Oqin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stamp of Kazakhstan 659.jpg

Oqin (qozoqcha: ақын, qirgʻizcha: акын) — qozoq va qirgʻizlarning badihagoʻy shoiri, kuychisi. Oqin anʼanaviy matnni aynan takrorlamay, ijodiy oʻzgartishlar ham kiritadi. Oqinlar ijodkor sifatida jirov va jirchilardan farq qilib, doʻmbira joʻrligida poetik folklorning barcha janrlari (doston, toʻlgʻov, terma, qoʻshiq) namunalarini ijro etadilar, oilaviy ma-rosimlarda ishtirok etadilar, ij-timoiy hayotning turli masalalariga doir asarlar yaratadilar. Jambul Jabayev, Toʻgʻaloq Moʻlda, Moylixoʻja, Toʻxtagʻul Sotilgʻanov kabi Oqinlar xalq orasida mashhur. Oʻzbeklarda ayrim joylarda (Toshkent va Sirdaryo atroflarida) Oqin atamasi dostonchi maʼnosida, baʼzan soʻzamol, chechan kishilarga nisbatan qoʻllanadi.

Yana qara[tahrir | manbasini tahrirlash]