San-Paulu (shahar)
San-Paulu | |
---|---|
[[File:{{{image_map}}}|250px|Location of {{{official_name}}}]] | |
23°33′1.42″S 46°38′2.21″W / 23.5503944°S 46.6339472°WKoordinatalari: 23°33′1.42″S 46°38′2.21″W / 23.5503944°S 46.6339472°W | |
Hududiy birlik turi | Munitsipal shahar |
Asos sana | 1554-yil |
Hukumat | |
• mer | Jilbertu Kassab |
Vaqt mintaqasi | UTC |
Telefon kodi |
+55 11 kenglik = |
San Paulu (portugalcha: São Paulo) Braziliyadagi San Paulu shtatining poytaxti. Braziliyaning janub-sharqiy qismida, Tyete daryosining havzasida, Atlantika okeani qirgʻogʻidan 70 km uzoqlikda joylashgan.
San-paulu — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, Tyete daryosi vodiysida. SanPaulu shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 10,4 mln. kishi (2000). Atrofidagi 37 ta yoʻldosh shahar bilan Katta S.P. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Mamlakatning muhim savdotaqsimot markazi. Kofe bozori. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat r-ni (i.ch.ning va sanoatda band aholining 2/5 qismi) markazi. Qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, avtomobil va samolyotsozlik, elektrotexnika, kimyo va rezinatexnika sanoati korxonalari, asosan, shahar atrofida joylashgan. S.P.da oziqovqat, tamaki, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, mebel, oynakeramika, attorlik va farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. 3 universitet, muzeylar, sport inshootlari bor. Shaharga 1554 yilda asos solingan. 1822 yilda shaharda Braziliya mustaqilligi eʼlon qilingan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |