Munchoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munchoq — qimmatbaho va rangbarang tosh, shisha va shahrik. narsalardan turli (dumaloq, uzunchoq va boshqalar) shaklda tayyorlanadigan donachalar. Donachalarni ipga tizib yasaladigan hamda boʻyinga taqiladigan taqinchoq (marjon)lar ham M. deb ataladi. Oʻzbekistonda ayollar va bolalarning bezak buyumi boʻlgan koʻzmunchoq turi boʻyin va qoʻlga taqiladi, kiyim (koʻylak, nimcha, doʻppi va boshqalar) ga tikiladi. M. qadimdan koʻpgina xalqlar orasida keng tarqalgan. Tosh (neolit) va suyakdan, jez davrida metallardan ishlangan. Qad. Misrda shi-shaning ixtiro qilinishi bilan shisha M.lar keng tarqaldi. Oʻrta asrlarda Italiya, Rossiya, Oʻrta Osiyo va boshqa joylarda ham shisha M. paydo boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil