Narpay kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Narpay kanali - Zarafshon vodiysidagi qad. va yirik kanallardan biri. Qoradaryo (Zarafshon tarmogʻi)dan toʻgʻonsiz suv oladi. Suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s. Sugʻorish maydoni 42,2 ming ga; Samarqand viloyatining Narpay tumanida 18,6 ming ga, Paxtachi tuma-nida 17,9 ming ga, Kattaqoʻrgʻon tumanida 4 ming ga, undan quyiroqda 1,7 ming ga yerlarni sugoradi. Kanal trassasi daryoga parallel holda Zarafshon tizmasining gʻarbiy tarmoklari etaklari boʻylab oʻtgan. 370 shoxobchasi bor. 1929 yilgacha uning uz. 30 km, suv oʻtka-zish imkoniyati 8–10 m³/s boʻlgan. 1929—32 yillardagi rekonstruksiyada uzaytirildi, suv oʻtkazish imkoniyati 48 m³/s yetkazildi. Ortiqcha suvni tashlab yuboradigan 4 shoxobcha qurildi. 1950 yilda Narpay kanali Kattaqoʻrgʻon suv omboriga ulandi. Qayta rekonstruksiya qilingandan keyin suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s ga yetdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil