Lebap viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viloyat
Lebap viloyati
Lebap welaýaty
Mamlakat Turkmaniston
Koordinatalari 39°0′N 63°0′E / 39.000°N 63.000°E / 39.000; 63.000Koordinatalari: 39°0′N 63°0′E / 39.000°N 63.000°E / 39.000; 63.000
Ichki boʻlinishi 14 etrap va 5 shahar
Asos solingan 1992
Avvalgi nomlari Charjou viloyati
Maydoni 93 730 km²
Rasmiy tili Turkman tili
Aholisi 1 421 100 nafar (2011)
Zichlik 13 kishi/km²
Milliy tarkibi turkmanlar, ruslar, oʻzbeklar, tojiklar, qozoqlar, afgʻonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 422
Avtomobil kodi LB
Rasmiy sayti http://lebap.org
Lebap viloyati (Turkmaniston)
Lebap viloyati

Lebap viloyati — Turkmanistondagi viloyat (dastlab 1939 yil 20 noyab.da tashkil etilgan, 1963 yilda tugatilgan. 1970 yil 14 dekabrda qayta tiklangan). 1993 yil gacha Chorjoʻy viloyati nomi bilan yuritildi. Qoraqum choʻlining sharqida Amudaryo oʻrta oqimining har ikki sohilida joylashgan (Lebap — Labiob, yaʼni, Daryo boʻyi, nomi shundan). Maydoni 93,8 ming km². Aholisi 1034,7 ming kishi (1999). Viloyatda 13 tuman, 4 shahar, 26 shaharcha, 103 qishloq va 458 aholi punkti bor. Viloyat markazi Turkmanobod shahri.

Tabiati. Lebap viloyati hududining 75%ni Qoraqum choʻli egallagan. Viloyat hududi shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 690 km ga choʻzilgan, eni sharqdan gʻarbga 135– 225 km. Lebap viloyati shim.da Amudaryoning gʻarbida Zaunguz Qoraqumigacha yetib, Mari—Turkmanobod t.yildan jan.da Qorakumning jan.-sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Viloyatning jan.-gʻarbiy chekkasida Qorabel qirlarining bir qismi joylashgan. Shim.-sharqiy qismi (Amudaryoning oʻng sohili) Qizilqum choʻlidan iborat, undan jan.-sharqda Sandiqli qum choʻli mavjud. Viloyatning jan.-sharqiy chegarasida Mukri platosi bilan Gugurttogʻ va Koʻhitang (eng baland joyi 3139 m) togʻlari bor.

Lebap viloyati iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi moʻʼtadil sovuq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,5°, yanv.-niki shim.da —4°, jan.da 2°. Yillik yogʻin miqdori shim.da 100 mm, jan.da 150–200 mm. Vegetatsiya davri 203—235 kun. Koʻllardan Botli, Qargʻali, Qizilcha, Patdali, Sulton Sanjar va boshqa bor. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Oʻsimliklardan choʻl qismida qum bardidoshi, oq saksovul, quyonsuyak, qandim va boshqa, Amudaryo vodiysida toʻqay oʻsimliklardan turangʻil, terak, tol oʻsadi, togʻlarda archazorlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan choʻllarda jayran, dasht mushugi, tulki, boʻri, chiyaboʻri, kemiruvchilardan qumsichqon, yumronqoziq, qushlardan xoʻjasavdogar, choʻl qizilishtoni, sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, toshbaqa, Amudaryo vodiysida buxoro bugʻusi, qobon yashaydi. Lebap viloyati hududida Koʻhitang va Repetek qoʻriqxonalari joylashgan.

Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, tatar, ukrain, ozarbayjon, arman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 445 ming kishi, qishloq aholisi 589,7 ming kishi. Aholisi zichligi 1 km² ga 11 kishi (1999).

Xoʻjaligi. Viloyatda yengil va oziqovqat, gaz, kimyo, paxta tozalash, ipakchilik, qorakoʻl terisiga dastlabki ishlov berish, yogʻ-moy kabi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Asosiy korxonalar Turkmanobodda. Tuman markazlarida paxta tozalash z-dlari, Otamurodda sut, goʻsht, non k-tlari, gilam f-kasi, qishloq xoʻjaligi mashinalarini tuzatish z-di, Gugurttogʻda oltingugurt k-ti, Seydi shahrida neftni qayta ishlash z-di bor. Turkmanoboddan shim.da neft-kimyo majmuasi barpo etilgan. Lebap viloyatida sugʻorib dehqonchilik qilinadigan yerlarining asosiy ekini—paxta (jumladan, ingichka tolali navlar ham ekiladi). Gʻalla, poliz ("gulobi" qovun navi mashhur), sabzavot ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan shugʻullaniladi. Choʻl yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari, Amudaryoga yaqin yerlarda qoramol boqiladi. Lebap viloyati Turkmanistonning asosiy ipakchilik r-ni. Lebap viloyati, avtomobil yoʻllari bor. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema qatnaydi. Asosiy pristanlari Otamurod, Nichkapir, Turkmanobod. Viloyat markazi havo yoʻllari orqali Ashxobod va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Ped. in-ti, 3 oʻrta bilim yurti, 8 litsey, jamoat kutubxonalari, 4 muzey, teatr, 26 kasalxo-na bor. "Turkman gundogari" ("Turkman sharqi") gaz. chiqadi.[1]

Lebap viloyati - Turkmanistondagi viloyat. 1992-yilda asos solingan.

Tarixi[tahrir]

Geografiyasi[tahrir]

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Eslatma[tahrir]

Manbalar[tahrir]


TurkmenistanNumbered.png Turkmaniston viloyatlari Turkmaniston  Davlat Bayrog`i

Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Dashoguz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati |

Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil