Arman tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Arman tili
Milliy nomi հայերեն
Mamlakatlar Armaniston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Gruziya, Eron, Suriya, Argentina, Ozarbayjon, Turkiya, Livan, Ukraina, Iordan, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Kanada, Yunoniston, Turkmaniston, Isroil, Falastin, Iroq, Mojariston, Bolgariya, Abxaziya, Chexiya, Misr, Kipr, Estoniya, Gonduras, Ruminiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Hindiston[1]
Rasmiylik holati Flag of Armenia.svg Armaniston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6,4 mln
Turkumlanishi
Til oilasi Xinduyevropa oilasi
Alifbosi Arman yozuvi
Til kodlari
ISO 639-1 hy
ISO 639-2 arm (B); hye (T)
ISO 639-3 ye

Arman tiliarman xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasining mustaqil bir guruhi. Ayrim fonetik, morfologik, leksik xususiyatlariga ko‘ra, Kavkaz tillariga yaqin. Bu tilda jahon miqyosida 4 mln.ga yaqin arman so‘zlashadi, shundan 3,0 mln.ga yaqini Armanistonda, 1 mln.dan ortiqrog‘i xorijda. Arman tili tarixi uch davrga bo‘linadi, ya’ni: a) qadimgi Arman tili (grabar tili, 5 – 11-asrlar); b) o‘rta davr arman tili (11 – 17-asrlar); v) hozirgi arman adabiy tili (17-asrdan boshlab). U ko‘plab dialektlarga ajraluvchi g‘arbiy va sharqiy guruhga ega. Armaniston aholisi sharqiy guruh arman tilida so‘zlashadi. Arman tilida 6 unli va 30 undosh tovush bor. Grammatik jins yo‘qolgan, 7 kelishik, turlanishning 8 xili mavjud. Arman tili asosan agglyutinativ tildir.[1]

Arman tili – xinduyevropa tillari oilasi tarkibiga kiruvchi til. Armanistonda va Togʻli Qoraboxda rasmiy til maqomiga ega.

Manbalar[tahrir]

  1. "Arman tili" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil