Kontent qismiga oʻtish

Choʻngʻara

(Chong-Karadan yoʻnaltirildi)
Choʻngʻara
Skyline of Choʻngʻara
40°14′38.00″N 71°2′7.01″E / 40.2438889°N 71.0352806°E / 40.2438889; 71.0352806
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona viloyati
Tuman Soʻx tumani
Choʻngʻara xaritada
Choʻngʻara
Choʻngʻara

40°14′38″N 71°02′07″E / 40.24389°N 71.03528°E / 40.24389; 71.03528 Choʻngʻara (shuningdek Shimoliy Soʻx yoki Kalacha) — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatining Soʻx tumanidagi qishloq. Soʻx daryosining oʻng irmogʻidagi Shimoliy Soʻx eksklavi hududlarini egallaydi. Aholi asosan chorvachilik bilan shugʻullanadi. Eksklav asosan 1999-yildagi islom jangarilari tajovuzidan keyin qirgʻiz-oʻzbek munosabatlarini qiynaydigan masala hisoblanadi. Eksklav chegaralari oʻzbeklar tomonidan minalashtirilgan. Buning natijasida hozirgacha tinch aholi, asosan choʻponlar vafot etmoqda[1].

Chegiralarning demarkatsiya qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2026-yil 24-iyunda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaralarni demarkatsiya qilish kelishuviga koʻra, Choʻngʻara va unga tutash Toshtepa qishlogʻi u yerda yashovchi taxminan 2,5 ming nafar aholisi (etnik qirgʻizlar) bilan birga Qirgʻiziston tarkibiga oʻtkazildi. Buning evaziga Qirgʻiziston Oʻzbekistonga chegara hududidan maydoni jihatidan teng boʻlgan yer uchastkalarini topshirdi. Shuningdek, mintaqadagi transport qatnovini yaxshilaydigan Say–Tayan avtomobil yoʻli qurilishi uchun tomonlar oʻzaro 236 gektar teng qiymatli yer maydonlarini almashishgan[2].

  1. Чьи мины и на чьей земле? Кыргызстан и Узбекистан разбираются с минными полями|, 2014-05-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-01-06
  2. „Fargʻona viloyatiga qarashli Choʻngʻara va Toshtepa qishloqlari Qirgʻiz respublikasi tarkibiga oʻtdi“. Oyina.uz (2026-yil 24-iyun). Qaraldi: 2026-yil 24-iyun.