Sibir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
       Sibir Federal okrugi Sibir — RF Osiyo hududining katta qismidagi tabiiy oʻlka. Gʻarbda Ural togʻlari, sharqsa Tinch okean suvayirgʻichi togʻ tizmalarigacha va shim. da Shim. Muz okeani qirgʻoqlaridan, jan. da Qozogʻistonning sertepa dashtlari hamda Mongoliya va Xitoy chegarasigacha davom etadi. Shim.dan janubga 3500 km, gʻarbdan sharqqa 7000 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Mayd. 10 mln. km2. S. hududida Saxa (Yakutiya), Tuva, Buryatiya Respublikalari, Oltoy va Krasnoyarsk oʻlkalari, Tyumen, Kurgan, Omsk, Novosibirsk, Tomsk, Kemerovo, Irkutsk va Chita viloyatlari joylashgan. Tabiati. S.ning asosiy tabiiy oblastlari: Gʻarbiy Sibir tekisligi, Oʻrta Sibir yassitogʻligi, Jan. Sibir va Shim.Sharqiy Sibir togʻlari. Jan. Sibir toglari tarkibiga Oltoy, Gʻarbiy Sayan, Sharqiy Sayan, Tuva Respublikasi togʻlari, Baykalboʻyi va Baykalorti (Zabaykalye) kiradi. Shim.Sharqiy S. togʻlarini Yuqori Yana tizmasi va Kolima togʻlari oʻrab turadi. S.ning iqlimi keskin kontinental. Eng sovuq oy (yanv.) va eng issik, oy (iyul)ning oʻrtacha t-rasi orasidagi farq 35° dan 68° gacha. Deyarli hamma yerda oʻrtacha yillik tra 0° dan past, shim. sharkda —15°, —18° gacha. Qishi davomli va sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —16°, —20°dan (Gʻarbiy Sibir tekisligining jan.da) —40°, —48° gacha (Saxaning sharqida). Verxoyansk va Oymyakonda ayrim kunlari —70° gacha sovuq boʻladi. S.ning yozi birmuncha iliq, jan.da esa hatto issiq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 2°~5° dan (S.ning shim. sohilida) 22°—23° gacha (Gʻarbiy Sibir dashtlarida). Yillik yogin 150— 250 mm dan 1000—2000 mm gacha. Kor krplami 170 kundan 300 kungacha saqlanib turadi. S.da toʻngib yotgan togʻ jinslari va tuproqlar keng tarqalgan. Asosiy daryolari: Ob (Irtish bilan birga), Yenisey va Lena. Muhim koʻlpari: Baykal, Taymir, Telets, Chani. Tuproqoʻsimlik qoplami, asosan, shim.dan janubga oʻzgarib borib, arktika muz sahrosi, tundra, oʻrmonli tundra, oʻrmon (tayga), Gʻarbiy Sibirning jan. da esa, oʻrmonli dasht va dasht zonalarini hosil qiladi. Shim.da tundra va oʻrmonli zonalarida har xil botqoq gleyli va gleylipodzol tuproqlarda yoʻsin va lishayniklar, buta va koʻp yillik oʻtlar oʻsadi. Shim.da oʻrmon (tayga) zonasi oʻsimliklari eng koʻp tarqalgan. Tayga zonasining eni ayrim joylarda 200 km ga yetadi. Oʻrmonlarda igna bargli daraxt koʻproq, sibir tilogʻochi (gʻarbida) va dauriya tilogʻochi (sharqida), oqqaragʻay, sibir kedri, qaragʻay, qoraqaragʻay; keng barglilardan qayin, togʻterak, qandagʻoch; shim.sharqidagi daryo vodiylarida terak, tol oʻsadi. Oʻrmon zonasidan jan.da Gʻarbiy S. atrofida oʻrmonli dasht va dasht zonalari joylashgan boʻlib, sur tusli podzollashgan, qora tulroqlioʻtloq, yuvilgan va tipik qora tuproklar tarqalgan. Dasht va urmonli dashtlarning oʻsimlik qoplami aholi tomonidan oʻzgartirib yuborilgan. Dashtlar haydalgan, botqoklashgan oʻtloqlar pichanzorlarga aylantirilgan. Jan. S togʻlarining etaklari dasht oʻsimliklar bilan qoplangan. Undan yuqorida togʻ taygasi boshlanadi. S.ning tundra zonasida har xil kemiruvchilar (asosan, lemming), sut emizuvchilardan shim. bugʻusi va qutb tulkisi yashaydi. Yoz boshlanishi bilan suzuvchi parrandalar (gʻoz, oʻrdak, loyxoʻrak, gaga) uchib keladi. Tayga zonasi faunasi ancha boy (tiyin, sobol, kolonok, boʻri, tulki, ayiq, los, va b.). Tayga zonasida qushlarning 200 ga yaqin turi, acocaFi, karqur, chil, qizilishton yashaydi. Urmonli dasht va dashtlarda dala sichqoni, olaxurjun, qoʻshoyoq, yumronqoziq, boʻrsiq, boʻri, tulki, qarsoq tulki uchraydi. Suv havzalarida ondatra, norka iqlimlashtirilgan. Daryolarida qimmatbaho baliq koʻp. S. RFning ovchilik xujaligi rivojlangan va moʻyna tayyorlanadigan muhim r-ni. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, fafit, polimetall va b. Asosiy shaharlari: Novosibirsk, Omsk, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Irkutsk, Barnaul. Aholisining koʻlchiligini koʻchib borgan ruslar tashkil qiladi. Tub aholi: xantilar, mansilar, evenklar, buryatlar, saxalar, haqaslar va b. Tarixi. Odam faoliyatining izlari Jan. S.da — Togʻli Oltoydan Amur daryosi havzasigacha boʻlgan hududda topilgan. S. xalqining madaniyati va ijtimoiy sistemasining oʻzgarishida eneolit davrida rudadan metall eritib olishning rivojlanishi katta ahamiya gga ega boʻlgan. Mil. av. 1ming yillikning oxirida Jan.S.da hunn kabila uyushmalariyashagan. Mil. av. 1ming yillikning 1 yarmida ularning turkiy xalqlar, 7— 8-a.larda moʻgʻullar (mongollar) ajralib chiqqan. Turkxoqonligi, Boxay va b. davlatlar mavjud boʻlgan. 13-a. boshida Jan. S. Moʻgʻullar davlati tarkibida. Uning gʻarbiy qismida 15-a. boshida Oltin Oʻrda parchalangach, Sibir xonligi tuzilgan. 15-a.dan Moskva davlatida S.ga yurish boshlagan. 17a. boshlarida Gʻarbiy S, asr oʻrtalarida Gʻarbiy Buryatiya, soʻngra Baykal koʻlidak sharklagi yerlar va Amur darvsi boʻylarini Rossiya egallab olgan. 18-a. ning 20y.lari oxiri — 30y.lari boshidaOltoy togʻ yon bagʻrida manufaktura tipidagi dastlabki metallurgiya korxonalari qurildi. Dehqonchilik rivojlandi. Ekinlar maydoni kengaydi. 19-a.ning 1-yarmida S.da sanoatning yangi sohasi — oltin qazib chiqarish paydo boʻldi. !9-a.ning 50y.larida Rossiya tarkibiga Quyi Amur boʻylari, Ussuriy oʻlkasi, Saxalin oroli kirdi. 19-a.ning 2-yarmida S.ning shim.sharqiy r-nlarida oltin sanoati kengaydi. S. Rossiya imperiyasining kishilarni surgun va qatorgaga joʻnatadigan asosiy joyi boʻlib qoldi. 1900 y.da faqat surgun qilinganlarning soni 287,2 mingni tashkil qiladi. S.ning iqtisodiy taraqqiyotida 1891 — 1905 y.larda qurilgan t.y. — Ulkan Sibir magistrali katta ahamiyatga ega boʻddi. 1923 y. BuryatMongol Muxtor Respublikasi (1958 y.dan Buryatiya Muxtor Respublikasi), 1922 y. Yakutiya Muxtor Respublikasi va Oyrot muxtor viloyati, shuningdek, milliy okrug va tumanlar tuzildi. S. tarixida sibirlik oʻzbeklarning oʻrni alohida ahamiyatga egadir. Ularning asosiy qismi Oʻrta Osiyo oʻzbeklari vakillari. Sibirlik oʻzbeklarning ajdodlari S.ga 16—17-a. larda (asosagʻ), savdosotiq va b. yoʻllar b-n) borib krlganlar. 16-a. oʻrtalarida Rus davlati Astraxon, Qozon, soʻngra Sibir xonligini bosib olgandan keyin ham bu yerlarning Oʻrta Osiyo bilan qadimgi aloqalari davom etaverdi. Chunki, Rus davlati yangi bosib olgan joylarni zarur mollar, xususan, gazlama va kiyimbosh bilan taʼminlashga ega boʻlmagan. Shu bois Rossiya hukumati oʻzbek xonliklari bilan aloqa oʻrnatish va savdoni rivojlantirishga harakat qildi. Tez orada elchilik alokdlari oʻrnatilib, savdo rivojlana bordi. Bu borada Rossiya davlati faol harakat qilib oʻzbek savdogarlariga bir kancha imtiyozlar berib, ularni S.ga jalb qilish choralarini koʻrdi. Oʻz navbatida oʻzbek xonliklari S.ga ip va ipak gazlamalar, kiyimbosh va mollar keltirish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga soldilar. Shu tariqa Oʻrta Osiyo va S. oʻrtasida savdo aloqalari yaxshi yoʻlga qoʻyilib, 17-a.dan boshlab S.da hoz. Oʻzbekistondan savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar va din peshvolari borib joylashdilar. Ular, asosan, Tyumen, Tobolsk, Tara va S.ning boshka joylariga oʻrnashdilar. Bu ishni birinchi navbatda savdogarlar, shuningdek, Semipalatinsk, Petropavlovsk va b. yerlarga koʻchib borganlar boshlab berdilar. S.dagi ichki va tashki savdo koʻproq oʻzbeklarning qoʻlida toʻplanib, ular Oʻrta Osiyo, Xitoy, Eron singari mamlakatlarning mollari bilan savdo qildilar, S.da birinchi boʻlib koʻnchilik va gilam toʻqish hamda bugʻdoy ekishni joriy etdilar. Sibirlik oʻzbeklar mahalliy tatarlar orasida islom diniii tarqatish va rivojlantirishda katnashdilar, masjidlar qurib, maktab va kutubxonalar ochdilar. Ular asrlar davomida oʻzlarining tili, kiyimi, milliy ovqati va urfodatlarini sak,ladilar. Umuman, oʻzbeklar S. hayotida muhim oʻrin egallab uning rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Rossiya hukumati ularning xizmatini eʼtiborga olib imtiyozlar berish bilan bir katorda Tobolsk, Tyumen, va Tarada mahalliy boshqaruv idorasi — Buxoro volost (boʻlis)larini tuzishga ijozat berdi. 1917 y.dan keyin bu boʻlislar Buxoro ijroiya qoʻmitalariga aylantirildi. Vaqtlar oʻtishi natijasida oʻzbeklar iqlimlashib va mahalliylashib, avvalgi vatanlari bilan alokdlari uzildi. S.ga ayollarga nisbatan erlar koʻproq borganliklari uchun ular tatar qizlariga uylanganlar. Garchand bundam oilalarda tugʻilganlar oʻzlarini oʻzbek deb yurgan bulsalarda, lekin, 20-a. ning boshlariga kelib ularning tatarlarga aralashish jarayoni kuchaydi. Shunga qaramay 1926 y.dagiumumxalq roʻyxati boʻyicha oʻzbeklarning soni 15.000 kishi hisoblanib ular oʻzlarining milliy nomini saqlaganlar. Keyingi yillarda oʻzbeklarning tatarlarga aralashish jarayoni nihoyasiga yetib ular nomi bilan yuritiladigan boʻldi. Iqtisodiyoti. Urushdan keyingi yillarda S.da Angara va Yeniseyning gidroenergiya resurslari oʻzlashtirila boshladi. Irkutsk, Bratsk va Krasnoyarsk GESlar qurildi. Abakan — Tayshet va Tayshet — Lena t. y.lari, Tuymazidan Angarskka neft quvuri oʻtkazildi. Moskvadan Baykalgacha boradigan Transsibir t.y. magistrali elektrlashtirildi. Saxa (Yakutiya)da olmos konlari topildi. Gʻarbiy S.ning shimolida neft va tabiiy gaz zaxiralari aniklandi va shu konlar asosida 19-a.ning 60y.larida, qisqa muddat ichida neft va gaz sanoatlariga asos solindi. Sda qora metallurgiyaning Kuznetsk k-ti va Gʻarbiy Sibir z-dini oʻz ichiga olgan 3bazasi vujudga keltirildi. Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va b. shaharlardagi z-dlar gʻalla kombaynlari, traktorlar, traktor pluglari, radiopriyomnik va radiolalar, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari ishlab chikaradi. Rangli metallurgiyaning muxim markazlari: Norilsk, Belovo, Novokuznetsk, Krasnoyarsk, Bratsk, Sheloxov. S. va Uzok, Sharqning konchilik sanoati olmos, oltin, platina, nodir metallar, asbest, slyuda, grafit, dala shpati va b.ni beradi. S.dagi oʻrmon sanoati korxonalarida yogʻoch, yogʻochtaxta, sellyuloza ishlab chiqariladi. Rossiyadagi yirik oʻrmon sanoati majmualari Bratsk va UstIlim hamda Lesosibirskda, sellyuloza z-di Bay,~ kalskda barpo etildi. Ekin maydonlari, asosan, S.ning jan. qismida. 1950 — 60 y.larda S.da qoʻriq yerlar oʻzlashtirildi (Gʻarbiy S.da 7 mln. ga dan ortiq). Ekin mayd. 26,7 mln. gektar. S.da tovar gʻalla (asosan, bahori bugʻdoy), goʻsht, mol yogʻi yetkazib beriladi. Chorvachilikda kramol, kuy va echki boqiladi. T.y. uzunligi 14 ming km [shundan yarmi elektrlashtirilgan. Baykal—Amur magistrali (BAM) uz. 3145 km] mavjud. Quvur yoʻllari (jumladan, Tuymazi — Angarsk) va yirik dengiz portlari (Dikson, Dudinsk, Igarka va b.) qurilgan.

Adabiyot[tahrir]

* Ziyoyev H., Sibir, Volga va Ural boʻyidagi oʻzbeklar, T., 2003.[1]        Geografik chegaralari        Tarixiy Sibir
Gʻarbiy Sibir tekisligidagi Tayga manzarasi va Vassyugan daryosi.

Sibir (ruschada : Sibir) Rossiya Federatsiyasining sharqiy qismida joylashgan ulkan hududning nomidir, maydoni 13,1 million km² (tahminan O'zbekiston hududidan 30 marta katta), aholi zichligi juda kam (39 million aholi yaʼni 1km²ga 3 kishidan toʻgʻri keladi). Rossiyaning sharqida joylashgan boʻlib, sharqdan gʻarbga Ural tog'laridan Tinch okeanigacha va shimoldan janubga Shimoliy Muz okeanidan Qozog'iston shimolida joylashgan Oltoy tog'lari, Mongoliya va Xitoy chegaralarigacha choʻzilgan. Osiyo qitʼasining shimoliy hududida joylashgan boʻlib, Sibir, Rossiyaning 77 % hududini egallaydi va atigi 27 % aholisini oʻzida mujassam etadi. Oʻzining sovuq va kontinental iqlimi va tekislik, pastekisliklar, ulkan daryolarning keng yoyilgani bilan ajralib turadi. Sibirda uzoq vaqtlar davomida chorvador va koʻchmanchi aholi yashagan boʻlib, u asta sekinlik bilan Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. Sibir XX-asrda Sovet Hukumatining mavjud energetik va togʻ-kon ressurslardan iqtisodiy manfaatlar yoʻlida foydalanish maqsadida kiritgan sarmoya va harakatlari natijasida juda ham tez rivojlandi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil