Kontent qismiga oʻtish

Urgut markaziy jome masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Urgut markaziy jome masjidi
Mamlakat Oʻzbekiston
HududUrgut tumani
ManzilUrgut-Qoratepa avtomobil yo'li
Masjid turiJomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslubIslom, sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik20112021
Soʻngi imomShodi Haqberdiyev
Umumiy maydoni1,06 gektar
Oʻlchami55x45
Gumbazlar soni1
Gumbazlar soni1
Gumbaz balandligi36 metr
Minoralar soni4
Minoralar soni4
Minoralar balandligi2x40 metr, 2x43 metr
Qurilish materialiMarmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Urgut markaziy jome masjidi — Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha mahallasida 2011-2020-yillar davomida qurib bitkazilgan jome masjidi. Masjid Urgut-Qoratepa avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. 2021-yil 13-mart kunidan boshlab foydalanishga topshirilidi.[1]

Masjid umumiy 1.06 gektar maydonda bunyod etilgan. U ikki qavatdan iborat boʻlib, qariyb 10 mingga yaqin namozxonni sigʻdira oladi. Masjid xonaqohi 55x45 metr oʻlchamda qurilgan boʻlib, xonaqohning ikki chetida 18x45 metr oʻlchamda ayvon tushirilgan. Masjid xonaqohi oʻrtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid chetida joylashgan toʻrtta minoraning old tarafdagi ikkitasi 43 metrdan, orqa tarafdagi ikkitasi 40 metrdan qilib qurilgan. Masjid binosining ichi anʼanaviy naqshlar bilan bezatilgan.

Urgut markaziy jome masjidi

Masjidda zamonaviy tahoratxona va masjid xodimlari uchun ikki qavatli maʼmuriy bino qurilgan. Bugungi kunda Urgut markaziy jome masjidi Samarqand viloyatidagi eng yirik masjid hisoblanadi.[2][3][4][5]