Loyish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Loyish
shahar
39°53′2″N 66°44′53″E / 39.88389°N 66.74806°E / 39.88389; 66.74806Koordinatalari: 39°53′2″N 66°44′53″E / 39.88389°N 66.74806°E / 39.88389; 66.74806
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Samarqand viloyati
Tuman Oqdaryo tumani
Aholisi
11 510
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Loyish на карте
Loyish
Loyish

Loyish — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi shaharcha (1984 yildan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyat markazi hamda yaqin temir yoʻl stansiyasi Samarqanddan 36 km. Aholisi 11,5 ming kishi (2002). Oqdaryodan suv oladi. Shaharchaning nomi uning joylashgan oʻrni bilan bogʻliq. Loyish qadimda Zarafshon daryosining tarmoqlari — Oqdaryo bilan Qoradaryo oraligʻidagi qamishzor va botqoqlik yerda vujudga kelgan, nomi shundan boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, gʻisht, konserva zavodlari, qurilish tashkilotlari, aloqa boʻlimi, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 1ta ixtisoslashtirilgan 2ta umumiy taʼlim, musiqa, maxsus internat maktablari, pedagogika kolleji, madaniyat uyi, markaziy kutubxona, stadion, madaniyat va istirohat bogʻi (bogʻda urushda shahid boʻlganlarga yodgorlik oʻrnatilgan), kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Loyish hududidan Katta Zarafshon avtomagistrali oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil