Radjab Adashev
Radjab Adashev | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyul 1944-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1964—hozirgacha |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston Xalq artisti |
Radjab Adashev (tugʻ. 1944-yil 15-iyul, Urgut tumani, Samarqand viloyati) — oʻzbek teatr va kino aktyori, 1997-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va 2010-yil Oʻzbekiston Xalq artisti unvonlariga ega boʻlgan.
Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]
1944-yil 15-iyul Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan. Maktabni bitirgach, Rajab Adashev qurilish tashkilotlarida ishlaydi va boʻsh vaqtlarida Urgut xalq teatrida rollar ijro etadi. 1964-yili u „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi aktyoriga aylanadi, 1970-yili esa Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va sanʼat institutining aktyorlik fakultetini tamomlaydi. Oʻzining aktyorlik faoliyati davomida 60 dan ziyod filmlarda suratga tushgan.
Yutuq va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Abdullajon“ filmidagi „Eng yaxshi erkak roli uchun“ mukofot (1993)
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni(1997)[1]
- Oʻzbekiston Republikasi Xalq artisti unvoni (2010)[2]
- „Doʻstlik“ ordeni (2021)[3]
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1965-yil — Natashaxonim — aktyorlar truppasi
- 1966-yil — Gʻorlar siri — Konyut
- 1969-yil — Quyoshga qaytish — Qudrat
- 1969-yil — Inqilob chavandozlari— qizil armiya
- 1968-yil — Qizil qumlar — kursant
- 1969-yil — Keksa ustaning vasiyati — Saidmurod
- 1971-yil — Yorqin quyosh ostida — Quvondiq
- 1971-yil — Bu yerda chegara oʻtgan — yarador
- 1971-yil — Jasur — Yusuf
- 1972-yil — Yettinchi oʻq
- 1972-yil — Semurgʻ — kuyov
- 1973-yil — Zulmatdan qochish — Rahim
- 1973-yil — Anor — Turobjon
- 1973-yil — Buzilgan bayram (kinoalmanax „Muxlislari“)
- 1974-yil — Asosiy kun — Sotti
- 1975-yil — Olovli sohil — Faxri
- 1975-yil — Yettinchi jin — oʻgʻri
- 1975-yil — Eski traktor— Oʻroz
- 1976-yil — Hoshim qanday katta boʻldi— Bilmasvoy
- 1976-yil — Minoralar ostidagi sirk — Adash
- 1977-yil — Uzoq umr koʻrish siri — omborchi
- 1978-yil — Xorazm afsonasi — Masxaraboz
- 1978-yil — Muhabbat va nafrat
- 1979-yil — Sayyohatga munosiblar — oʻqituvchi
- 1979-yil — Tansoqchi — Utash Ahmad-dodho
- 1979-yil — Alibobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari— qaroqchi
- 1979-yil — Olovli yoʻllar
- 1981-yil — Buyruq: oʻt ochilmasin — Kukenboyev
- 1981-yil — Mana bu yigit qaytdi — haydovchi
- 1981-yil — Oltin teri
- 1982-yil — Akmal, ajdarho va malika — militsiya xodimi Nuriyev
- 1983-yil — Ertangi saboqlar — oʻqituvchi
- 1983-yil — Nabiramiz militsiya xodimi
- 1983-yil — Akmalning yangi sarguzashtlari — militsiya xodimi Nuriyev
- 1984-yil — Vodiylik kelin
- 1985-yil — Soʻnggi inspeksiya
- 1986-yil — Orzular ogʻushida — mulla
- 1986-yil — Oqsoq darvesh — yoʻlovchi
- 1987-yil — Hayot mazmuni — Mirob
- 1988-yil — Qoʻriqxona tepaligi — Nortoy, Saidjonning otasi
- 1989-yil — Kutilmagan vaziyat — avtobus haydovchisi
- 1989-yil — Bir muddatli daho
- 1990-yil — Beixtiyoriy qotillik
- 1991-yil — Abdullajon yoki Stiven Spilbergga bagʻishlanadi
- 1991-yil — Jungli qonuni boʻyicha
- 1998-yil — Kichkina tabib
- 2000-yil — Alpomish
- 2000-yil — Desantchi
- 2000-yil — Besh qismat — Norim
- 2002-yil — Osmondagi bolalar
- 2003-yil — Devqomat
- 2004-yil — Xoʻja Nasriddin va Azroil — Xoʻja Nasriddin
- 2004-yil — Osmondagi bolalar-2
- 2007-yil — Poʻsht, arava — Asror
- 2007-yil — Boyvuchcha — ota
- 2008-yil — Yangi boy — Xolmat aka
- 2008-yil — Dil payvandi — Mahmud rais
- 2008-yil — Amakivachchalar — ota
- 2008-yil — Shatranj mamalakatidagi sarguzashtlar — Ertakchi
- 2009-yil — Sayohatlar
- 2009-yil — Qaldirgʻochlar yana qaytadi — Fisher shifokori
- 2009-yil — Uylanish— Javlon ota
- 2009-yil — Shaharlik oliftalar — Rais
- 2009-yil — Chempionlik orzusi — Oʻqituvchi
- 2014-yil — Zarba — Ergash aka[4]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.08.1997-yildagi PF-1832-son Lex.uz
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2010-yildagi PF-4235-son Lex.uz
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24-avgusta 2021 goda „O nagrajdenii v svyazi s tridsatiletiem gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, sporta, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“
- ↑ RADJAB ADAShYeV Kino-teatr.ru