Ismoiliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

IsmoiliyaMisrning shim.shar-qidagi shahar, Ismoiliya kanali Timsoh koʻliga quyilgan joyda (bu kul orqali Suvaysh kanali oʻtgan). Ismoiliya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 254, 5 ming kishi (1996). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar aholisining koʻpchiligi kanal ishlarida band. Oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik sanoati, elektrotexnika, radiotexnika korxonalari bor. I. yaqinidan qurilish materiallari qazib olinadi. Shahar Suvaysh kanali qazilishi (1859—69) davrida barpo etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil