Luiz Inácio Lula da Silva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lula da Silva
portugalcha: Luiz Inácio Lula da Silva
Alberto Fernández y Luiz Inácio Lula da Silva en São Paulo 2022 (3) (cropped).jpg
Lula da Silva. 2022-yil.
Flag of the President of Brazil.svg
 39–Braziliya Prezidenti
Coat of arms of Brazil.svg
 
Mansab davri
1-yanvar 2023-yil — 
Oʻtmishdoshi Jair Bolsonaro
Flag of the President of Brazil.svg
 35–Braziliya Prezidenti
Coat of arms of Brazil.svg
 
Mansab davri
1-yanvar 2003-yil — 1-yanvar 2011-yil
Vitse-prezident José Alencar
Oʻtmishdoshi Fernando Henrique Cardoso
Vorisi Dilma Rousseff
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-oktyabr 1945
Kaetes (portugalcha: Caetés)[1][2], Pernambuku Braziliya
Siyosiy partiyasi Ishchilar partiyasi
Turmush oʻrtogʻi 1) Mariya di Lurdis
2) Mariza Letisiya Rokku Kaza
Bolalari 3 oʻgʻil, bir qiz (shuningdek ikkinchi xotinidan oʻgay oʻgʻli)
Onasi Euridisi Ferreyra di Melu
Otasi Aristidis Inasiu da Silva

Luiz Inácio Lula da Silva (1945.27.10, Garanyuns sh.) — Braziliya davlat arbobi. Oʻrta maxsus texnika maktabini tugatgan (1964). Mehnat faoliyati San-Paulu shtatidagi metallurgiya zavodlarida boshlangan. SanBernardo do Kampo va Diadema sh.lari metallurglari kasaba uyushmasi direktorlar kengashi aʼzosi (1969— 72), birinchi kotibi (1972—75), kasaba uyushmasi prezidenti (1975—80), Braziliya ishchilar partiyasi asoschisi (1980), SanPaulu shtatining federal vakili (1986—2002). 2002 y. 14 dekabrdan Braziliya Federativ Respublikasi prezidenti.

Lula da Silva prezidentlik saylovlarida olti marta ishtirok etgan. U 2003-yilda lavozimga kirishgan va 2006-yilda qayta saylangan. Lula uchinchi muddatga nomzodini qo‘ygani yo‘q — Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, bir kishi ketma-ket ikki muddatdan ortiq davlat rahbari bo‘la olmaydi. 2017-yilda sobiq prezident korrupsiyada ayblanib, 9,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq u keyinroq ozod etilgandi, 2021-yilda esa Braziliya Federal oliy sudi siyosatchiga qo‘yilgan barcha ayblovlarni bekor qildi[3].

2022-yilgi saylov[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-oktabr kuni Braziliya prezidentligi uchun boʻlib oʻtgan saylovda gʻalaba qozondi[4]. Usbu prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida da Silva 50,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, Jair Bolsonaru esa 49,1 foiz ovoz oldi. Bolsonaru saylovlardagi mag‘lubiyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olmadi va tarafdorlari tomonidan o‘tkazilgan saylovdan keyingi namoyishlar „g‘azab va adolatsizlik tuyg‘usi natijasi“ ekanligini aytdi[3].


Inaguratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya poytaxtida 1-yanvar, yakshanba kuni mamlakatning saylangan prezidenti Luis Inatsiu Lula da Silvaning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. So‘l ishchilar partiyasidan saylangan va uchinchi marta prezident sifatida inauguratsiya qilgan siyosatchi Milliy kongress oldidan qasamyod qildi[3].

Prezident sifatidagi birinchi nutqida Da Silva o‘zidan oldingi prezident Jair Bolsonaruni tanqid qildi. Da Silvaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq rasmiylar taʼlim, sog‘liqni saqlash va Braziliya o‘rmonlarini muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘lar qisqartirilgani uchun javobgardir. Da Silva ekologik kun tartibini, shuningdek, kichik va o‘rta biznesning ahvolini yaxshilashga ham vaʼda berdi[3].

Da Silvaning inauguratsiyasida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer hamda Germaniya atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Shteffi Lemke, Rossiya Federatsiyalar kengashi spikeri Valentina Matviyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi ham ishtirok etdi[3].

Inauguratsiya qoidalariga ko‘ra, saylangan prezidentga o‘zidan oldingi prezident tomonidan maxsus tasma sovg‘a qilinishi kerak, biroq Bolsonaru bir necha kun avval Braziliyadan Floridaga uchib ketgani sababli marosimda qatnashmadi. Ketishidan oldin Bolsonaru ijtimoiy tarmoqlarda o‘z tarafdorlariga murojaat qilib, „janglar yutqazildi, ammo biz urushda yutqazmaymiz“ deya murojaat qildi hamda ularni tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakat konstitutsiyasini hurmat qilishga chaqirdi[3].

Da Silva qasamyod qilgan kuni Braziliya politsiyasi pichoq va portlovchi moslama bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi. Inauguratsiya Lulaga o‘zidan oldingi prezident tarafdorlari tomonidan yuborilgan tahdidlar tufayli kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida o‘tkazildi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Лула да Силва, Луис Инасиу - Персона“ (ru). ТАСС. 30-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2021-yil.
  2. Эмиль Дабагян. „В Кремле ждут главного антиглобалиста“ (ru). «Mustaqil gazeta» (18-oktabr 2005-yil). 28-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-noyabr 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Анатолий Арни. „В Бразилии прошла инаугурация президента Лулы да Силвы“. dw.com. Qaraldi: 1 iyun.
  4. Telegram 2019 Logo.svg Da Silva g'alaba qozondi (RIAN)(rus.) Telegram mesenjerida
  5. Telegram 2019 Logo.svg RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida