Vahdati mavjud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vahdati mavjud (arabcha: mavjudot birligi) – Alloh bilan birga yagona moddiy olam bor deb hisoblaydigan taʼlimot. Bu taʼlimot tarafdorlari tabiatning abadiyligini tan oladilar, Alloh olamning oʻzida, unga singib ketgan deb qaraydilar. Vahdati mavjud vakillari odam bu dunyodan voz kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olgʻa surdilar. Hindistonda Vahdati mavjud qadimdan mavjud boʻlib, olamni moddiylik asosida tushunishga usta vor darajada ahamiyat berar edi. Shuning uchun koʻpchilik musulmon ruhoniylari bu taʼlimotga shubha va hushyorlik bilan qarar edilar. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu taʼlimotning namoyandalari hisoblanadi.

Vahdati mavjud namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar oʻzaro bogʻliq, dunyo hamisha oʻzgarish, rivojlanish holatida turadi. Vahdati mavjud tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi. Muhammadjon Qodirov.

VAHDONIYAT(arabcha: yakkalik, yagonalik) – Allohning yakka-yagonaligini tanish va eʼtirof etish.

ning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik gʻoyasini ximoya qilsa ham, bu dinlarda uzil-kesil shakllanmadi. Qurʼonda aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygʻambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning oʻgʻli deb eʼtiqod qilinadi (9:30). Vahdati mavjud „Ixlos“ surasida yaqqol va ravshan bayon qilingan. „Anbiyo“ surasida esa „Agar (osmonu zaminda) Allohdan oʻzga xudolar boʻlganida har ikkisi buzilib ketar edi“, deyilgan (21:22). Bu oyat zardushtiylikning ikkixudolik aqidasiga qarshi qaratilgan edi. Koʻpxudolik eʼtiqod shaklida tugab ketganligiga qaramay kishilar ongida turli koʻrinishda paydo boʻlib turadi. Hozirgi zamonda islom olamida koʻpxudolik aqidasi eskilik sarqiti sifatida u yoki bu shaklda uchrab qoladi. Lekin yakkaxudolik xalq qalbida chuqur oʻrnashganligi uchun u endi rivoj tolmayapti. Koʻpxudolik xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi boʻlishiga olib kelgan, yakkaxudolik esa ularni birlashtirishda asosiy omil boʻlib xizmat qilgan, tor qabilachilik tuzumiga barham berib, millatlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan.

(Abdulgʻani Abdullo)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil