va Eron) hududlarida miloddan avvalgi 6—4ming yilliklardayoq qad. dehqonchilik oʻlkalarida tosh tishli qadama oʻroq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari ^ugʻdoy, tariq, loviya va sholi kabi bo-’ shokdi oʻsimliklar madaniylashtiril-di, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qoʻlda, soʻngra qoʻl charxida gul-dor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi.

Miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yoʻnalishda rivoj topdi. Mas, uning jan.-gʻarbiy hududlarida Neolit davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qoʻy va qoramol) bilan shugʻullangan boʻlsalar, uning shim. va shim.-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar.

Neolit davrining oʻtrok, ilk qishloq harobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli oʻroq, pi-choq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushi-rilgan sopol idish boʻlaklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishlokda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan oʻtroqqishloqjamoasi yashagan. Xoʻjalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli boʻlgan. Chunki, bu davrda ona urugʻdoshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan.

Oʻrta Osiyoning jan. hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy koldiklari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ulkan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng. Unda 100— 120 nafarli urugʻ jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yogʻoch va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla koʻp ustunli, yapaloqroq shaklda boʻlib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning atrofida 20 dan ortiq maydaroq oʻchoq oʻrinlari qayd etilgan. Oʻchokdar girdidan va chayladan baliq, toʻngʻiz, jayran, bugʻu, qush suyaklari, tuxum poʻchoqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.

Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib oʻrganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuritilgan bu yodgorlikdagi chayla toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, maydoni 81,5 kv.m ga teng. Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha oʻchoq oʻrinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (oʻq-yoy paykonlari, oʻroq, randa, keskich, qirgʻich, teshgich, soʻzan, parma va bolta), sopol idish boʻlaklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.

Dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaliklari hamda oʻtroq hayot bilan bogʻliq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga boʻlgan talab oshadi. Shu boisdan togʻ va togʻ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida togʻlardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo boʻladi. Xom ashyo, dastavval togʻ yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, soʻngra qazib chiqarilgan. Buning uchun oʻra va lagʻmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali Neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlogʻi yaqinida topib tekshirilgan (miloddan avvalgi 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani maʼlum boʻldi. Neolit davri shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belarus kabi hududlarida ham oʻrganilgan. Neolit davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni oʻrganib oladilar.

Ad:. Asqarov A., Oʻzbekiston tarixi, T., 1994; Massoy V. M., Poseleniye Djeytun, L., 1971; Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobitnaya kultura i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966; Tolstov SP., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.

Abdulahad Muhammadjonov.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil