Qissaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qissaxon — afsona, rivoyat va dostonlarni ifodali qilib aytish yoki badiiy oʻqish mahoratiga ega boʻlgan professional ijrochi. Q.lar turli yiginlarda yoki maxsus uyushtirilgan qissaxonlik kechalarida xalq dostonlarini, qiziqarli tarjima hikoyalarni, mumtoz adabiyot namunalarining "folklorlashtirilgan" variantlari va har xil jangnomalarni yoddan yoki matn asosida oʻziga xos ohangda oʻqiganlar. Q. repertuari janr va gʻoyaviy-tematik jihatdan rang-barang boʻlgan.