Yerevan Davlat Universiteti - 1920-yilda tashkil etilgan. Matematika, kibernetika, fizika, kimyo, biologiya, filologiya, tarix, huquqshunoslik, geologiya, sharqshunoslik, falsafa va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Aspirantura kutubxonasi (1,5 millionga yaqin asar) bor. "Ilmiy asarlar" nashr etadi. 23 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Tashkil etilgandan beri 35 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.