Petrobras

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koordinatalari: 22°54′34″S 43°10′45″W / 22.9094°S 43.1793°W / -22.9094; -43.1793 G O

Petróleo Brasileiro S.A. — Petrobras
Turi Aksiyadorlik jamiyati: Aralash Iqtisodiyot
Tarmogʻi Energiya sanoati: Neft va gaz sanoati
Qachon asos solingan 1953-yil 30-oktyabr[1]
Joylashuvi Rio de Janeyro
Hududiy xizmati Dunyo boʻylab
Asoschi(lari) Braziliya Federal Hukumati
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i Neft
Neft mahsulotlari
Tabiiy gaz
Lubrikantlar
Neft-kimyo mahsulotlari
Oʻgitlar
Bioyoqilgʻilar
Aylanma daromadi AQSh$ 83.9 milliard (2021)[2]
Operatsion foydasi AQSh$ 37.5 milliard (2021)[2]
Boyligi Decrease AQSh$ 174.3 milliard (2021)[2]
Ishchilar soni 45,532 (2021)[3]
Shoʻba korxonalari
Vebsayti www.petrobras.com.br
Petrobrasning 2002 va 2006-yillar oraligʻidagi moliyaviy oʻsishi
UFRN, Natal, Braziliyada yogʻoch ot nomi bilan mashhur boʻlgan Petrobrasning quruqlikdagi neft nasosining standart modeli.
San-Pauluning Paulista prospektidagi Petrobras ofislari joylashgan osmonoʻpar bino.

Petróleo Brasileiro S. A. – Petrobras (Portugalcha talaffuzi: [ˌpɛtɾoˈbɾas, pet-]) nomi bilan tanilgan Braziliyaning neft sanoatidagi davlat egalik qiladigan transmilliy korporatsiyasi. Korporatsiya bosh qarorgohi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan. Kompaniya nomi ingliz tiliga Brazilian Petroleum Corporation Petrobras deb tarjima qilinadi.

Fortunening eng soʻngi Global 500 roʻyxatida kompaniya 181-oʻrinda turibdi[4]. Forbesning 2020-yilgi Global 2000 roʻyxatida esa ushbu aksiyadorlik jamiyati 65-oʻrinni egallagan[5][6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrobras 1953-yili Braziliya prezidenti Getúlio Vargas hukumati tomonidan „Neft bizniki“ (portugalcha: „O petróleo é nosso“) shiori ostida yaratiladi. Hamda unga hukumat tomonidan qonuniy monopoliya huquqi beriladi[7]. Braziliyaning 1953-yildagi kunlik neft ishlab chiqarish hajmi atigi 2700 barrelni tashkil etgan[8]. Petrobras 1961-yilda Rio-de-Janeyro shahri yaqinida REDUC nomli neftni qayta ishlash zavodini ishga tushiradi[9]. 1963-yilda esa Rio-de-Janeyroda Cenpes nomli tadqiqot markazi ochadi. Markaz haligacha energiyaga oid tadqiqotlarni olib boradigan dunyodagi eng yirik tadqiqot markazlaridan biridir[10]. 1968-yilda kompaniya neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va naftani etilenga aylantirishga ixtisoslashgan Petrobras Quimica S.A („Petroquisa“) shoʻba kompaniyasini tashkil etadi[11].

1953-yilda Petrobras neft slanetslarini qayta ishlashni boshlaydi. Yana, kompaniya neft slanetsidan neft ajratib olish uchun Petrosix texnologiyasini ham ishlab chiqadi. 1990-yillarda kompaniya slanetsni qayta ishlash uchun sanoat oʻlchamidagi retortdan foydalanishni boshlaydi[12]. 2006-yilda Petrobras sanoat retorti soatiga 260 tonnagacha slanetsni qayta ishlash quvvatiga ega ekani haqida xabar beradi[13].

Petrobras 1994-yilda Petrobras 36 nomli dunyodagi eng katta neft platformasini ishga tushiradi. Ammo platforma 2001-yildagi portlashdan soʻng butunlay suv ostiga gʻarq boʻladi[14]. Hukumat 1997-yilda Braziliya neft konlarida raqobatni ochib bergan № 9.478-sonli qonunni tasdiqlaydi va Petrobrasning qonuniy monopoliya huquqini bekor qiladi. Shuningdek, hukumat neft sanoatini tartibga solish va nazorat qilish uchun masʼul Agência Nacional do Petroleo (ANP) milliy neft agentligini tashkil etadi. Xususan, bu vaqtda davlat energetika siyosatini ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan Energetika Siyosati Milliy Kengashi davlat agentligini ham tuziladi[15]. 1999-yilda Milliy Neft Agentligi boshqa kompaniyalar bilan shartnomalar tuzib, Petrobrasning monopoliyasiga toʻliq barham beradi[16].

