Sverdlovsk viloyati
Sverdlovsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934-yil17yanvardatashkil qilingan. Maydoni 194,8 ming km². Aholisi 4489,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (88,7% ), shuningdek, tatar, ukrain, boshqird, mari, nemis va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 87,5%. Markazi – Yekaterinburg shahri Boshqa yirik shaharlari: Nijniy Tagil, KamenskUralskiy, Pervouralsk, Asbest, Serov. 30 maʼmuriy tuman, 47 shahar va 100 shaharcha bor.
Sv. Oʻrta Uralda, Shimoliy Uralning sharqiy yon bagʻirlarida va yondosh tekisliklarda, asosan, Uraldan sharqda joylashgan. Viloyat hududining 1/4 kismi Ural togʻlari bilan band. Eng baland joyi (1569 m) Shimoliy Uralda. Sharqda Gʻarbiy Sibir tekisliklari boshlanadi va viloyat hududining 2/3 qismini tashkil etadi.
Foydali qazilmalardan temir rudasi (Kachkanar, Visokoye, Blagodat togʻlari), mis rudalari, boksit (Shimoliy Ural boksit Havzasi), oltin, platina, asbest, oʻtga chidamli materiallar, sulfat kolchedani, asl tosh konlari bor. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning katta zaxiralari mavjud. Iklimi kontinental, tekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi –20°, iyulniki 16–19°. Vegetatsiya davri 130 kun. Yiliga 500– 350 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Tobol havzasiga mansub. Gidroenergiyaning umumiy resurelari 0,7 mln. kVt. Togʻlarda, asosan, igna bargli tayga (asosan, qoraqaragʻay), qayin oʻrmonlari ham bor. Ural sharqining shimolida podzol tuproklarda qaragʻay oʻrmonlari oʻsadi, pastqam joylarda qoraqaragʻay aralash kedr taygasi mavjud. Hududining 61% oʻrmon. Yovvoyi hayvonlar (tiyin, tulki, suvsar, quyon, sobol va boshqalar) ovlanadi. Viloyat hududida Pishmaboʻyi borzor milliy bogʻi, Visim, Denejkin Kamen qoʻriqxonalari bor. Botqoklik koʻp.
Sanoatining asosiy tarmoklari: qora metallurgiya (Sverdlovsk viloyatida Rossiyadagi qora metallar prokatining 12% va poʻlatning 13% ishlab chi qariladi), rangli metallurgiya (asosan, mis, alyuminiy, nikel ishlab chiqarish), mashinasozlik (konshaxta va metallurgiya jihozlari, turbinalar, Rossiya yemozuqa yigʻish kombaynlarining 72%, katta yuk tashuvchi Rossiya vagonlarining 43%, generatorlar, yuqori voltli apparatura, kompressorlar, minorali kranlar, metall kesuvchi stanoklar, kimyo, oʻrmon va yogʻochsozlik sanoatlari uchun asbobuskunalar; harbiy yoʻnalishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning ancha qismi, aviatsiya optikasi, raketa majmualari, tanklar va boshqa; xalq isteʼmoli mollari – kir yuvish mashinalari, radioapparatura, changsoʻrgichlar, oshxona kombaynlari va boshqalar), kimyo (plastmassalar, mineral oʻgʻitlar, texnik rezina buyumlari, shu jumladan, avtomobil shinalari; oltingugurt kislotasi, kimyo reaktivlari va boshqalar), oʻrmon va yogʻochsozlik (fanera, sellyuloza, qogʻoz), qurilish materiallari, yengil (toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal, moʻyna), oziq-ovqat sanoatlari korxonalaridir.
Korxonalardan eng yiriklari: "Uralvagonzavod", "Uralmash" "Uralelektrotyajmash", "Uralximmash" ishlab chiqarish birlashmalari, mashinasozlik, turbomotor, elektrotexnika, "Sverdlesmash", Alapayev mexanika, Kushva yogʻochsozlik stanoklari, "Lesxozmash", Ural optikamexanika zavodlari, "Avtomatika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa Yengil sanoat korxonalari Yekaterinburgda joylashgan. Beloyarsk AES, Refta, Oʻrta Ural, Yuqori Tagil, Quyi Tura, Serov issiklik elektr stansiyalari ishlab turibdi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – chorvachilik. Asosan, qoramolning sut va gushtsut zotlari boqiladi, parrandachilik, choʻchqachilik, koʻychilik va echkichilik rivojlangan. Ozuqa, don ekinlari, sabzavot (yirik shaharlar atrofida), kartoshka ekiladi. Daryolarida kema qatnaydi. "Kolvo" xalqaro aeroporti va mahalliy ahamiyatdagi "Uktus" aeroporti (Yekaterinburg) bor. 1991-yildan Yekaterinburgda metropoliten ishlab turibdi. Transport yoʻlilar uzunligi –3570 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 10317 km. Urengoy – Pomari – UjYekaterinburg gorod tranzit gaz quvuri va Surgut – Perm – Nijniy Novgorod neft quvuri oʻtadi. Kuri, Nijniye Sergi, Samotsvet, Moltayevo Ozero va boshqa kurortlar mavjud. 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Ural universiteti), 10 teatr, 22 muzey bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |