Dinozavrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dinozavrlar

Dinozavrlar skeletlari toʻplami. Yuqorida chapdan soat strelkasi boʻylab: Mikroraptor (qanotli teropod), Apatozavr (bahaybat zavropod), Edmontozavr (oʻrdakburun ornitopod), Triseratops (shoxdor seratops), Stegozavr (plastinkasimon stegozavr), Pinakozavr (zirhli ankilozavr)
Ilmiy tasniflash Red Pencil Icon.png
Saltanat Hayvonlar
Turi Chordata

Dinozavrlar (Dinosauria) — qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasining uzunligi 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda, jumladan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda triasboʻr davrlari qatlamlaridan maʼlum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi dinozavrlar boʻr davrida (65 million yil oldin) qirilib ketgan. Olimlar ayrim dinozavrlarning qirilib ketishini global katastrofa (asteroidning tushishi va boshqalar), boshqalari yer yuzida oʻsimliklar qoplami va iqlimning asta-sekin oʻzgarishi (masalan, aridizatsiya — quruqlashishi) yoki ular yashaydigan muhitdagi boshqa noqulay oʻzgarishlar bilan bogʻlashadi. 600 ga yaqin turi maʼlum.

Dinozavrlar 2 turkum: kaltakesaksimon va qushsimon dinozavrlarga ajratiladi. Ikki turkum ham bir-biridan mustaqil holda har xil psevdozuxiylardan kelib chiqqanligi, ikki oyoqda harakatlanish psevdozuxiylardan ularga oʻtganligi taxmin qilinadi. Keyinroq ikki oyoqda yurish yirtqich dinozavrlar va ornitopodlarda kuchaygan, boshqalari (stegozavrlar, zauropodlar, ankilozavrlar, shoxdor dinozavrlar)da yoʻqolib ketgan. Dinozavrlar morfologik va ekologik jihatdan xilma-xil boʻlib, yirtqichlar ajdodidan kelib chiqqan. Qushsimon dinozavrlar hamda kaltakesaksimon dinozavrlardan zauropodlar oʻsimlik bilan oziqlanishga oʻtgan va yiroq suv havzalari yoki dengiz sohiliga yaqin joyda yashashga moslashgan. Ornitopodlardan boshqa barcha qushsimon dinozavrlarda yirtqichlarga qarshi himoya vositalari (stigozavrlar va ankilozavrlarda — ggixlar va suyak qalqonlar, shoxdor dinozavrlarda — shoxlar) rivojlangan. Dinozavrlar tuxum qoʻyib koʻpaygan. Ayrim olimlar Dinozavrlar issiq qonli boʻlgan, lekin ularning issiqni saqlaydigan teri qoplami boʻlmaganligini taxmin qilishadi. Turlarining keng tarqalganligi va tez almashinganligi ulardan Yer qatlamlari yoshini aniqlashda keng foydalanish imkonini beradi.


Adabiyotlar[tahrir]