2000-yilda Petrobras dengiz sathidan 1877 metr (6158 fut) chuqurlikkacha yetib borib, suvda neft qidirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatadi[17]. 2002-yilda Petrobras Argentinadagi Perez Companc Family Groupning Perez Companc Energía (PECOM Energía S. A.) kompaniyasini 1,18 milliard dollarga sotib oladi. Ushbu kompaniyaning aktivlari Argentina, Braziliya, Venesuela, Boliviya, Peru va Ekvadordagi 1,1 milliard barrel xom neft zaxiralarini va kuniga 181 ming barrel neft ekvivalenti (1,110,000 GJ) ishlab chiqarish hajmini oʻz ichiga oladi[18].

2005-yilda Petrobras Nippon Alcohol Hanbai KK bilan Brazil-Japan Ethanol nomli Braziliya etanolini Yaponiyaga sotish bilan shugʻullanadigan qoʻshma korxona tuzadi[19]. 2006-yil 21-aprelda kompaniya Campos havzasidagi Albacora East konida P-50 neft platformasini ishga tushiradi. Shu tariqa Braziliya neft mustaqilligiga erishadi[20]. 2010-yillarda Ishchilar Partiyasi maʼmuriyati davrida Petrobras motor yoqilgʻisini subsidiyalash uchun taxminan 40 milliard dollar sarflaydi. Bu esa uni dunyodagi eng koʻp qarzga ega neft kompaniyasiga aylantiradi[21]. 2015-yilning noyabriga kelib kompaniyaning umumiy 128 milliard dollarlik qarzining 84% xorijiy valyutada olingan edi[22].

Logolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Operatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biznes tarmoqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya biznesning oltita tarmogʻida faoliyat yuritadi. Quyidagi roʻyxat ularning daromadi boʻyicha saralab chiqilgan[23]:

Ishlab chiqarish va zaxiralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pertobras Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoning 16 davlatida katta miqdordagi energiya va neft aktivlari ustidan nazoratga egalik qiladi[23].

Biroq, Petrobrasning 2014-yilgi jami ishlab chiqargan neftining 92 foizi Braziliya hissasiga toʻgʻri kelgan. 2014-yil 31-dekabr holatiga koʻra, Petrobras umumiy zaxiralarining 97 foizi ham ushbu davlat hududida joylashgan[23]. Ushbu vaqtga kelib kompaniya 8,112.8 million barrel neft ekvivalentidagi (4,9633×1010 GJ) aniqlangan-oʻzlashtirilgan va 4,599,7 mln. barrel neft ekvivalentidagi (2,8140×1010 GJ) aniqlangan-oʻzlashtirilmagan neft zahiralariga egalik qilar edi[23]. Zaxiralarning 62,7 foizi Kampos dengiz havzasida joylashgan[23]. Kompaniyaning eng istiqbolli koni Santos havzasidagi Tupi neft koni hisoblanadi[23].

Kompaniya 2015-yilda kuniga 2,284 million barrel neft ekvivalentini (13 970 000 GJ) ishlab chiqargan. Bundan 89 foizi neft va 11 foizi tabiiy gaz hissasiga toʻgʻri keladi[23].

Xalqaro sarmoyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrobrasning global neft qidiruv ishlari. Grafikda 2006-yil dekabr oyida Braziliyadan tashqarida kunlik ishlab chiqarilgan 243 292 barrel neft ekvivalenti davlatlar kesimida tasvirlangan
2007-yilda Boliviya hukumati tomonidan milliylashtirilgan Kochabambadagi neftni qayta ishlash zavodi

2014-yilda kompaniya ishlab chiqargan neftning 8.4 foizini Braziliyadan tashqaridagi zaxiralar hissasiga toʻgʻri kelgan[23]. Ushbu zaxiralarning asosiy qismi Janubiy Amerikaning Boliviya va Kolumbiya davlatlarida joylashgan[23].

Petrobras Texasda neftni qayta ishlash zavodlariga ega (kuniga 100 000 barrel). Kompaniya, shuningdek, Meksika qoʻltigʻidagi qidiruv bloklariga ham egalik qiladi[23].

Qayta ishlash zavodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy mintaqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • REMAN – Refinaria Isaak Sabba – Manaus (Amazonas) – kuniga 46 000 barrel

Shimoli-sharqiy mintaqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • RNEST – Abreu e Lima neftni qayta ishlash zavodi – Suape (Pernambuko) – kuniga 230 000 barrel
  • RPCC – Potiguar Clara neftni qayta ishlash zavodi – Guamaré (Rio Grande do Norte) – kuniga 37 700 barrel
  • LUBNOR – Lubrificantes va Derivados de Petroleo do Nordeste – Fortaleza (Ceará) – kuniga 8000 barrel

Janubi-sharqiy mintaqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • REGAP – Gabriel Passos neftni qayta ishlash zavodi – Betim (Minas-Jerais) – kuniga 150 000 barrel
  • REPLAN – Paulinia neftni qayta ishlash zavodi – Paulinia (San-Paulu) – kuniga 415 000 barrel
  • REVAP – Henrique Lages neftni qayta ishlash zavodi – San-Xose-dus-Kampos (San-Paulu) – kuniga 252 000 barrel
  • RPBC – Presidente Bernardes neftni qayta ishlash zavodi – Kubatão (San-Paulu) – kuniga 178 000 barrel
  • RECAP – Kapuava neftni qayta ishlash zavodi – Maua (San-Paulu) – kuniga 53 000 barrel
  • REDUC – Duque de Caxias neftni qayta ishlash zavodi – Duque de Caxias (Rio-de-Janeyro) – kuniga 239 000 barrel
  • COMPERJ (nomi GASLUB deb oʻzgartirilgan) – Itaboraí (Rio-de-Janeyro) – Qurilyapti

Janubiy mintaqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • REPAR – Prezident Getulio Vargas neftni qayta ishlash zavodi – Araukariya (Parana) – kuniga 207 563 barrel
  • REFAP – Alberto Pasqualini neftni qayta ishlash zavodi – Kanoas (Rio Grande do Sul) – kuniga 201 280 barrel

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrobras geologi Walter K. Link 1961-yilda Linkʻs memorandumini chop etadi. Unda kompaniya quruqlikdan koʻra dengizdagi qidiruv ishlarida yaxshiroq ekanligi taʼkidlanadi[24]. Petrobras 1963-yilda Recôncavo Baiano va Carmopolis neft konlarini topadi[15].

Kompaniyaning oʻsishi 1973-yilgi neft inqirozi sabab toʻxtab qoladi. Butun mamlakat bundan aziyat chekadi. Mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti 10%dan oʻsgan „Braziliya moʻjizasi“ davri ham shu tariqa yakuniga yetadi. Petrobras deyarli bankrotlikka yuz tutadi[25]. Ammo 1974-yilda Kampos havzasida neft koni topiladi va bu kashfiyot kompaniyaning moliyaviy holatini yaxshilab, kompaniyani butun mamlakat boʻylab qayta tiklashiga imkon yaratadi[26]. 1975-yilda Braziliya hukumati chet el operatorlariga vaqtincha Braziliyaga kirishga ruxsat beradi va Petrobras Braziliyadagi neft konlarida xorijiy kompaniyalar bilan qidiruv ishlari boʻyicha shartnomalar imzolaydi[27].

Kompaniya 1979-yilgi energiya inqirozidan ham qattiq aziyat chekadi. Ammo bu safar 1973-yilgidek qaqshatqich boʻlmaydi.

1997-yilda Petrobras kuniga 1 million barrel (160 000 m3) neft ishlab chiqarishga erishadi. Shuningdek, kompaniya boshqa Lotin Amerikasi hukumatlari bilan ham shartnomalar imzolaydi. Bu esa kompaniyaning Braziliyadan tashqarida ham faoliyat yuritshiga turtki boʻladi[28].

2003-yil Petrobras oʻzining 50-yillik yubileyida kuniga 2 million barrel ekvivalentini (12,000,000 GJ) ishlab chiqaradi[28]. Boliviyadagi gaz inqirozidan soʻng 2006-yil 1-mayda Boliviya prezidenti Evo Morales mamlakatdagi barcha neft va gaz konlari milliylashtirilishi haqida eʼ‎lon qiladi va Boliviya armiyasiga barcha konlarni egallashga buyruq beradi[29]. Natijada Petrobras Boliviyadagi asosiy investitsiya dasturini bekor qiladi[30]. Boliviya hukumati esa chet el neft kompaniyalaridan neftdan olinadigan foydaning 82 foizini talab qila boshlaydi. Ammo oxiri 50 foizga rozi boʻladi[31].

Petrobras 2007-yilda Petrobras 52 neft platformasini ishga tushiradi. Ushbu platforma Braziliyadagi eng katta, dunyodagi uchinchi eng yirik neft platformasiga aylanadi[32].

2007 va 2008-yillarda Petrobras bir qancha yirik neft konlarni topadi. Rio-de-Janeyrodan 300 km uzoqlikda joylashgan Santos neft havzasidagi Tupi (avval Lula neft koni deb atalgan), Jupiter va Sugar Loaf konlari shular jumlasidandir. Ushbu neft konlari Petrobras, Royal Dutch Shell va Galp Energia neft kompaniyalarining hamkorligida topilgan. Ammo, topilgan yangi konlarining neft zaxiralari boʻyicha hisob-kitoblari bir-biridan katta farq qilgan[33].

Petrobras 51 neft platformasi. Birinchi 100% Braziliya tomonidan qurilgan neft platformasi

Kuniga 180 000 barrelgacha neft ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan, toʻliq Braziliya tomonidan qurilgan birinchi yarim suv osti neft platformasi, P-51, 2009-yilning yanvar oyida Kampos havzasida ishga tushiriladi[34]. 2009-yil fevral oyida Xitoy Sinopecning shoʻba korxonasiga kuniga 60-100 000 va PetroChinaga esa 40-60 000 barrel hajmidagi neft yetkazib berish evaziga Petrobrasni kreditlashga rozi boʻladi[35]. Kreditlash hajmi 10 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. 2009-yil avgust oyida Petrobras 400 million AQSh dollari evaziga ExxonMobilning Chilidagi Esso aktivlarini sotib oladi[36].

2010-yil sentabr oyida Petrobras yangi ochilgan neft konlarini oʻzlashtirish uchun tarixdagi eng katta miqdordagi aksiyalarni fond biirjasiga joylashtiradi va kompaniya rekord darajadagi 70 milliard dollar yigʻadi[37]. Jovanni Biscardi va Machado Meyer Petrobras vakillari boʻlishadi. Biskardi oʻzining Braziliyadagi korporativ amaliyotini 2020-yil yanvar oyida Greenberg Traurig firmasiga ham olib kiradi[38].

2012-yilda Petrobras Yangi Zelandiyaga mamlakatning dengiz hududlarini oʻrganish uchun olgan ruxsatnomalarini qaytarib beradi. Petrobras buning uchun hech qanday sabab keltirmagan. Ammo Yangi Zelandiya bosh vaziri John Key bu qaror „dengizda burgʻulash ishlarini olib borish salohiyatini yoki ushbu hududdagi neft qazib olish istiqbollarini aks ettirmaydi“ deb taʼkidlagan. Uning tushuntirishicha, kompaniya bunday qarorga bir qator muvaffaqiyatsizliklardan soʻng ishlarni qayta tashkil etish zarurati sabab kelgan[39].

2013-yil iyul oyidagi ish tashlashlar kompaniyaning bir qancha neft platformalarida ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyadi[40]. 2013-yil sentyabr oyida esa Petrobras Kolumbiyadagi oʻn bitta quruqlik qidiruv va qazib olish bloklarini Perenkoga 380 million AQSh dollari evaziga sotib yuboradi[41].

2013-yil sentyabr oyida Organizações Globo milliy televideniyesi AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi (NSA) Petrobrasda josuslik oʻtkazib kelganini xabar qilgan. Bu maʼ‎lumotlar Edward Snowdenning The Guardian jurnalisti Glenn Greenwaldga global kuzatuv maʼ‎lumotlari doirasida taqdim etgan NSAning oʻta maxfiy hujjatlariga asoslangan edi. Hujjatlar Petrobras NSAning tarmoqlardan shaxsiy maʼlumotlarni koʻchirib oladigan Blackpearl dasturi nishoni boʻlganligini koʻrsatgan[42]. Keyinchalik Petrobras maʼlumotlar xavfsizligini taʼ‎minlash maqsadida besh yil ichida 21 milliard braziliya reali miqdoridagi sarmoya kiritishini eʼlon qilgan[43].

2014-yilda kompaniya Perudagi aktivlarini 2,6 milliard AQSh dollariga PetroChinaga sotib yuboradi[44]. Shuningdek, 2014-yilda Petrobras oʻrtacha kunlik 2,863 million barrel neft ekvivalenti (17,520,000 GJ) ishlab chiqarish boʻyicha yangi kompaniya rekordini oʻrnatadi[45].

2017-yilning yanvarida kompaniya Petrobras Chile Distribuición Ltda (PCD) kompaniyasining 100 foizlik ulushini Southern Cross Group kompaniyasiga sotishga qaror qiladi. Bitim Petrobras va Lubrax brendlarini 8 yil muddatga litsenziyalashni ham oʻz ichiga olgan. Southern Cross Group Chilidagi Petrobras kompaniyasidan sotib olingan aktivlarni boshqarish uchun yoqilgʻi-moylash materiallarini tarqatish segmentida Petrobras litsenziati sifatida ishlaydigan Esmax kompaniyasini yaratadi. 2019-yil mart oyida kompaniya Petrobras Paraguay Distribución Limited (PPDL UK), Petrobras Paraguay Operaciones y Logística SRL (PPOL) va Petrobras Paraguay Gas SRL (PPG) kompaniyalaridagi 100 foizlik ulushini Paraguay Energy shoʻba korxonasi orqali Grupo Copetrolga sotadi. Shartnoma Nextar (Petrobras Paraguay Operaciones y Logística SRLning vorisi) tomonidan mamlakatdagi Petrobras xizmat koʻrsatish shoxobchalarida dastlabki besh yil muddatda Petrobras brendidan eksklyuziv foydalanish huquqini nazarda tutgan. 2021-yil fevral oyida kompaniya Petrobras Uruguay Distribución S. A. (PUDSA)dagi ulushini Urugvaydagi bilvosita shoʻba korxonasi (Petrobras Uruguay Sociedad Anónima de Inversión -PUSAI) orqali Corporación Petrolífera S. A. (DISA)ning Mauruguay S. A. korxonasiga subsidiya asosida sotishni yakunlaydi[46].

2020-yil yanvar oyida Petroleo Brasileiro (Petrobras) Petrobras Oil & Gas BV kompaniyasidagi 50% ulushini sotib boʻlgandan soʻng Afrikadagi barcha biznesini tugatganini maʼ‎lum qiladi[47].

Korporativ masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Egalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya hukumati voz berish huquqi asosida kompaniya aksiyalarining 54%iga toʻgʻridan-toʻgʻri egalik qiladi. Braziliya Taraqqiyot Banki va Braziliya Suveren Jamgʻarmasi (Fundo Soberano)ning har biri 5%dan kompaniya ulushini nazorat qiladi. Davlat Petrobrasning 64% ulushiga toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita egalik qiladi[48]. Xususiy aksiyalar esa B3 fond birjasida sotiladi. Shuningdek, aksiyalar Nyu York Fond Birjasi hamda Madrid fond birjalarida ham savdoga chiqariladi.

Ijtimoiy javobgarlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrobras Braziliyada sanʼatning asosiy homiylaridan biri hisoblanadi[49].

"Car Wash" operatsiyasi va u bilan bogʻliq Braziliyadagi noroziliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Car Wash operatsiyasi (Portugalcha: Operação Lava Jato) Braziliya Federal Politsiyasining Kuritibadagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan jinoiy tergov ishi. Avvaliga pul yuvishga oid boʻlgan surishturuv, keyinchalik Petrobrasdagi korrupsiya ayblovlarini ham qamrab oladi. Ayblovga koʻra, Petrobras rahbariyatidagilar qurilish firmalariga oshirilgan narxlarda shartnoma berish evaziga pora olib kelgan[50]. Tergovning asl maqsadi pul yuvish sxemasining koʻlamini aniqlash boʻlgan. Federal Politsiyaning Paraná shtatidagi mintaqaviy boshligʻining bildirishicha sxemaning qiymati 6.4-42.8 milliard braziliya reali yoki $2-13 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Sxema asosan Petrobras mablagʻlarini oʻmarish orqali ishlagan[51][52].

Sud biznes vakillari va siyosatchilarga nisbatan mingdan ortiq order chiqargan[53]. Keyinchalik esa bu hibsga olishlar toʻlqiniga aylanib ketadi. Fernando Baiano nomi bilan tanilgan tadbirkor va lobbichi Fernando Soares Braziliyaning yirik qurilish firmalari hamda Ishchilar Partiyasi va Braziliya Demokratik Harakati tomonidan tuzilgan hukumat oʻrtasida vositachilik qilgan[54][55]. 2014-yildan 2016-yil fevralga qadar Braziliya Federal Prokuraturasi (portugalcha: Ministério Público da União) 179 kishiga nisbatan 37ta jinoyat ishini qoʻzgʻatadi[56]. Ayblanganlarning asosiy qismi siyotchi va tadbirkorlar boʻlgan. Sobiq prezident Luiz Inácio Lula da Silva[57] va keyinchalik prezident Dilma Rousseff[58] ham bu ishga aloqadorlikda ayblanadi.

2016-yilning 8-martida Odebrecht kompaniyasining bosh direktori va kompaniya asoschisining nabirasi Marselo Odebrecht Petrobras rahbarlariga 30 million dollardan ortiq pora berganlikda ayblanib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi[59]. 2015-yildan 2016-yilgacha Deputatlar Palatasining prezidenti vazifasida ishlagan Eduardo Kunha esa 40 million dollar atrofida pora olganlikda hamda mablagʻlarni maxfiy bank hisob raqamlaridagi saqlaganlikda ayblanib 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi[60][61].

