The Music of Central Asia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
The Music of Central Asia
200px
Janr musiqa
antropologiya
Til ingliz
Nashriyot Indiana University Press
Nashr etilgan 2015
2016
Sahifalar soni 676
ISBN 978-0-253-01751-2
ISBN 978-0-253-01764-2 (e-kitob)
Bosh muharrirlar Theodore Levin
Saida Daukeyeva
Elmira Kochumkulova

„The Music of Central Asia“ („Markaziy Osiyo musiqasi“) — Markaziy Osiyo xalqlari musiqasi boʻyicha oʻquv qoʻllanma. Asar 14 mamlakatda yashovchi 27 nafar muallif tomonidan yozilgan. Unga amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin, qozogʻistonlik musiqashunos va tarixchi Saida Daukeyeva hamda qirgʻizistonlik antropolog Elmira Kochumkulova muharrirlik qilgan. Asar unda tilga olingan musiqiy asarlarni va qoʻshimcha materiallarni oʻzida jamlagan www.musicofcentralasia.org sayti bilan hamkorlikda eʼlon qilindi.

Kitobda Markaziy Osiyo, xususan, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston musiqiy merosi, bu xalqlar musiqasida Sovet Ittifoqi davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar va musiqashunoslar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Kitobdan, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari hamda musiqiy atamalari glossariylari, koʻplab surat va xaritalar, hamda mualliflar va muharrirlari biografiyalari oʻrin olgan.

Qoʻllanma ilk bor 2015-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida Ogʻa Xon madaniyat trasti (inglizcha: Aga Khan Trust for Culture) qoʻllovi bilan chop etildi. 2016-yil qayta nashr qilindi.

Boʻlimlari[tahrir]

Boʻlim Bob Bob nomi Tavsif Muallif
Part I. Music and Culture in Central Asia
I boʻlim. Markaziy Osiyoda musiqa va madaniyat
1 Music in Central Asia: An Overview
Markaziy Osiyoda musiqa: Obzor
Birinchi bobda Markaziy Osiyoning geografik va madaniy chegaralari, mintaqada yashovchi koʻchmanchi va oʻtroq xalqlar oʻrtasidagi farqlar va oʻxshashliklar, Islom dini va musiqa, ijro va ijtimoiy kontekst, Islom dini va tasviriy sanʼat, Markaziy Osiyo musiqasining Sovet Ittifoqi davridagi hamda 21-asr boshidagi qismati haqida soʻz yuritiladi. Theodore Levin
2 Musical Instruments in Central Asia
Markaziy Osiyo cholgʻu asboblari
Ikkinchi bobda Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari, cholgʻularni klassifikatsiyalash, xususan, Hornbostel–Sachs tizimi hamda ularning tuzilishi, va, nihoyat, koʻchmanchi va oʻtmishda koʻchmanchi boʻlgan xalqlar bilan oʻtroq xalqlar cholgʻu asboblari oʻrtasidagi farqlar haqida soʻz yuritiladi.
Part II. The Nomadic World
II boʻlim. Koʻchmanchilar dunyosi
Prologue
Prolog
Who Are the Nomads of Central Asia?
Markaziy Osiyo koʻchmanchilari kim?
Prologda Markaziy Osiyoning oʻtmishda koʻchmanchi boʻlgan xalqlari, sovet davrida ularning majburan oʻtroqlashtirilgani hamda ushbu xalqlarning hozirgi turmush tarzi haqida qisqa maʼlumot berilgan.
3 Introduction to Central Asian Epic Traditions
Markaziy Osiyo dostonlariga kirish
Uchinchi bobda Markaziy Osiyo xalqlari dostonlari, xususan, „Manas“, „Alpomish“, „Goʻroʻgʻli“ dostonlari, Markaziy Osiyo xalqlari dostonlarining qahramonlari, dostonlarda keng uchraydigan mavzular, doston ijrosi hamda dostonchilar/baxshilar/qissaxonlar haqida hikoya qilinadi. Elmira Kochumkulova
4 The Kyrgyz Epic Manas
„Manas“ qirgʻiz eposi
Toʻrtinchi bobda qirgʻizlarning „Manas“ trilogiyasi, xususan, uning ahamiyati, eposning jugʻrofiy qamrovi, 19-asrdan boshlab yozib olinishi, eposni ijro etish uslublari, taniqli manaschilar hamda eposning zamonaviy Qirgʻizistonda tutgan oʻrni haqida hikoya qilinadi.
5 Oral Epic in Kazakhstan: Körughly and a Dynasty of Great Jyraus
Qozogʻistonda ogʻzaki poetik ijod: Goʻroʻgʻli va buyuk jirovlar sulolasi
Beshinchi bobda „Goʻroʻgʻli“ dostonining qozoqlar orasida tarqalgan versiyasi hamda jirovlar va jirovlar sulolalari haqida hikoya qilinadi. Uljan Baybosinova
6 Music of the Karakalpaks. The Epic World of the Karakalpaks: Jyrau and Baqsy
Qoraqalpoqlar musiqasi. Qoraqalpoqlar doston dunyosi: Jirovlar va baxshilar
Oltinchi bobning birinchi qismida Qoraqalpogʻistonda bir-biriga yaqin, lekin farq qiladigan jirovlik va baxshilik sanʼati hamda qoraqalpoqlar kundalik hayotida kuylaydigan boshqa kuylar, jumladan, ona allasi haqida soʻz yuritiladi. Frédéric Léotar
Music of the Karakalpaks. Qyssakhan: Performer of Written and Oral Literature
Qoraqalpoqlar musiqasi. Qissaxon: Yozma va ogʻzagi adabiyot ijrochisi
Oltinchi bobning ikkinchi qismida qissaxonlik anʼanasi, xususan, uning kelib chiqishi, qissaxonlar orasida keng tarqalgan adabiy janrlar, qissaxonlik anʼanasining avlodda-avlodga oʻtishi, ushbu sanʼatning sovet davridagi qismati, taniqli qissaxonlar hamda ushbu sanʼat turi tobora unutilib borayotgani haqida hikoya qilinadi. Qalmurza Qurbanov va Saida Daukeyeva
7 The Art of the Turkmen Bagshy
Turkman baxshisi sanʼati
Yettinchi bobda turkmanlar orasidagi baxshichilik sanʼati, xususan, baxshilar turlari, baxshichilik uslublari va maktablari (Ahal, Bolqon, Lebap, Dashoguz, Mari baxshichilik anʼanalari) yoritilgan. Jamilya Gurbanova
8 The Turkmen Dutar
Turkman dutori
Sakkizinchi bob dutorning turkmanlar orasida keng tarqalgan kalta dastali versiyasi va Turkmanistonning Mari va Ahal viloyatlarida keng tarqalgan ijro uslublariga bagʻishlangan. David Fossum
9 Kyrgyz Wisdom Songs: Terme Yrlary
Qirgʻiz donishmandlik qoʻshiqlari: Terma ashulalar
Toʻqqizinchi bobda terma janrining qirgʻizlar orasida keng tarqalgan turilari, bunday ashulalarning sheʼri va ohangi hamda zamonaviy terma qoʻshiqlar haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova
10 Aqyns and Improvised Poetry Competitions among

the Kazakhs and Kyrgyz
Oqinlar va qozoqlar va qozoqlarning badiha bellashuvlari

Oʻninchi bobda ogʻzaki ijodkorlar, xususan, jirovlar va oqinlar, oqinlik sanʻati, ustoz-shogird munosabatlari, oqinlar bellashuvlari – aytishuvlar, aytishuv turlari, aytishuv poeziyasi va musiqasi, oqinlar ijtimoiy hayot va siyosatda tutgan oʻrin hamda zamonaviy aytishuvlar haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova va Jangul Qojaxmetova
11 Singing Traditions of the Kazakhs
Qozoqlarning kuylash anʼanalari
Oʻn birinchi bobda qozoqlar orasidagi kuylash anʼanalari, xususan, marosim qoʻshiqlari, professional ijodkorlar sollar va serilar ijodi hamda jirovchilik haqida soʻz yuritiladi. Alma Kunanbayeva
12 Kyrgyz Funeral Laments
Qirgʻiz motam qoʻshiqlari
Oʻn ikkinchi bobda qirgʻizlar orasida keng tarqalgan motam qoʻshiqlari, xususan, marosim qoʻshiqlarining zamonaviy qirgʻiz jamiyatida tutgan oʻrni, marosim qoʻshiqlari va marsiyalarning tuzilishi, vafot etgan ota-ona va yosh shaxsga bagʻishlangan motam qoʻshiqlari, qabr boshida aytiladigan qoʻshiqlar, va, nihoyat, qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga bagʻishlangan motam qoʻshigʻi haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova
13 Kyrgyz Wedding Songs
Qirgʻiz toʻy qoʻshiqlari
Oʻn uchinchi bobda qirgʻiz orasida yoʻq boʻlib borayotgan toʻy qoʻshiqlari, xususan, kelinga aytiladigan qoʻshiqlar, haqida soʻz yuritiladi. Bobda bunday qoʻshiqlar aytiladigan ijtimoiy kontekst, toʻq qoʻshiqlarining sheʼriy tuzilishi, mavzulari yoritilgan. Boʻlimda faqat muallifning oʻz toʻyidan va qarindosh-urugʻi toʻylaridan misollar keltirilgan.
14 Kazakh Küi
Qozoq kuylari
Oʻn toʻrtinchi bobning birinchi qismida qozoqlar orasida keng tarqalgan instrumental asarlar, jumladan, instrumental kuylarining kelib chiqish tarixi, ularni doʻmbirada ijro etish uslublari (xususan, „toʻkma“ va „chertma“ chalish uslublari) hamda taniqli ijrochilar haqida hikoya qilinadi. Saida Daukeyeva
Kyrgyz Küü
Qirgʻiz kuylari
Oʻn toʻrtinchi bobning ikkinchi qismida qirgʻizlar orasida keng tarqalgan instrumental asarlar, jumladan, kuy turlari hamda zamonaviy qoʻmuz kuylari haqida soʻz yuritiladi. Nurlanbek Nishanov
15 Kyrgyz Jaw Harps
Qirgʻiz changqoʻbizlari
Oʻn beshinchi bobda qirgʻizlar orasida keng tarqalgan changqoʻbiz, turlari, xususan, yogʻochdan va metalldan yasalgan changqoʻbizlar hamda hozirgi qirgʻiz jamiyatida mazkur cholgʻuga boʻlgan qiziqish haqida soʻz yuritiladi.

Havolalar[tahrir]