Beshbuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beshbuloq
ruscha: Бешбулак
Shaharcha
38°30′49″N 66°40′7″E / 38.51361°N 66.66861°E / 38.51361; 66.66861 G OKoordinatalari: 38°30′49″N 66°40′7″E / 38.51361°N 66.66861°E / 38.51361; 66.66861 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Dehqonobod tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Beshbuloq ruscha: Бешбулак xaritada
Beshbuloq ruscha: Бешбулак
Beshbuloq
ruscha: Бешбулак

Beshbuloq (ruscha: Бешбулак) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi uning hududiga yaqin joyda yonma-yon joylashgan buloqlar (besh va undan ortiq) sababli shunday atalgan. Buloqlarning joylashuvi zich, yaʼni ular bir-biriga yaqin joylashgan va koʻp sonli hisoblanadi[2]. Shaharchadagi buloqlar ziyoratgoh vazifasini ham oʻtaydi.

Oʻxshash nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston hududida Beshbuloq nomli koʻplab aholi yashash punklari mavjud. Jumladan, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida, shuningdek Tojikiston respublikasi Vaxsh tumanida Beshbuloq nomli shaharchalar mavjud. Surxondaryo viloyatida Beshbuloq koʻli, Navoiy viloyati Tomdi tumanida Beshbuloq arxeologik obyekti mavjud.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beshbuloq shaharchasi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining Shimoli-gʻarbiy qismidagi adirliklar ustida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari: Arkamas (janubi-gʻarb), Takashoʻr, Chuchukquduq va Qiziljar (janub) shaharchalaridir.

Beshbuloq shaharchasida bitta qabriston joy olgan. Hududga eng yaqin avtomagistral bu E-60 avtomagistralidir. Shaharcha hududidan Kichik Oʻradaryo adryosi va uning irmoqlari oqib oʻtadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beshbuloq shaharchasining asosiy aholisini oʻzbeklar tashkil etsa ham u yerda qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, koreys millatiga mansub kishilar ham yashaydi. 2013-yil 1-yanvardagi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, shaharcha hududida 2898 nafar aholi borligi aniqlangan. Bu koʻrsatkich 2016-yilgi statistika natijasida 3200 nafarga yetgan[3].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beshbuloq shaharchasining iqlimi kontinental boʻlib, yanvar oyining oʻrtacha harorati — 0,6° C, iyul oyining oʻrtacha harorati esa 28,4° C ga teng.

Yogʻin miqdori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha hududiga yiliga oʻrtacha 277 mm miqdori yogʻin tushadi. Yogʻin miqdorining asosiy qismi bahor, kuz oylarida tushadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 57 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 161 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.