Jirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jirov — qozoq, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarida doston, terma ijod etib kuylovchi xalq shoiri. Qadimda katta jamoat yigʻinlarida, toʻy-maʼrakalarda J.lar qoʻbiz joʻrligida termalar ijro etishgan. Xalq orasida katta obroʻ orttirgan ayrim (maye, 15—17-asrlarda Qiztuvgʻan, Doʻstpambet, Jiyenbatar kabi qozoq) J.lar oʻz urugʻi, ulusiga boshchilik ham qilgan, xalq botiri boʻlgan. Ular urush va b. notinch vaqtlarda oʻtkir soʻzi, taʼsirchan termalari bilan ommani birlashtirib oʻziga ergashtirgan. Qozoqlarda J. jirchi (tayyor folklor namunalarini ijro etuvchi)dan ijodkorligi bilan farq qiladi. J.lar oʻzbek baxshilari kabi ustoz-shogird munosabatlari asosida yetishib chiqqan. Qoraqalpoqlarda Yesemurat jirov, Jiyen jirov, Nurabulla jirov, Shanxay jirov (1814—84), qozoklarda Buhar jirov (18-asr), Musaboy jirov (18-asr)lar xalq orasida keng tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil