Ibn Rushd
Ibn Rushd Abdulvalid Muhammad (lot. Averroes) (1126, Kordova — 1198.10.12, Marokash) — arab faylasufi va tabibi, Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy haqimi boʻlgan. Aristotel asarlariga sharxlar yozgan. Gʻazoliy taʼlimotiga qarshi "Tahofut ut-tahofut" ("Raddiyatni rad etish") asari bilan falsafada muayyan oʻrin tutadi. I. R. moddiy dunyo abadiy, uning boshi ham yoʻq, oxiri ham boʻlmaydi, degan. Lekin, uningcha, moddiy dunyo fazoda cheklangan. Xudoning borligini tan olgan I. R. uning olamdan oldin boʻlganligiga ishonmagan va xudo yaratilgan olam bilan birga abadiy, deb hisoblagan. U ruh oʻlmaydi, oxirat bor degan gaplarga qarshi chiqqan. I. R. ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni eʼtiqodga, falsafani ilohiyotga qaramaqarshi qoʻydi hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. I. R. kishi oliy ka-molotga zikru sano orqali emas, balki ilmiyfalsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. Oʻz davrining ilgʻor kishisi boʻlgan I. R. adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik gʻoyalarini targʻib qildi. I. R. gʻoyalari oʻrta asr fal-safasiga katta taʼsir koʻrsatdi (qarang Averroizm). I. R. 7 jildli qomusiy tibbiy asar "Kitob al-kulliyot" ( tibbiyot boʻyicha umumiy qoʻllanma ) muallifidir.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |