Jomboy shahri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jomboy tumani
Джамбайский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Jomboy
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Jomboy tumani - Samarqand viloyatidagi tuman. 1935 y. 9-fevralda tashkil etilgan (1962 y. 24 dek.da Bulungʻur tumani bilan birlashtirilgan, 1970 y. 7 dek.da qayta tuzilgan). Shim.da viloyatning Payariq tumani, Jizzax viloyati, gʻarbda Oqdaryo, Samarqand tumanlari, sharqda Bulungʻur tumani, jan.da Toyloq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Aholisi 114,3 ming kishi (2000). J.t.da 8 qishloq fuqarolari yigʻini (

  • Dehqonobod,
  • Jomboy, *

Joʻriyat,

  • Xolvoyi,

"Sherqoʻrgʻon,

  • Qangli,
  • Qoramoʻyin,
  • Qoʻngʻirot),

1 shahar (Jomboy) bor. Markazi — Jomboy shahri

Tuman hokimi - Boʻriyev Xusan Abdiqobilovich. Aholisi-141 ming

Tabiati. J.t. viloyatning jan.sharqiy qismida joylashgan, yer yuzasi past-tekislik va qirlardan iborat. Shim.da Gʻubdin togʻi va togʻ oldi tekisligi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, yanvarniki —2,6°. Yiliga 317 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 240 kun. Tipik boʻz tuproq, allyuvial oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar tarqalgan. Tuman jan.da Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Sarisuv, Polvon, Oʻrta, Bulungʻur, Mirza va b. kanallari bor. Togʻ oldi qismida choʻl oʻsimliklari, tekislikda esa beshbarmoq, qirqboʻgʻim, qoʻgʻa, qamish va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, quyon, yumronqoziq, qushlardan koʻkqargʻa, bulbul, kakku, laylak va b. uchraydi. J.t. hududida Zarafshon qoʻriqxonasi joylashgan. Oʻrta asrlarda tuman hududida Bedana qoʻrigʻi deb atalgan mavze boʻlgan.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari yashaydi.2012 yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 141 889 kishi, shundan shahar joylarda – 33 988 kishi (erkaklar – 16 680, ayollar – 17 308), qishloq joylarda 107 901 kishi (erkaklar – 54 354, ayollar – 53 547) Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 13 km. Jomboy– Samarqand viloyatidagi qishloq tumani va tuman markazi nomi. Toponimning jomyoki yom “bekat, istehkom” so‘zi bilan aloqasi yo‘q. Ye.Koychibayevning aytishicha, Jomboynomli toponim Qozog‘istonning Guryev oblastida ham bo‘lib, etnik nom asosida vujudga kelgan. Jomboy qozoqlarning bir urug‘i nomi (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 62-bet).

Xoʻjaligi. J. t.da 11 sanoat korxonasi, jumladan paxta tozalash zavodi, 3 ta qoʻshma korxona, (eng muhimi "Samjinteks" Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma toʻqimachilik f-kasi), qariyb 150 ta kichik korxona bor. Q.x.da paxtachilik, gallachilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Jami yer fondi 55,9 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 28,1 ming ga. Q.x.ga yaroqli yerlar 46,9 ming ga, oʻrmon fondi yerlari 2,4 ming ga. Paxta 6,2 ming ga, gʻalla 12,3 ming ga, sabzavot 350 ga yerga ekiladi. Tumanda 13 jamoa, 5 shirkat, 1 oʻrmon, 1 chorva xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa xoʻjaliklari va shaxsiy xoʻjaliklarda qariyb 42 ming qoramol, 20 mingga yaqin qoʻy-echki bor. Oʻrmon mayd. 277 ga. Oʻrmon xoʻjaligida asosan, terak oʻstiriladi. Tuman hududidan Toshkent—Samarqand t. y. oʻtgan (17 km). Xalqaro avtomobil yoʻli 20 km. Jami 56 umumiy taʼlim maktabida 31 mingdan ziyod oʻquvchi, hunar litseyida 600 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. Markaziy kutubxona, markaziy bolalar kutubxonasi, 43 qishloq kutubxonasi, markaziy madaniyat uyi, 18 qishloq madaniyat uyi, klub, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor. 446 oʻrinli 3 kasalxonada 198 vrach boʻlib, har 10 ming kishiga 17,3 vrach toʻgʻri keladi. 1935 y.dan "Jomboy tongi" gaz. nashr etiladi (adadi 1310).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil