Gulobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulobod
shahar
39°34′42″N 66°55′13″E / 39.57833°N 66.92028°E / 39.57833; 66.92028 G OKoordinatalari: 39°34′42″N 66°55′13″E / 39.57833°N 66.92028°E / 39.57833; 66.92028 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Samarqand tumani
Asos solingan 1926 yil 29-sentyabr
Aholisi
11 910
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99866612
Gulobod xaritada
Gulobod
Gulobod
Gulobod xaritada
Gulobod
Gulobod

Gulobod — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qishloq (1985-yildan). Samarqand tumani markazi. Gulobod Samarqand shahridan 12 km, Katta Oʻzbekiston traktining oʻng yoqasida. Aholisi 10 mingdan ziyod (1998). Gulobodda Oʻzbekistan—Eron, Oʻzbekiston—Amerika va Oʻzbekistan—Germaniya qoʻshma korxonalari tashkil etilgan. Korxonalarda chinni, mebel, kiyim-kechak, sut mahsulotlari va b. isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Gulobodda tuman hokimiyati binosi, bank, moliya, davlat arxivi, agrokombinat, litsey, kollej, 38-oʻrta maktab, aloqa boʻlimi, savdo shaxobchalari, stadion bor. Ikkinchi jahon urushi hamda Afgʻonistondagi urushda qurbon boʻlgan shu tumanlik fuqarolar xotirasiga yodgorlik, Jomiy va Navoiylarga haykal oʻrnatilgan. Qishloq markazida xiyobonlar, atrofida 1,5 ming ga maydonda bogʻ barpo qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Gulobod" OʻzME. G-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil