Kamongaron suv ombori
Qiyofa
| Kamongaron suv ombori | |
|---|---|
| Morfometriya | |
| Uzunligi | 700 m |
| Maydoni | 16 gektar |
| Sigʻimi | 1,5 million m³ |
| Sohil chizigʻining uzunligi | 2 km |
| Xarakteristikasi | |
| Toʻldirilgan yili | 2015-yil |
| Havzasi | |
| Quyiladigan irmoqlar | Kamongaronsoy |
| Joylashuvi | |
| Hudud | Samarqand viloyati |
| Mamlakat |
|
| Koordinatalar | 39°23′28″N 67°10′34″E / 39.39103°N 67.17602°E |
Kamongaron suv ombori — Oʻzbekistonning Samarqand viloyatida qurilgan suv ombori. 2015-yil Kamongaron soyi to‘silib qurilgan. Suv sigʻimi 1,5 million m³, maydoni 16 gektar[1].
Suv ombori Urgut tumanidagi 100 gektarga yaqin yerni suv bilan ta’minlaydi, meliorativ holatini yaxshilaydi. Kamongaron va Vag‘ashti qishloqlari aholisi va fermer xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondiradi[2].
Suv ombori qurilishi uchun 17 milliard 884 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Samarqand viloyatida 16 gektarli Kamongaron suv ombori ishga tushdi“. Daryo.uz (2015-yil 6-yanvar).
- ↑ „Urgutda 1.5 million tonna kub metr suvni sig`dira oladigan ombor qurildi“. Darakchi.uz (2015-yil 7-yanvar).
- ↑ „Камонгарон сув омбори ишга туширилди“. UzA (2015-yil 6-yanvar).
