Bulungʻur (shahar)
Jump to navigation
Jump to search
Shahar
Bulungʻur
|
Bulungʻur — Samarqand viloyatidagi shahar (1973 yildan). Bulungʻur tumash markazi. Bulungʻurdan Samarqandgacha 31 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bulungʻur. Bulungʻurni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtadi. Dengiz sathidan 736 m balandlikda. Aholisi 23,5 ming kishi (2000). Bulungʻurda 7 sanoat korxonasi (vino, sut, gʻisht zavodlari), xalq isteʼmoli mollari, hunarmandchilik, uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqaruvchi kichik xususiy korxonalar, 6 umumiy taʼlim maktabi, mehmonxona, kutubxonalar, xalq teatri, kasalxona, tugʻruqxona va boshqa bor.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |