Erebuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ErebuniUrartu davlatining shim.da podsho Argishti I Menua oʻgʻli tomonidan qurilgan qalʼa (miloddan avvalgi782 yil). Erebuni xarobalari Yerevan shahrining shim. chekkasidagi Arin Berd tepaligida aniqlangan. Muntazam qazishma ishlari 1950 yildan boshlangan. Miloddan avvalgi 8-asrda qalʼa Urartu podsholarining shim.ga yurishlari chogʻidagi yirik harbiymaʼmuriy markazi va qarorgohi boʻlgan. Qazishmalar natijasida qalin mudofaa devori, saroy, 2 ibodatxona va xoʻjalik xonalari chiqqan. Devor toshlarida va ustunlarning tagkursilarida Argishti va uning oʻgʻli Sardurining qurilishga doir 20 ga yaqin bitiklari aniqpangan. Saroy va ibodatxonalardan birida ajoyib naqshinkor friz(piramon)lar, maʼbudlar tasviri, ov manzarasi va soliq yigʻish tasvirlari topilgan. Miloddan avvalgi 7-asrda qalʼa oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, uning xazinasidagi boyliklar yangi markaz — Teyshebainiga koʻchirilgan.

Erebunidagi bunyodkorlik ishlari faqat podsho Rusa davrida (miloddan avvalgi 6-asr boshi) qayta boshlangan. Urartu davlati qulab, Teyshebaini vayron etilgach (miloddan avvalgi taxminan 585 yil), Erebunida hayot davom etgan. Axomaniylar davrida yangi inshootlar qurilgan. Miloddan avvalgi 5—4-asrlarga oid Milet tangalari, shuningdek, mahalliy hokimga tegishli ajoyib kumush ritonlar topilgan. Erebuni nomi Armaniston poytaxti — Yerevan shahri nomida saqlangan. 1968 yil Yerevanning 2750 yillik yubileyi munosabati bilan Arin-Berdda keng koʻlamda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Fatxulla Ergashev.