Sevara Nazarxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sevara Nazarxon
Sevara Nazarxon (2006-yil)
Sevara Nazarxon (2006-yil)
Maʼlumot
Kasbi qoʻshiqchi, shoira
Veb-sahifasi www.sevara.uz realworldrecords.com

Sevara Nazarxon oʻzbek qoʻshiqchisi, musiqachi va qoʻshiqlar muallifi. Fargʻona vodiysining Andijon shahrida dunyoga kelgan.

Shou-biznesdagi ilk faoliyatini taniqli produser va musiqachi Mansur Toshmatov boshchiligidagi Sideris guruhida boshlagan. Toʻrt qizdan iborat guruh tezda tanilgan, ammo u yakkaxon qoʻshiqchi sifatida koʻproq muvaffaqiyat qozondi.

Pop yoʻnalishida ijod qiluvchi Sevara Nazarxon oʻz qoʻshiqlarida Markaziy Osiyo qoʻshiqchiligida keng tarqalgan milliy cholg'u asboblari dutor va tanbur dan keng foydalanadi. Soʻnggi yillarda xorijiy musiqa yozish studiyalarida yaratilgan qoʻshiqlarda xalq ogʻzaki ijodi namunalarining zamonaviy yoʻnalishda yangicha talqin etilishi Sevara Nazarxonga oʻziga xos imidj yaratdi. 2003 yilda fransiyalik prodyuser Hector Zazou hamkorligida yaratilgan Yol Boʻlsin albomi tanqidchilar tomonidan xush kutib olindi. Ushbu albomdag baʼzi qoʻshiqlar 2005 yilda Afro Celt Sound System albomiga kiritilgan (Volume 5: Anatomic).

Sevara Nazarxon 2004 yili BBC Radio 3 tomonidan taqdim etiladigan Osiyolik Eng Yaxshi Qoʻshiqchi Unvoniga sazovor boʻlgan.

Diskografiya[tahrir]

  • Bahtimdan
  • Yoʻl Boʻlsin (2003)
  • Bu Sevgi (2006)
  • Sen (2007)
  • Tak legko (2010)
  • Maria Magdalena (2012)

Qoʻshimcha manbalar[tahrir]