Shundan keyin Braziliyada Prezident Rousseffning isteʼfosini talab qilgan noroziliklar toʻlqini boshlanib ketadi. Noroziliklarning koʻlami boʻyicha eng kattasi 2016-yilning 13-martida 300dan ortiq munitsipalitetda sodir boʻladi. Politsiya hisob-kitoblariga koʻra, butun mamlakat boʻylab 3,5 millionga yaqin odam namoyishlarda qatnashgan[62]. Namoyishlarning bir qismi Roussef rahbarlik qilgan Ishchilar Partiyasini saylovlarda eng koʻp qollab-quvvatlagan hududlarda ham sodir boʻladi[63].

Korrupsiya mojarolari tufayli Bill va Melinda Gates jamgʻarmasi Petrobras va uning auditorlari PriceWaterhouseCoopersni sudga beradi[64]. 2018-yilning yanvar oyida Petrobras AQShga korrupsiyaga oid daʼvosini qaytarib olish uchun 2,95 milliard dollar toʻlashga rozi boʻladi[65]. Keyinchalik 2018-yil sentyabrida Petrobras Braziliya va AQShga 853,2 million dollar jarimani toʻlashga rozi boʻladi[66]. Petrobras 2017-yil iyun oyida Vanguard Group aksiyadori bilan kelishuvga erishadi[67].

2023-yilning 1-fevralida kompaniya Federal Prokuratura va Rojerio Santos de Arauxo bilan hamkorlik shartnomasi doirasida Oliy Sud tomonidan 132 million braziliya reali bilan taqdirlanadi[68].

Atrof-muhitga taʼ‎siri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrobras veb-saytida atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha bir nechta tashabbuslar qayd etilgan. Bularga okean va oʻrmon ekotizimlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼ‎y-harakatlar ham kiradi[69]. Ulardan eng asosiysi, Petrobras Braziliyaning shimoli-sharqidagi kitlar populyatsiyasini oʻrganish va asrash ishlariga homiylik qilishidir. Kompaniyaning saʼ‎y-harakatlari tufayli Braziliyada kitlarning soni 90-yillarning oʻrtalaridagi 2 000dan 2008-yilda 9 000ga yetadi[70].

Petrobras inson huquqlari, mehnat sharoitlari, korrupsiya va atrof-muhitga oid Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasiga aʼ‎zo boʻlgan[71].

2008-yilda Ispaniyaning Management and Excellence konsalting firmasi Petrobrasni dunyodagi eng barqaror neft kompaniyasi deb topgan[72].

Neft toʻkilishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy neft toʻkilishlari – 1975-yildan 2001-yilgacha[73]
Sana Hajm (litrda) Joylashuv Shtat
1975-yil mart 6 million Guanabara Bay Rio-de-Janeyro
1983-yil oktyabr 1.5–3 million Bertioga San Paulu
1984-yil fevral 700,000 Cubatão San Paulu
1989-yil avgust 690,000 São Sebastião San Paulu
1994-yil yanvar 350,000–400,000 Campos Basin Rio-de-Janeyro
1994-yil may 2.7–3.1 million São Sebastião San Paulu
1997-yil mart 600,000 – 2.8 million Guanabara Bay Rio-de-Janeyro
1998-yil oktyabr 1–1.5 million São José dos Campos San Paulu
2000-yil yanvar 1.3 million Guanabara Bay Rio-de-Janeyro
2000-yil mart 18,000 Tramandaí Rio Grande do Sul
2000-yil mart 7,250 São Sebastião San Paulu
2000-yil iyul 4 million Barigui Iguaçu Rivers Parana
2000-yil avgust 1,800 Rio Grande de Norte Rio Grande do Norte
2000-yil avgust 4,000 Angra dos Reis Rio-de-Janeyro
2000-yil noyabr 86,000 São Sebastião San Paulu
2001-yil mart 1.4 million Campos Basin Rio-de-Janeyro

Homiylik va nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrobras homiylik qilgan Mitsubishi Lancer

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „pbraform20f_2014.htm - Generated by SEC Publisher for SEC Filing“. Qaraldi: 2016-yil 5-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Financial Statements 2021“. Petrobras IR 11, 12, 15 (2022-yil 23-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  3. „Demonstrações Financeiras 2021“ (pt-br). Petrobras IR 126 (2022-yil 21-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
  4. „Petrobras | 2020 Global 500“. Fortune.
  5. „Forbes Global 2000“. Forbes.
  6. „Petrobras é a maior empresa brasileira do ranking Forbes Global 2000“. 13 May 2022.
  7. „Whose oil in Brazil?“. The Economist. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  8. Muello, Peter (21 April 2006). „New Rig Brings Brazil Oil Self-Sufficiency“. Washington Post. Associated Press.
  9. „Petrobras halts some Reduc refinery ops after fire“. MarketWatch (2011-yil 26-dekabr).
  10. „Press Tour to the Petrobras Research and Development Center (Cenpes) on Monday, 30 June“. Braziliya hukumati (2014-yil 24-iyun).
  11. „Petrobras Quimica SA Petroquisa - Company Profile and News - Bloomberg Markets“. Bloomberg News.
  12. „Energy Minerals Division“. www.aapg.org.
  13. „PETROSIX INDUSTRIAL PLANT IN OPERATION“
  14. „Petrobras P-36“ (2016-yil 5-may).
  15. 15,0 15,1 Novais, Andréa (24 November 2011). „Understand Petrobras“. The Brazil Business.
  16. „Monopoly ends for Brazil's Petrobras“. Offshore Magazine. 1 November 1999.
  17. „Pumping Up Petrobras“ (en). Bloomberg.com (2000-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  18. „Petrobras to acquire control of Perez Companc“. Oil & Gas Journal. 29 July 2002.
  19. Soluções, Ative. „Japan - Petrobras“.
  20. MUELLO, PETER. „New Rig Brings Brazil Oil Self-Sufficiency“ (en-US) (2006-yil 22-aprel). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  21. „Petrobras Investors Tank Shares as Lula Makes a Populist Strategy Shift“ (en). Bloomberg.com (2023-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  22. „Petrobras's Dangerous Debt Math: $24 Billion Owed in 24 Months“ (en). Bloomberg.com (2015-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  23. 23,00 23,01 23,02 23,03 23,04 23,05 23,06 23,07 23,08 23,09 „pbraform20f_2014.htm - Generated by SEC Publisher for SEC Filing“. Qaraldi: 2016-yil 5-may.
  24. Dott, Robert (2001). „From the Archivists Corner - Linkages“ (PDF). The Outcrop. 14–17-bet.
  25. Van Riel; Cees B. M (29 March 2012). „The Alignment Factor“. Routledge. ISBN 9781136445460.
  26. „Campos Basin“. Petrobras. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-may.
  27. Brooke, James. „U.S. Oil and Gas Companies Test Waters in Brazil, Again“ (en-US). The New York Times (1994-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  28. 28,0 28,1 „Now 50, Petrobras, the Brazilian National Oil Company, Has Aged Well“. Wharton School of the University of Pennsylvania (2003-yil 8-oktyabr).
  29. Hauser, Christine. „Bolivia Nationalizes Natural Gas Industry“ (en-US). The New York Times (2006-yil 1-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  30. „Petrobras scraps Bolivia project“ (en-GB) (2006-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  31. „A hard bargain“. The Economist. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  32. „Petrobras starts production tests at P-52 platform“. Oil & Gas Journal. 26 November 2007.
  33. „The next oil giant?“. The Economist. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  34. „Petrobras' P-51 Kicks Off Production in the Campos Basin“. RigZone (2009-yil 26-yanvar).
  35. Jonathan Wheatley. „Brazil to supply oil to China for loans“. Financial Times (2009-yil 19-fevral). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  36. Fábio Palmigiani. „Petrobras to acquire Esso assets in Chile for US$400mn“. BN Americas (2008-yil 8-avgust).
  37. „Petrobras Raises $70 Billion as Investors See Growth“ (en). Bloomberg.com (2010-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  38. Jackson, Dylan. „Greenberg Traurig Bolsters Brazilian Practice With Addition of Carlton Fields Shareholde“. Law.com.
  39. „Brazilian oil giant Petrobras dumps NZ exploration permits“. New Zealand Herald (2012-yil 4-dekabr).
  40. „Petrobras Workers Strike, Shut Down Some Oil Platforms“. Forbes (2013-yil 25-iyul).
  41. „Brazilian oil giant Petrobras dumps NZ exploration permits“. New Zealand Herald (2012-yil 4-dekabr).
  42. „U.S. government spied on Brazil's Petrobras oil firm: Globo TV“ (en). Reuters (2013-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  43. Leahy, Joe. „Brazil's Petrobras to invest heavily in data security“. Financial Times (2013-yil 18-sentyabr).
  44. „Petrobras sells Peru unit to PetroChina/CNPC for $2.6 billion“ (en). Reuters (2013-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  45. „Petrobras hits 'historical' production record“. Offshore Energy Today (2015-yil 13-yanvar).
  46. „„Petrobras Worldwide““. 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  47. „Brazil's Petrobras closes 66.5 billion deal to sell stake in African joint venture“ (en). Reuters (2020-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  48. „Source: 09 – April 2011 – "Governance – Capital Ownership" at Petrobras Investor Relation Site“. 2011-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  49. „Fostering Culture: We encourage the Arts and Culture - Petrobras“. Petrobras. 2017-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  50. „Petrobras scandal | Summary, Explanation, & Operation Car Wash | Britannica“. www.britannica.com. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  51. „Lava Jato recupera um terço do rombo máximo estimado na Petrobras“ (2018-yil 30-iyul). — „Car Wash recovers one third of estimated maximum shortfall at Petrobras“. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  52. Audrey Jones de Souza; Raphael Borges Mendes; Jefferson Ribeiro Bastos Braga. „Official Car Wash Operation Financial Report Nº 2311/2015-SETEC/SR/DPF/PR“. Regional Superintendent of the Federal Police of Parana State (2015). Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
  53. „Booming Brazil“. Energea. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  54. „Executivo revela atuação de operador do PMDB na Andrade Gutierrez“. Fausto Macedo. — „Executive reveals PMDB operator performance at Andrade Gutierrez“. Qaraldi: 2018-yil 9-noyabr.
  55. Luciano Nacimento. „In Brazil, lobbyist confirms payment of bribes to lower house speaker“. EBC. Agência Brasil (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
  56. Fausto, S „Issue Brief, 2“,. The Lengthy Brazilian Crisis Is Not Yet Over, 2017. 
  57. Phillips, Dom. „Brazil's former president Lula walks free from prison after supreme court ruling“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  58. Watts, Jonathan. „Operation Car Wash: Is this the biggest corruption scandal in history?“ (en-GB). The Guardian (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  59. „Brazil Petrobras scandal: Tycoon Marcelo Odebrecht jailed“ (en-GB). BBC News (2016-yil 8-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  60. „Brazil arrests top lawmaker behind impeachment of former president Rousseff: Police“ (en). The Straits Times (2016-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  61. „Former Brazil house speaker Cunha sentenced to 15 years for graft“ (en). Reuters (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  62. „Manifestantes fazem maior protesto nacional contra o governo Dilma“. O Globo (2016-yil 13-mart).
  63. Watts, Jonathan. „More than a million Brazilians protest against 'horror' government“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  64. „Bill Gates sues oil giant Petrobras and PwC over corruption scandal“. The Telegraph (2015-yil 25-sentyabr). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  65. „Petrobras to pay $2.95 billion to settle U.S. corruption lawsuit“ (en). Reuters (2018-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  66. Viswanatha, Aruna; Lewis, Jeffrey T.; Rubenfeld, Samuel. „Petrobras to Pay $853.2 Million to Settle Corruption Probes in U.S., Brazil“ (en-US). Wall Street Journal (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  67. „Petrobras settles lawsuit with Vanguard“. Offshore Energy (2017-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  68. Costa, Lucy „Petrobrás recupera R$ 132 milhões em acordo de“. Investidores Brasil - Juntos Podemos Mais (2023-yil 1-fevral). Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  69. „Mapping to preserve"“. Petrobras. Qaraldi: 2016-yil 5-may.
  70. Rapoza, Kenneth. „Maybe Petrobras Isn't So Horrible After All“. Forbes.
  71. „Petroleo Brasileiro SA - Petrobras – 2015 Communication on Progress - UN Global Compact“. 2020-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  72. „Petrobras is the most sustainable oil company“. T&B Petroleum (2008-yil 22-fevral). 2016-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  73. "Case study: An oil stained legacy – Greenpeace do Brasil versus Petrobras S. A." in Tulder, Rob Van; Zwart, Alex Van Der. International Business-Society Management: Linking Corporate Responsibility And Globalization. Routledge, 20 January 2006. ISBN 9780415342414.  (Entry at Google Books)
  74. „Um brasileiro nas pistas de Speed Racer“. omelete.uol.com.br (2008-yil 5-may).
  75. „Documentários Brasileirão Petrobras virarão filme“. Amambai Notícias (2010-yil 6-dekabr).
  76. „Williams sign deal with Petrobras“. www.motorsport.com. 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  77. „Flamengo anuncia fim do patrocínio da Petrobras - Esportes“. Estadão.
  78. „Petrobras renueva su papel como sponsor de Racing“. Infobae (2003-yil 27-dekabr).
  79. „Petrobrás renova patrocínio do River Plate“. Exame (2010-yil 10-oktyabr).
  80. „Gracias Petrobras y Lubrax por estos tres años juntos“. Universidad de Chile. (2021-yil 1-dekabr). 2023-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  81. L, Atkinson. „PETROBRASAURUS : DinoChecker dinosaur archive“. DinoChecker

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]